O‘taev Sobir Achilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tribomexanik barqarorlashtiruvchilar asosida gaz dvigatellari motor moylarining foydalanish xususiyatlarini yaxshilash», 05.08.06–G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T482.
Ilmiy rahbar: Musurmanov Ravshan Kurbanmuratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor; Kalauov Saydulla Aymaxanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tribomexanik barqarorlashtiruvchilar asosida gaz dvigatellari motor moylarining foydalanish xususiyatlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dizel` va dizellar bazasidagi gaz dvigatellari motor moylarining fizikaviy-kimyoviy ko‘rsatkichlari o‘zgarishi aniqlangan;
motor moylari tarkibidagi ifloslovchilar miqdori va ishqor soni o‘zgarishi tadqiq qilingan, shuningdek, dizel` bazasidagi gaz dvigateli motor moyining eskirishi modeli ishlab chiqilgan;
dizel` bazasidagi gaz dvigatelining moylash tizimiga tribomexanik barqarorlashtiruvchilarni uzluksiz kiritib turish usuli va qurilmasi yaratilgan;
moyning eskirish modeli va dizel` bazasidagi gaz dvigateli moylarining ifloslanish miqdori hamda ishqor soni o‘zgarishining tribomexanik barqarorlashtiruvchilar miqdoriga matematik bog‘liqligi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dizellar bazasidagi gaz dvigatellari motor moylarining foydalanish xususiyatlarini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dizel` va dizellar bazasidagi gaz dvigatellari motor moylarining fizikaviy-kimyoviy ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish usuli «Bektrayd» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi mashina-traktor parkida joriy qilingan («O‘zagrotexsanoatxolding» AJning 2019 yil 24 yanvardagi TX-19-07/156-son va «O‘zagroservis» AJning 2019 yil 13 fevraldagi 09-02/108-son ma’lumotnomalari). Natijada dizel` va dizel` bazasidagi gaz dvigatellari motor moylari fizikaviy-kimyoviy ko‘rsatkichlarining (kinematik qovushqoqlik, zichlik, chaqnash harorati, qotish harorati, mexanik aralashmalar miqdori, suv miqdori, kul miqdori) qiyosiy tahlil natijalari olingan va ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan;
dizel` bazasidagi gaz dvigatelining moylash tizimiga tribomexanik barqarorlashtiruvchilarni uzluksiz kiritib turish usuli va yaratilgan qurilmasi «Bektrayd» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi mashina-traktor parkida joriy qilingan («O‘zagrotexsanoatxolding» AJning 2019 yil 24 yanvardagi TX-19-07/156-son va «O‘zagroservis» AJning 2019 yil 13 fevraldagi 09-02/108-son ma’lumotnomalari). Natijada dizel` bazasidagi gaz dvigateli motor moylarining foydalanish xususiyatlari yaxshilangan, xususan, moy tarkibidagi mexanik aralashmalar miqdorining 0,036 dan 0,027% gacha kamayishiga, ishqor sonining 2,24 dan 2,8 mgKON/g gacha ortishiga erishilgan;
dizel` bazasidagi gaz dvigateli motor moyi tarkibiga tribomexanik barqarorlashtiruvchilarni uzluksiz kiritib turish qurilmasini qo‘llash orqali gaz dvigateli motor moyining foydalanish xususiyatlarini yaxshilashga oid «Bektrayd» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi mashina-traktor parkida joriy qilingan («O‘zagrotexsanoatxolding» AJning 2019 yil 24 yanvardagi TX-19-07/156-son va «O‘zagroservis» AJning 2019 yil 13 fevraldagi 09-02/108-son ma’lumotnomalari). Natijada gaz dvigateli motor moyi tarkibiga tribomexanik barqarorlashtiruvchilarni uzluksiz kiritish orqali moy xizmat muddatini 20–25%, ta’mirlashlararo muddatini 15–20% ga oshirishga erishilgan.