Raufov Lazizbek Muxidjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energetika sohasi detallarini kombinatsiyalashgan eritib qoplab qayta tiklash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3909
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Abralov Maxmud Abralovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Norxo‘djaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Yakubov Lazizxon Ergashxonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi energetika sohasi detallarini kombinatsiyalashgan eritib qoplab qayta tiklash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energetika sohasi detallarini kombinatsiyalashgan eritib qoplash texnologiyasi asosida ko‘p qatlamli qattiqligi yuqori va plastikli yuqori qatlam osti bilan eyilishga chidamlilik beruchi qayta tiklangan qatlam ishlab chiqilgan;
mahalliy mineral va organik xomashyolardan foydalangan holda eritib qoplash elektrodlarining grafitli kukuni - 8-10%, marmar (Sovuqbuloq) - 10-12%; kvarsli qum (Qulantoy) - 3-5%; pegmatit (Ketmonchi) - 5-7%, flyuorit - 3-5%, kremniy karbidi - 8-10%; ferrosilikomarganes ("O‘zmetkombinat" AJ) - 8-10%, ferroxrom - 26-30%; ferrotitan - 8-10%, elektrod sellyulozasi -1-3% dan iborat qoplama tarkibi ishlab chiqilgan;
eritib qoplash elektrodlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan mineral xomashyo bazasi va ularning funksional maqsadi asosida shixta komponentlarining tasniflash sxemasi ishlab chiqilgan;
asoslilik koeffisienti va eruvchanlik diagrammalarini hisobga olgan holda mahalliy mineral xomashyo asosida eritib qoplash elektrodlari qoplamasining shlakli asos tarkiblari ishlab chiqilgan;
elektrod qoplamasi tarkibidagi oksidsizlantiruvchilar miqdorini optimallashtirish imkonini beruvchi qo‘lda yoyli eritib qoplashda eritib qoplangan metallni shakllantirishning matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kombinatsiylashgan eritib qoplash uchun mahalliy xomashyodan eritib qoplash elektrodlarining ko‘p komponentli qoplamalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kombinatsiyalashgan eritib qoplash uchun elektrodlarning ko‘p komponentli qoplamalarini olishning ilmiy tamoyillari asosida eritib qoplangan metallning quyma tuzilmasi tarkibi va xususiyatlarini oldindan prognoz qilish usuli ishlab chiqilgan "Yangi Angren IES" AJ markazlashtirilgan ta’mirlash sexida joriy qilingan ("ISSIQLIK ELEKTRI STANSIYaLARI" AJning 2025-yil 15-oktyabr dagi 04-15/1828-son ma’lumotnomasi). natijada maxsus uskunalar yordamida o‘tkaziladigan tajribalar xarajatlari 8-9% ga kamaygan; 
elektrod qoplamasi tarkibidagi oksidsizlantiruvchi moddalarni optimallashtirish imkonini beruvchi qoplama komponentlarini tasniflash asosida ularning funksional vazifasini hisobga olgan holda erigan metall qoplamasini hosil qilish jarayonini matematik modeli "Yangi Angren IES" AJ markazlashtirilgan ta’mirlash sexida joriy qilingan ("ISSIQLIK ELEKTRI STANSIYaLARI" AJning 2025-yil 15-oktyabr dagi 04-15/1828-son ma’lumotnomasi). Natijada eritib qoplangan metall tarkibidagi kislorod miqdorini 7-9 % ga kamaygan; 
ishqoriy va ishqoriy-er metallarning karbonatlaridan tashkil topgan kompozisiyadan foydalanish orqali eritib qoplash elektrodlari qoplamasining gaz hosil qiluvchi komponentlari tarkibi "Yangi Angren IES" AJ markazlashtirilgan ta’mirlash sexida joriy qilingan ("ISSIQLIK ELEKTRI STANSIYaLARI" AJning 2025-yil 15-oktyabr dagi 04-15/1828-son ma’lumotnomasi). Natijada eritib qoplangan metall tarkibidagi kislorod va azot miqdori 10-12 % ga kamaygan; 
emirilishga chidamli ko‘p qatlamli kombinatsiyalashgan eritib qoplash uchun shlak hosil qiluvchi komponentlar tarkiblari ishlab chiqildi "Yangi Angren IES" AJ markazlashtirilgan ta’mirlash sexida joriy qilindi ("ISSIQLIK ELEKTRI STANSIYaLARI" AJning 2025-yil 15-oktyabr dagi 04-15/1828-son ma’lumotnomasi).  Natijada eritib qoplangan metallning eyilishga chidamliligi 13-15% ga oshgan; 
ishqoriy metallar ftoridlari va metallmaslar oksidlarini qo‘llash orqali eritib qoplash elektrodlari qoplamasining rafinatsiyalovchi komponentlarining tarkiblari ishlab chiqildi "Yangi Angren IES" AJ markazlashtirilgan ta’mirlash sexida joriy qilingan ("ISSIQLIK ELEKTRI STANSIYaLARI" AJning 2025-yil 15-oktyabr dagi 04-15/1828-son ma’lumotnomasi). Natijada eritib qoplangan metall tarkibidagi vodorod miqdori 9-11% ga kamaygan; 
ferroqotishmalar kompozisiyasidan foydalangan holda eritib qoplash elektrodlari qoplamalarini tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqildi "Yangi Angren IES" AJ markazlashtirilgan ta’mirlash sexida joriy qilindi ("ISSIQLIK ELEKTRI STANSIYaLARI" AJ ning 2025-yil 15-oktyabr dagi 04-15/1828-son ma’lumotnomasi). Natijada, abraziv materiallar bilan ishqalanish sharoitida eritib qoplangan metallning emilishga chidamliligi 11-13% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish