Rajabov Ozod Isroilovichning

falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalash texnologiyasini takomillashtirish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T473.

Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30.05.2018.T.66.01.

Rasmiy opponentlar: Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori; Bobamatov Abdug‘ani Husainovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani mayda iflosliklardan tozalash texnologiyasini ko‘p qirrali qoziqchali baraban va ko‘p qirrali to‘rli yuzalarni qo‘llash asosida takomillashtirish va tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxta bo‘lakchasining ko‘p qirrali qoziqcha sirtidagi harakatini ifodalovchi tenglama sonli echimi asosida ko‘p qirrali qoziqcha sirtidagi harakat traektoriyalari va tavsiya parametrlari aniqlangan;

paxta bo‘lagining ko‘p qirrali to‘rli yuzaga ta’sir burchagini va to‘rli yuzaga zarbali ta’siridagi tezligini aniqlash formulalari sonli echimi asosida paramertlarning tavsiya qiymatlari aniqlangan;

paxta bo‘lagining ko‘p qirrali to‘rli yuza bilan ta’siridan so‘ng sakrashini aniqlovchi formula asosida to‘rli yuza kichik tebranishlarining qayishqoq tayanch bikrligiga bog‘liqlik qonuniyati va tayanch bikrligining ratsional qiymati aniqlangan;

tajribaviy tadqiqotlar natijalari asosida paxtani mayda iflosliklardan tozalash samaradorligiga qoziqchalar va to‘rli yuza qirralari soni, qoziqchalar va to‘rli yuza orasidagi masofaning ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalariningqoziqli barabanlari va to‘rli yuzalarining samarali konstruksiyasini yaratish va tozalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

qoziqli baraban va to‘rli sirtning samarali konstruksiyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan tozalash texnologiyasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tizimidagi «Qiziltepa paxta tozalash» korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 5 apreldagi 02-18/2158-sonli ma’lumotnomasi). Natijada UXK agregatining tozalash samaradorligini 6,5÷7,5% ga oshirishga erishilgan;

ko‘p qirrali qoziqchali baraban va ko‘p qirrali to‘rli sirt konstruksiyasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tizimidagi «Qorasuv paxta tozalash» korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 5 apreldagi 02-18/2158-son ma’lumotnomasi). Natijada mashinaning tozalash samaradorligi 7,0÷7,5% ga oshgani hisobiga yiliga 52,0 mln so‘m iqtisodiy samara olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish