Xabibullaeva Muxabbatxon No‘monjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Geografiya kurslarini milliy meros va qadriyatlar vositasida o‘qitish samaradorligini takomillashtirish (Umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5124.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziboeva Ozodxon Mahmudovna, geografiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.2712.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadiqovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Dilnozaxon Narzullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Maktab geografiya darslarida milliy meros va qadriyatlardan foydalanish asosida o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish va unga doir ilmiy-metodik tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari geografiya dars jarayonida milliy meros va  qadriyatlardan foydalanishning tasviriy-didaktik jihatlari ta’lim vositalari tasniflanishida ta’lim, muhit, ular orasidagi uzlyuksizlik hamda uzviylikni hisobga olish asosida takomillashtirilgan; 
geografiya ta’limida milliy meros, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda vatanga e’tiqod asoslarini tarbiyalashning mazmuni, shakl-usullari, manbalari ishlab chiqildi, didaktik asoslari geografik bilim va tasavvurlar ifodalanishini vizual anglashga yo‘naltirilgan milliy meroslardan foydalanish kompetensiyaviy yondashuv tamoyillarini tizimli qo‘llash orqali aniqlashtirilgan; 
umumta’lim maktablari geografiya darslarida milliy meros va qadriyatlarning o‘quvchilar ongi-shuurida shakllanganlik darajalarini refleksiv tahlil qilish hamda tahliliy faoliyat natijalari kartografik savodxonlikning kafolatlangan samaradorligi ko‘rsatkichlari orqali aniqlashtirilgan; 
geografiya fanini o‘qitishda milliy meros va qadriyatlar vositasida ta’lim-tarbiya uzviyligini ta’minlashda o‘quvchilarda geomadaniy axborotlar ko‘lamini oshirishning axborot-metodik modelining funksional xususiyatlari, didaktik, ergonomik metodik talablari, ob’ekt sifatidagi Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlaridagi ilmiy, madaniy meros ob’ektlari kartalashtirilib, interfaol kartografik qo‘llanmalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Maktab geografiya darslarida milliy meros va qadriyatlardan foydalanish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
umumta’lim maktablari geografiya dars jarayonida milliy meros va  qadriyatlardan foydalanishning tasviriy-didaktik jihatlari ta’lim vositalari tasniflanishida ta’lim, muhit, ular orasidagi uzlyuksizlik hamda uzviylikni hisobga olish asosida takomillashtirishga doir takliflari asosida maktab darsliklari “Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi”, “O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi”, “O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fanlarini dars mashg‘ulotlarini takomillashtirish va tahlil sifatini oshirishga doir takliflardan foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi , Oliy ta’limni rivojlantirish markazi 2024 yil 31-yanvar 02/ 01-01-15 sonli ma’lumotnomasi ). Natijada, ko‘rgazmalilik, elektron va boshqa vositalarning metodik ta’minoti takomillashtirilgan hamda geografiya darslarining samaradorligini har tomonlama oshirishga xizmat qilgan;
geografiya ta’limida milliy meros, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda vatanga e’tiqod asoslarini tarbiyalashning mazmuni, shakl-usullari, manbalari ishlab chiqildi, didaktik asoslari geografik bilim va tasavvurlar ifodalanishini vizual anglashga yo‘naltirilgan milliy meroslardan foydalanish kompetensiyaviy yondashuv tamoyillarini tizimli qo‘llash, milliy meros va qadriyatlarning o‘quvchilar ongi-shuurida shakllanganlik darajalarini refleksiv tahlil qilish hamda tahliliy faoliyat natijalari kartografik savodxonlikning kafolatlangan samaradorligi ko‘rsatkichlariga doir taklif va tavsiyalaridan geografiya o‘qituvchilarining ta’lim amaliyotiga tatbiq etilgan hamda geografiya fani metodikasi bo‘limlarini tashkiliy tuzilmasi, o‘quv uslubiy ta’minotini takomillashtirish asosida ta’lim sifatini oshirishga imkon yaratilgan ( O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish markazi 2024 yil 31-yanvar 02/ 01-01-15 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati o‘sishi, shuningdek, maktab o‘quvchilarida vatanga e’tiqodni tarbiyalashda milliy qadriyatlarning imkoniyatlari, bilimlari va dunyoqarashni shakllantirishda metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
geografiya fanini o‘qitishda milliy meros va qadriyatlar vositasida ta’lim-tarbiya uzviyligini ta’minlashda o‘quvchilarda geomadaniy axborotlar ko‘lamini oshirishning axborot-metodik modelining funksional xususiyatlari, didaktik, ergonomik metodik talablari, ob’ekt sifatidagi Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlaridagi ilmiy, madaniy meros ob’ektlari kartalashtirilib, interfaol kartografik qo‘llanmalar asosida takomillashtirishga oid takliflardan geografiya ta’limi vositalari majmuasi yaratilgan, ulardan foydalanish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan Geografiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik amaliyotni tashkil etish nomli o‘quv qo‘llanmani nashr etish ruxsatnomasi). Natijada, ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalardan maktab o‘quvchilarida o‘z o‘lkasi, millatiga, vatanparvarlikka doir tushunchalar shakllanganligining bosqichlari, darajalari, tarbiyaviy ishlarning samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Ushbu tadqiqot natijalari 12 ta respublika va 3 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda muhokamadan o‘tkazilgan. 
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha 17 ta ilmiy-metodik ish, jumladan, 2 ta o‘quv qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etgan ilmiy nashrlarda, 6 ta maqola, shundan 3 tasi respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot ishi kirish, 3 ta bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo‘lib, asosiy matn 148 betni, umumiy hajmi esa 168 betni tashkil etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish