Nurmamatov Romazan Abdirashid o‘g‘li
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion ta’lim muhitida talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped7501
Ilmiy rahbar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc)., professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04.
Rasmiy opponentlar: Iqtisodiyot va pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc). Kayumova Nasiba Ashurovna, Qarshi davlat universiteti professori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yuldoshev Sodiq Norchaevich.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi - innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini rivojlantirish metodikasini ilmiy-metodik jihatdan takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini rivojlantirish jarayonining didaktik imkoniyatlarini innovatsion ta’lim vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, kreativ va pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish hamda raqamli kompetentlik darajasiga muvofiq holda aniqlashtirilgan; 
texnologik ta’limi yo‘nalishi talabalarining raqamli kompetentligini rivojlantirish jarayonining funksional modelining tashkiliy komponentlari pedagogik jarayonlarning raqamli kontent yaratish; ta’lim-tarbiyada raqamli muhitdan samarali foydalanish, ta’limni raqamlashtirish kabi qonuniyatlari tatbiqida subektiv omillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak texnologik ta’limi talabalarining raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi innovatsion ta’lim vositalari va raqamli texnologiyalarni “TASVIR”, “INNOVA” va “DIKAM” texnologiyalari orqali texnologik ta’lim mazmunini transforsiyalash asosida takomillashtirilgan;  
texnologik ta’limi yo‘nalishi talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish modeli va metodikasining samaradorligi auditoriya mashg‘ulotlarining nazariy, amaliy va ko‘rgazmali, adekvat mezonlariga muvofiqligiga ko‘ra aniqlashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim muhitida texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini rivojlantirish jarayonining didaktik imkoniyatlarini innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, kreativ va pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish hamda raqamli kompetentlik darajasiga muvofiq holda aniqlashtirilganligiga oid metodik tavsiya va takliflardan “Texnolgiya ta’lim metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti rektorining 2025-yil 24-yanvardagi 15-I sonli buyrug‘iga asosan 15-I -17 son bilan ro‘yxatga olingan nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion ta’lim vositalari asosida raqamli kompetentligini rivojlantirish metodik asoslarini takomillashtirishga erishilgan;
texnologik ta’limi yo‘nalishi talabalarining raqamli kompetentligini rivojlantirish jarayonining funksional modelining tashkiliy komponentlari pedagogik jarayonlarning raqamli kontent yaratish; ta’lim-tarbiyada raqamli muhitdan samarali foydalanish, ta’limni raqamlashtirish kabi qonuniyatlari tatbiqida subektiv omillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalari “60112300-Texnologik ta’lim” bakalavr ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 19-dekabrdagi 02/01-01-602-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini oʻquv maqsadlariga mos ravishda mezonlashtirilishiga xizmat qilgan; 
innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak texnologik ta’limi talabalarining raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi innovatsion ta’lim vositalari va raqamli texnologiyalarni “TASVIR”, “INNOVA” va “DIKAM” texnologiyalari orqali texnologik ta’lim mazmunini transforsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid metodik tavsiyalaridan “Transformer” stol-stul yasash texnologiyasini joriy qilish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 28-maydagi 04/2202-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishda innovatsion ta’lim vositalari va raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari kengaygan; 
texnologik ta’limi yo‘nalishi talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish modeli va metodikasining samaradorligi auditoriya mashg‘ulotlarining nazariy, amaliy va ko‘rgazmali, adekvat mezonlariga muvofiqligiga ko‘ra aniqlashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” “Bolalar va biz” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 11-sentyabrdagi 05-09-1420-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion ta’lim vositalari asosida raqamli kompetentligini rivojlantirish metodik asoslarini takomillashuviga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish