Juraxujaev Davronxo‘ja Daverxo‘ja o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Geografiya darslarida muammoga asoslangan o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirish (8-9-sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11386
Ilmiy rahbar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Ma’rufdjan Rustamovich, geografiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Qoraev Samariddin Barakaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Geografiya darslarida muammoga asoslangan o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geografiya darslarida muammoga asoslangan o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarda fazoviy tasavvur, analitik kompetensiya va tadqiqiy tayyorlikni o‘quv faoliyatini geografik muammolar, ochiq geoma’lumotlar va raqamli vositalar bilan uyg‘unlikda faol izlanishga yo‘naltirilgan metakognitiv modellashtirish asosida aniqlashtirilgan;
muammoga asoslangan o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirish modeli maxsus o‘quv dasturlarini yaratish orqali o‘quvchilarda geografik tafakkur, dalillash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishni hududiy muammolarni aniqlash, tadqiq qilish hamda sabab-oqibat munosabatlariga bog‘liqlikda maqsadli algoritmik tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
geografiya darslarida muammoga asoslangan o‘qitishni qo‘llash metodikasi muammoning aniqlanganligi, tahlil chuqurligi, dalillar sifati, echim ilmiyligi va xaritalashga yo‘naltirilgan belgilar orqali tahlil qilish (AS), matndagi kalit (KiT), his qilmoq (felling), tahliliy fikrlash (AT), kumulyativ guruh, rasmli jumboq (pictorial puzzle) metodlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
muammoga asoslangan o‘qitish metodik tizimi samaradorligi geografik ma’lumotlarni tushunish, kognitiv moslashuvchanlik, jamoada ishlash va tadqiqotchilik mezonlarining muammolarni identifikatsiyalash, kartografik vizuallashtirish, konstruktivistik argumentlash, mintaqaviy, assotsiativ fikrlash va kompleks tizimlashtirish omillariga korrelyativ bog‘liqligi asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Geografiya darslarida muammoga asoslangan o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari asosida:
geografiya darslarida muammoga asoslangan o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarda fazoviy tasavvur, analitik kompetensiya va tadqiqiy tayyorlikni o‘quv faoliyatini geografik muammolar, ochiq geoma’lumotlar va raqamli vositalar bilan uyg‘unlikda faol izlanishga yo‘naltirilgan metakognitiv modellashtirishga doir ma’lumotlar “Umumiy tabiiy geografiya (amaliy mashg‘ulotlar)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan taqdim etilgan 500800-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, muammoga asoslangan o‘qitishning metodik tizimi o‘quvchilarning fazoviy tasavvur, analitik kompetensiya va tadqiqiy tayyorlik ko‘nikmalarini metakognitiv modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
muammoga asoslangan o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirish modeli maxsus o‘quv dasturlarini yaratish orqali o‘quvchilarda geografik tafakkur, dalillash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishni hududiy muammolarni aniqlash, tadqiq qilish hamda sabab-oqibat munosabatlariga bog‘liqlikda maqsadli algoritmik tizimlashtirishga oid mualliflik g‘oyalari “Jahon iqtisodiy geografiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida o‘z ifodasini topgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘iga asosan taqdim etilgan 992825-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, muammoga asoslangan o‘qitish modeli tizimli yondashuv asosida mazmunan takomillashtirilgan;
geografiya darslarida muammoga asoslangan o‘qitishni qo‘llash metodikasi muammoning aniqlanganligi, tahlil chuqurligi, dalillar sifati, echim ilmiyligi va xaritalashga yo‘naltirilgan belgilar orqali tahlil qilish (AS), matndagi kalit (KiT), his qilmoq (felling), tahliliy fikrlash (AT), kumulyativ guruh, rasmli jumboq (pictorial puzzle) metodlarini integratsiyalashga doir taklif va tavsiyalar “Jahon iqtisodiy geografiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘iga asosan taqdim etilgan 992825-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, geografiya darslarida muammoga asoslangan o‘qitishning metodik tizmi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan holda takomillashtirilgan;
muammoga asoslangan o‘qitish metodik tizimi samaradorligi geografik ma’lumotlarni tushunish, kognitiv moslashuvchanlik, jamoada ishlash va tadqiqotchilik mezonlarining muammolarni identifikatsiyalash, kartografik vizuallashtirish, konstruktivistik argumentlash, mintaqaviy, assotsiativ fikrlash va kompleks tizimlashtirish omillariga korrelyativ bog‘liqligiga oid ma’lumotlar “Umumiy tabiiy geografiya (amaliy mashg‘ulotlar)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan taqdim etilgan 500800-son nashr ruxsatnomasi) Natijada, o‘quvchilarda geografik ma’lumotlarni tushunish, kognitiv moslashuvchanlik, jamoada ishlash va tadqiqotchilik mezonlari bilan bog‘liq ko‘nikmalar rivojlantirilgan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 10 ta respսblika va 2 ta xalqaro miqyosidagi anjսmanlarda mսhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzսsi bo‘yisha 26 ta ilmiy ishlar, shu jumladan, Oliy attestasiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini e’lon qilish սshսn tavsiya etilgan respublika ilmiy jurnallarida 4 ta, xorijiy ilmiy jսrnallarda 5 ta, shuningdek, 2 ta xalqaro jurnalda, 10 ta respublika konferensiyasida, 2 ta xalqaro konferensiyada, 2 ta o‘quv qo‘llanma hamda 1 ta uslubiy qo‘llanma shop etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, սsh bob, xսlosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, shartli belgilar va atamalar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 159 bet bo‘lib, uning 137 beti matn qismdan iborat.