Rahimov Javohir Oktyabrovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dual ta’lim uchun videodarslar tayyorlash, yozish, va ulardan foydalanishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.3.PhD/Ped11174.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Kudratov Kozim Karimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Otamurodov Obidjon Toirjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Dual ta’lim muhitida videodarslar tayyorlash, yozish va ulardan foydalanishning dasturiy metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dual ta’limda videodarslardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari murakkab texnik va amaliy jarayonlarni vizuallashtirish, kasbga qiziqishni oshiruvchi didaktik tizim yaxlitligiga moslashtirish, mobil ilova va interaktiv xizmatlar bilan integratsiyalash,  raqamli ta’lim texnologiyalarini talabalarning individual traektoriyalariga refleksivligini diagnostik baholash asosida aniqlashtirilgan;
videodars yaratishning dasturiy-metodik ta’minoti mazmuni dual ta’lim talablarni  axborotlarni uzatishning audial, visual, kinestetik va digital shakllaridan foydalanishga vertikal integratsiyalash, o‘quv muhitini kompleks o‘quv paketiga gipermatn, subtitr va transkriptlarni biriktirish asosida takomillashtirilgan;
dasturiy metodik ta’minot vositasida videodarslardan foydalanishning modeli kasbiy faoliyatning real jarayonlarini vizual integrativ, konstruktivlik elementlari bilan boyitish, multimodal resurslarning submodallik funksiyasini pedagogik shart sharoitlarga intensivligini ta’minlash, ta’lim resurslarini mediateka va ochiq ta’lim resurslariga bosqichli audentik transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida videodarslardan foydalanish metodikasi talabalarning ishlab chiqarish jarayonlaridagi real vaziyatlarni multiplikatsiya, stereotovush, keng ekranli namoyish vositalariga mos konsentratsiyalash,  aqliy toliqishni kamaytirish funksiyalarini  rivojlantiruvchi, rag‘batlantiruvchi va nazorat funksiyalari bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida OBS, 4K video studiya dasturlaridan foydalanish asosida  optimallashtirilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dual ta’lim uchun videodarslar tayyorlash, studiyada yozish va ulardan foydalanishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dual ta’limda videodarslardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari murakkab texnik va amaliy jarayonlarni vizuallashtirish, kasbga qiziqishni oshiruvchi didaktik tizim yaxlitligiga moslashtirish, mobil ilova va interaktiv xizmatlar bilan integratsiyalash,  raqamli ta’lim texnologiyalarini talabalarning individual traektoriyalariga refleksivligini diagnostik baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Videodarslar yozish va ulardan foydalanishning dasturiy metodik ta’minoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 17-iyuldagi 22-01-242/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan platforma talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishlarini oshirishga hamda texnologik jarayonlarni vizual ko‘rish natijasida malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
videodars yaratishning dasturiy-metodik ta’minoti mazmuni dual ta’lim talablarni  axborotlarni uzatishning audial, visual, kinestetik va digital shakllaridan foydalanishga vertikal integratsiyalash, o‘quv muhitini kompleks o‘quv paketiga gipermatn, subtitr va transkriptlarni biriktirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Videodarslar yozish va ulardan foydalanishning dasturiy metodik ta’minoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 17-iyuldagi 22-01-242/22 raqamli ma’lumotnomasi).  Natijada nazariy va amaliy ta’limda axborotlarni vizuallashtirish hamda murakkab texnologik jarayonlarni namoyish qilish imkoniyati yuzaga kelgan, talabalarning o‘rganilgan akademik bilim va ko‘nikmalarini ish muhitida qo‘llash imkoniyati rivojlangan;
dasturiy metodik ta’minot vositasida videodarslardan foydalanishning modeli kasbiy faoliyatning real jarayonlarini vizual integrativ, konstruktivlik elementlari bilan boyitish, multimodal resurslarning submodallik funksiyasini pedagogik shart sharoitlarga intensivligini ta’minlash, ta’lim resurslarini mediateka va ochiq ta’lim resurslariga bosqichli audentik transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Videodarslar yozish va ulardan foydalanishning dasturiy metodik ta’minoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 17-iyuldagi 22-01-242/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda sanoat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish va korxonaga hissa qo‘shish imkoniyati yaratilgan;
dasturiy ta’minot vositasida videodarslardan foydalanish metodikasi talabalarning ishlab chiqarish jarayonlaridagi real vaziyatlarni multiplikatsiya, stereotovush, keng ekranli namoyish vositalariga mos konsentratsiyalash,  aqliy toliqishni kamaytirish funksiyalarini  rivojlantiruvchi, rag‘batlantiruvchi va nazorat funksiyalari bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida OBS, 4K video studiya dasturlaridan foydalanish asosida  optimallashtirishga oid takliflar “Videodarslar yozish va ulardan foydalanishning dasturiy metodik ta’minoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 17-iyuldagi 22-01-242/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur platforma asosida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda videokontentlardan foydalanish va nazoratni tashkil qilish ta’lim sifati va samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish