Dangalov Sunnatilla Mustafaevichning 
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi 
himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni savodga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish”. 13.00.03 - Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.2.PhD/Ped5293
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar:  Fayzieva Ubayda Yunusovna, pedagogika fanlari  doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12. Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Musaeva Nargiza Sayfullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘zi ojiz bolalarga savod o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga savod o‘rgatishning lingvodidaktik xususiyatlari vizual etishmovchilikni kompensatsiya qilishda fonematik sintez topshiriqlaridan polisensor ta’sir jarayonida hissiy sezgirlik impulsiga ko‘ra differensial foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga savod o‘rgatish modeli brayl tizimida yozishni  o‘rgatuvchi tiflotexnik vositalardan foydalanish algoritmiga mayda qo‘l motorikasini faollashtirish, egiluvchanlikni oshirish mashqlarini ergonomik talablarda tiflografikli kiritish asosida takomillashtirilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga savod o‘rgatish texnologiyalari ko‘zi ojiz bolalarda sensomotor ko‘nikmalarni individual diagnostika indikatorlariga ko‘ra rivojlantiruvchi mashqlarni bo‘rttirma makonda mo‘ljal olish harakatlari uyg‘unligida audiokinestetik modifikatsiyalarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘qish va braylda yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti matematik tasavvur va idrokka asosida nuqtalar kombinatsiyasini kinestetik xis qildirish metodlaridan dars va korreksion mashg‘ulotlar integratsiyasi jarayonida  audial algoritmlarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘zi ojiz bolalarga savod o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga savod o‘rgatishning lingvodidaktik xususiyatlari vizual etishmovchilikni kompensatsiya qilishda fonematik sintez topshiriqlaridan polisensor ta’sir jarayonida hissiy sezgirlik impulsiga ko‘ra differensial foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar “Savodga o‘rgatish” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 01/11-1-91-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘zi ojiz bolalarga savod o‘rgatishning o‘zbek tili xususiyatlariga  mos ishlab chiqilgan algoritmini o‘qituvchi-tiflopedagog, ota-onalar va talabalarga o‘rgatishning didaktik ta’minotiga erishilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga savod o‘rgatish modeli brayl tizimida yozishni  o‘rgatuvchi tiflotexnik vositalardan foydalanish algoritmiga mayda qo‘l motorikasini faollashtirish, egiluvchanlikni oshirish mashqlarini ergonomik talablarda tiflografikli kiritishga doir tavsiyalar “Ijtimoiy-maishiy hayotga tayyorlash metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan 438365–raqamli guvohnomasi). Natijada, ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashning korreksion-kompensatsion yondashuvlarini qo‘llashni o‘rgatishga sharoit yaratilgan; 
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga savod o‘rgatish texnologiyalari ko‘zi ojiz bolalarda sensomotor ko‘nikmalarni individual diagnostika indikatorlariga ko‘ra rivojlantiruvchi mashqlarni bo‘rttirma makonda mo‘ljal olish harakatlari uyg‘unligida audiokinestetik modifikatsiyalarda qo‘llashga oid takliflari “Tiflotexnika va tiflografika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan 438366–raqamli guvohnomasi). Natijada, ko‘zi ojiz bolalarning tiflotexnik vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullarini keng targ‘ib etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish