Taxirova Nargiza Baxtiyorovnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Epistolyar diskursda emotsional frazeologizmlarning voqelanishi(ingliz va o‘zbek asarlari misolida; 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil2783 
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor Sadullaeva Nilufar Azimovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor Mamatov Abdi Eshonkulovich.
Yetakchi tashkilot: Andijon chet tillari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi:ingliz va o‘zbek epistolyar diskursida emotiv frazeologiya voqelanishining sotsiolingvistik, milliy-madaniy, struktur-semantik, kognitiv va pragmatik mohiyatini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
epistolyar diskursidagi frazeologik birliklar modellarining tuzilishida ingliz tilining analitik tipologik xususiyatlari tufayli asosan sodda birliklar ustunlik qilishi, o‘zbek tilining agglyutinativ tabiati ta’sirida esa murakkab birliklar hamda obrazli ifoda vositalarining faol qo‘llanilishi asoslangan;
shaxs ruhiy holatining baholovchi ma’nolarini tizimli tarzda ifodalash chog‘ishtirilayotgan tillar epistolyar diskursida frazeologik birliklar tarkibidagi uslubiy vositalar orqali voqelanishi dalillangan;
nutq tejamkorligini ta’minlash nuqtayi nazaridan, XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotida epistolyar frazeologik birliklarning ruhiy holatni ifodalash va obraz yaratish jarayonida muloqotda lo‘nda hamda zich shaklda qo‘llanilishiga xos o‘xshash jihatlar mavjudligi isbotlangan;
milliy-madaniy xosliklar kesimida ingliz va o‘zbek epistolyar diskursida his-tuyg‘uni ifodalovchi frazeologizmlar qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinib, ularning funksional, pragmatik va ekspressiv xususiyatlaridagi farqlar milliy-madaniy omillar bilan bevosita bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Epistolyar diskursda emotsional frazeologizmlarning voqelanishi qiyosiy tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalari asosida:
epistolyar diskursda frazeologik birliklar modellarining shakllanishida ingliz tilining analitik tipologik xususiyatlari ta’sirida asosan sodda tuzilmalar ustunlik qilishi, o‘zbek tilining agglyutinativ xususiyati natijasida esa murakkab birliklar va obrazli ifoda vositalarining faol qo‘llanilishi tarjima jarayoni va sifatiga bevosita ta’sir o‘tkazishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan Ya-1-06-sonli “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga komponent yondashuv” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanildi (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2025 yil 26 iyundagi № 04/11-8001-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chet tillarini o‘rganishda, ayniqsa har ikki tilda epistolyar diskursdagi emotiv frazeologik birliklarni tarjima qilishda milliy-tipologik xususiyatlarni hisobga olish tarjima sifatini oshirishning asosiy sharti ekanligi va tarjima jarayonida tillarning tipologik farqlari (analitik va agglyutinativlik) frazeologik birliklarni qayta ifodalash strategiyasini belgilab berishi  kabi xulosalar tarjima sifatini oshirishga amaliy yordam berishiga erishildi;
       nutq tejamkorligini ta’minlash nuqtayi nazaridan, XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotida epistolyar diskursdagi frazeologik birliklar ruhiy holatni ifodalash va obraz yaratishda lo‘nda hamda mazmunan zich shaklda qo‘llanilishiga xos jihatlar har ikkala ingliz va o‘zbek tillari uchun umumiy jihat ekanligi dalillangan xulosalar va ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” ijodiy birlashmasi AJ tomonidan tayyorlangan “Tafakkur yo‘li”, “Rostini ayting”, “Kitobxon yoshlar”, “Yoshlar ijodidan” nomli teleradio dasturlarining 2024-yil mart va aprel sonlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekistion Milliy teleradiokompaniyasining 2025 yil 23 apreldagi № 14-01-60-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning, ayniqsa, yoshlarning turli badiiy tarjima asarlarini mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiribgina qolmasdan, jahon xalqlari madaniy va ma’naviy boyliklari bilan tanishish, nasriy hikoyalarimizni G‘arb xalqlari asarlari bilan qiyoslashga hamda milliy merosimizni munosib baholashga imkon yaratdi;
shaxsning ruhiy holatini baholovchi ma’nolarni ifodalash maqsadida ingliz va o‘zbek tillari epistolyar diskursida frazeologik birliklar tarkibidagi uslubiy vositalarning semantik jihatdan tizimlanishi va  ularni shakllantiruchunuvchi omillarning lingvistik jihatdan voqelanishi dalillangan natijalar va xulosalaridan Erasmus+ dasturining Project №598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) grant loyihasida foydalanildi (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2025 yil 26 iyundagi  №04/11-8000-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qiyoslangan tillar epistolyar diskursida shaxs ruhiy holatini baholovchi ma’nolar tasodifiy emas, balki muayyan semantik tizimga ega bo‘lib, ular asosan frazeologik birliklar tarkibidagi uslubiy vositalar orqali ifodalanishi va bu jarayon muayyan umumiylik va milliy-madaniy xususiyatlar uyg‘unligida namoyon bo‘lishi xususidagi xulosalar badiiy matnlar va qo‘llanmalarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda, magistratura talabalari uchun onlayn kurslarni tashkil etishda foydalanildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish