Axmedova Dilnoza Xabibullo qizi
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: “O‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirish orqali tarbiyalashning evristik modeli (boshlang‘ich sinflar misolida)”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/8959
Ilmiy rahbar: Komilova Xurshida Toxirovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01
Rasmiy opponentlar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Majidova Dildora Abduhamidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirish orqali tarbiyalashning evristik modeli yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirish orqali tarbiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari tashqi boshqaruvga asoslangan obektli jarayonni subetga yo‘naltirilgan, ichki motivatsiyani faollashtiruvchi hamda refleksiv baholash orqali kognitiv-regulyativ barqarorlikni ta’minlovchi pedagogik tizimga transformatsiya qilish asosida aniqlangan;
o‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirish jarayoni tinglovchilarning individual rivojlanish traektoriyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi evristik mentor konsepsiyasi doirasida individual-maqsadli orientatsiya, pragmatik pedagogika va produktiv faoliyatning integrativ uyg‘unlashuvi asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirishning didaktik tizimi ta’lim oluvchilarda tarbiyaviy mas’uliyatni oshirish, ijtimoiy-faol hamkorlikni rivojlantirish hamda refleksiv baholashni shakllantirishga xizmat qiluvchi “Samoviy yulduzlar burchagi”, “Evrika”, “Oltin baliq”, “O‘lchov birliklari”, “Kamalak” metodlarini raqamli vositalar yordamida interaktiv shaklda realizatsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirish orqali tarbiyalshning evristik modeli tinglovchilarning shaxsiy o‘sishi, yosh xususiyatlari va kognitiv-emotsional rivojlanishiga qaratilgan metodologik va tashkiliy-amaliy bloklarda ta’lim-tarbiya jarayoniga evristik yondashuvni integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
o‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirish orqali tarbiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari tashqi boshqaruvga asoslangan obektli jarayonni subetga yo‘naltirilgan, ichki motivatsiyani faollashtiruvchi hamda refleksiv baholash orqali kognitiv-regulyativ barqarorlikni ta’minlovchi pedagogik tizimga transformatsiya qilish asosida aniqlanganligiga oid ilmiy takliflardan Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 2022-2024-yillarda bajarilgan JHBL-93-raqamli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning ongiga oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni e’zozlash g‘oyalarini singdirish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 3-maydagi №01-09/2721-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirish orqali tarbiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari va nazariy asoslarini aniqlashga erishilgan;
o‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirish jarayoni tinglovchilarning individual rivojlanish traektoriyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi evristik mentor konsepsiyasi doirasida individual-maqsadli orientatsiya, pragmatik pedagogika va produktiv faoliyatning integrativ uyg‘unlashuvi asosida takomillashtirishga oid ilmiy tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “14”-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 966-594 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirish jarayonining tushuncha va tamoyillarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirishning didaktik tizimi ta’lim oluvchilarda tarbiyaviy mas’uliyatni oshirish, ijtimoiy-faol hamkorlikni rivojlantirish hamda refleksiv baholashni shakllantirishga xizmat qiluvchi “Samoviy yulduzlar burchagi”, “Evrika”, “Oltin baliq”, “O‘lchov birliklari”, “Kamalak” metodlarini raqamli vositalar yordamida interaktiv shaklda realizatsiya qilish orqali takomillashtirishga oid ilmiy yangiliklar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 1-iyuldagi 03-33-1730-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni interfaol usullar asosida rag‘batlantirish orqali tarbiyalashning metodik tizimini kompleks yondashuvlar asosida takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirish orqali tarbiyalshning evristik modeli tinglovchilarning shaxsiy o‘sishi, yosh xususiyatlari va kognitiv-emotsional rivojlanishiga qaratilgan metodologik va tashkiliy-amaliy bloklarda ta’lim-tarbiya jarayoniga evristik yondashuvni integratsiyalash orqali takomillashtirishga oid ilmiy yangiliklar “Pedagogik akmeologiya” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “14”-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 207-444 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada interfaol rag‘batlantirish orqali tarbiyalashning evristik modeli takomillashtirilib, samaradorligini aniqlashga erishildi.