Ermatova Sadoqat Nasrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak folklor ijrochilarining aktyorlik ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (san’atshunoslik) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped5271.
Ilmiy rahbar: Mamatqosimov Jahongir Abirqulovich, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak folklor ijrochilarining aktyorlik ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
folklor ijrochilarining aktyorlik mahoratini shakllantirishda interfaol va innovatsion metodlar (dramatizatsiya, improvizatsiya, rolga kirish, performativ trening)ning samaradorligi ilmiy asoslanib, teatr pedagogikasi, folklorshunoslik va performativ san’at tamoyillarining sintezi asosida kompetensiyaviy yondashuv tizimlashtirilgan;
raqamli texnologiyalar asosida aktyorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning yangi metodik yondashuvi ta’lim jarayoniga integratsiyalanib, aktyorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi etnostenik rekonstruksiya, improvizatsion dramatizatsiya, rolli talqin mualliflik metodlarining o‘zaro integratsiyalashgan holda tizimli-jarayonli va refleksiv mexanizmlari bilan spesifik korrelyasiya asosida takomillashtirilgan;
aktyorlik ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir integrativ-pedagogik model ishlab chiqilib, bo‘lajak folklor ijrochilarining aktyorlik ko‘nikmasini rivojlantirish modeli motivatsion, konseptual, kognitiv, operatsional, baholash va natija komponentlari kontekstida an’anaviy va innovatsion ifoda shakllarining diletant va professional ijro darajalari bilan differensial integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
aktyorlik kompetensiyasini baholash mezonlari va indikatorlari ishlab chiqilib, bo‘lajak folklor ijrochilarining aktyorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning samaradorlik darajalari raqamli media ta’lim kontekstida interaktiv testlar, kreativ podkastlar, multimodal mashqlarning sahnaviy interpretatsiyasida badiiy-estetik, analitik va kommunikativ kompetensiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak folklor ijrochilarining aktyorlik ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
folklor ijrochilarining aktyorlik mahoratini shakllantirishda interfaol va innovatsion metodlar (dramatizatsiya, improvizatsiya, rolga kirish, performativ trening)ning samaradorligi ilmiy asoslanib, teatr pedagogikasi, folklorshunoslik va performativ san’at tamoyillarining sintezi asosida kompetensiyaviy yondashuv tizimlashtirilgan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 02-11-17-3932-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak folklor ijrochilarning aktyorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar asosida aktyorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning yangi metodik yondashuvi ta’lim jarayoniga integratsiyalanib, aktyorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi etnostenik rekonstruksiya, improvizatsion dramatizatsiya, rolli talqin mualliflik metodlarining o‘zaro integratsiyalashgan holda tizimli-jarayonli va refleksiv mexanizmlari bilan spesifik korrelyasiya asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “Folklor asarlarini sahnalashtirish” o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak folklor ijrochilarning aktyorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
aktyorlik ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir integrativ-pedagogik model ishlab chiqilib, bo‘lajak folklor ijrochilarining aktyorlik ko‘nikmasini rivojlantirish modeli motivatsion, konseptual, kognitiv, operatsional, baholash va natija komponentlari kontekstida an’anaviy va innovatsion ifoda shakllarining diletant va professional ijro darajalari bilan differensial integratsiyalash asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan Teatr arboblari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan festivallar, konferensiyalar, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari va teatr rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Teatr arboblari uyushmasining 2025-yil 14-avgustdagi 01-02-64-son ma’lumotnomasi). Natijada, “ArtFolk” art texnologiyasining tashkiliy-ijodiy loyihalashtirish bosqichlari ishlab chiqilgan;
aktyorlik kompetensiyasini baholash mezonlari va indikatorlari ishlab chiqilib, bo‘lajak folklor ijrochilarining aktyorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning samaradorlik darajalari raqamli media ta’lim kontekstida interaktiv testlar, kreativ podkastlar, multimodal mashqlarning sahnaviy interpretatsiyasida badiiy-estetik, analitik va kommunikativ kompetensiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “Folklor asarlarini sahnalashtirish” o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak folklor ijrochilarining aktyorlik ko‘nikmasini rivojlanganligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ilmiy-pedagogik jihatdan aniqlash imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish