Xasanov Farruxjon Sherali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning bemorlar yoshiga bog‘liq jihatlari” 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib 5539.
Ilmiy rahbar: Jumanov Ziyadulla Eshmamatovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.05.
Rasmiy opponentlar: Mallaev Maksud Muxamadievich tibbiyot fanlari doktori; Eshbaev Erkin Abduxalimovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi). 
II. Tadqiqotning maqsadi: yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalarida yuzaga keladigan patomorfologik o‘zgarishlarning bemorlar yoshiga bog‘liq xususiyatlaridan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalarida yuzaga keladigan patomorfologik o‘zgarishlarning yoshga bog‘liq xususiyatlari, jumladan yosh bemorlarda distrofik-nekrobiotik o‘zgarishlar, o‘rta yoshlilarda neyronal destruktiv jarayonlar faolligi, keksa yoshlilarda esa nekrotik o‘zgarishlar va glioz reaksiyasining ustunligi isbotlangan; 
yurakning surunkali ishemik kasalligida bemorlar yoshining oshishi bilan bosh miya qon tomir tuzilmalarida sklerotik va mikroangiopatik jarayonlarning kuchayishi asoslangan;
yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya qon tomir tuzilmalarining morfometrik tahlili natijasida o‘rta va keksa yoshli bemorlarda qon tomir devorining qalinlashishi, yuzasining torayshi va perivaskulyar bo‘shliq maydoni ulushining ortishi isbotlangan;
yosh omillari ta’sirida neyronlar hajmining reduksiyasi va perineyronal bo‘shliqning kengayishi morfometrik jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalaridagi o‘zgarishlarning morfologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalarida yuzaga keladigan patomorfologik o‘zgarishlarning yoshga bog‘liq xususiyatlari, jumladan yosh bemorlarda distrofik-nekrobiotik o‘zgarishlar, o‘rta yoshlilarda neyronal destruktiv jarayonlar faolligi, keksa yoshlilarda esa nekrotik o‘zgarishlar va glioz reaksiyasining ustunligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 28 mayda 10-son bilan tasdiqlangan «Yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning bemorlar yoshiga bog‘liq jihatlarini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya buyurosi bo‘yicha 20.06.2025 № 31 sonli va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 02.06.2025 y. №32 sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 sentyabrdagi 08/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslublarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning patologoanatomik tekshiruvlarga doir xulosalarining sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanganligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 45000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 120000 so‘m, tavsiya etilgan usulning narxi 75000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 7-8 kundan 3-4 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: yurakning surunkali ishemik kasalligida bemorlar yoshining oshishi bilan bosh miya qon tomir tuzilmalarida sklerotik va mikroangiopatik jarayonlarning kuchayishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 28 mayda 10-son bilan tasdiqlangan «Yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning bemorlar yoshiga bog‘liq jihatlarini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya buyurosi bo‘yicha 20.06.2025 №31 sonli va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 02.06.2025 y. №32 sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 sentyabrdagi 08/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslublarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning patologoanatomik tekshiruvlarga doir xulosalarining sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanganligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 45000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 120000 so‘m, tavsiya etilgan usulning narxi 75000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 7-8 kundan 3-4 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya qon tomir tuzilmalarining morfometrik tahlili natijasida o‘rta va keksa yoshli bemorlarda qon tomir devorining qalinlashishi, yuzasining torayshi va perivaskulyar bo‘shliq maydoni ulushining ortishi isbotlangan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 28 mayda 10-son bilan tasdiqlangan «Yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning bemorlar yoshiga bog‘liq jihatlarini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya buyurosi bo‘yicha 20.06.2025 №31 sonli va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 02.06.2025 y. №32 sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 sentyabrdagi 08/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslublarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalarida distrofik nekrobiotik va nekrotik o‘zgarishlarni aniqlashning sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanganligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 45000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 120000 so‘m, tavsiya etlgan usulning narxi 75000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 7-8 kundan 3-4 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Yosh omillari ta’sirida neyronlar hajmining reduksiyasi va perineyronal bo‘shliqning kengayishi morfometrik jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 28 mayda 10–son bilan tasdiqlangan «Yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning bemorlar yoshiga bog‘liq jihatlarini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya buyurosi bo‘yicha 20.06.2025 №31 sonli va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 02.06.2025 y. №32 sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 sentyabrdagi 08/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslublarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning bemorlarning yoshi bo‘yicha patologoanatomik tekshiruvlarga doir xulosalarining sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanganligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 45000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 120000 so‘m, tavsiya etilgan usulning narxi 75000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 7-8 kundan 3-4 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning bemorlar yoshiga bog‘liq jihatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2025 yil 8 noyabrdagi 15440-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish