Sadulloeva Maxfuza Gaybulloevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida uzlyuksiz amaliyotni tashkil etishning nazariy asoslari (4+2 misolida)”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11276
Ilmiy rahbar: Yusufzoda Shabnami Yunus, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Bozorova Saodat Jamolovna; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Kurbanova Gulnoz Negmatovna.
Yetakchi tashkilot: Kattaqo‘rgo‘n davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida uzlyuksiz amaliyot jarayonida kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida uzlyuksiz amaliyotni tashkil etish asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik ta’minoti kompetentli, metodologik yondashuvlar hamda diagnostik, yaxlitlik asosida mazmunan aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda uzlyuksiz amaliyot jarayonini divergensiv, transformativ, konvergensiv bosqishli konseptual modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli va diagnostik-natijaviy komponentlar modellashtirilgan;
umumkasbiy fanlarni uzlyuksiz amaliyotga yo‘naltirib o‘qitish orqali talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni pedagogik va texnologik jarayonlarni raqamlashtirishda ma’lumotlar bazasini tizimlashtirish hamda o‘quv didaktik ta’minotini ishlab shiqish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida uzlyuksiz amaliyotni tashkil etish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlashda maktab va oliy ta’lim muassasasini integratsiyalash asosida kasbiy malakasini baholash mezonlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida uzlyuksiz amaliyotni tashkil etish asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik ta’minoti kompetentli, metodologik yondashuvlar hamda diagnostik, yaxlitlik asosida mazmunan rivojlantirishga doir takliflardan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabr sanasidagi 500-son buyrug‘i, 500-113 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, o‘qituvchi-talaba faoliyatini modellashtirish orqali talabalarning kasbiy mahorati rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda uzlyuksiz amaliyot jarayonini divergensiv, transformativ, konvergensiv bosqishli konseptual modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli va diagnostik-natijaviy komponentlarga oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokom-paniyasining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda, televidenie jamoasining sohaviy ishlarida, xususan, madaniy, dolzarb hamda ilmiy yo‘nalishdagi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-dekabrdagi 02-09-405-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining amaliy ko‘nikmalari rivojlantirilgan.
umumkasbiy fanlarni uzlyuksiz amaliyotga yo‘naltirib o‘qitish orqali talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni pedagogik jarayonlarni raqamlashtirishda ma’lumotlar bazasini tizimlashtirish hamda o‘quv didaktik ta’minotini takomillashtirishga doir tavsiyalardan Buxoro davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat universiteti hamda Qarshi davlat universiteti o‘quv – tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 9-yanvardagi 02/01-01-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik xulosalar ishlab chiqishga erishilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida uzlyuksiz amaliyotni tashkil etish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlashda maktab va oliy ta’lim muassasasini integratsiyalash asosida kasbiy malakasini baholash mezonlarini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘i, 237-213 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi takomillashtirilgan.