Otamurodova Dilfuza Otamurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar  nutqiy kompetensiyalarni 4k modeli asosida shakllantirishga tayyorgarlikni rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10922.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti.
  Ilmiy rahbar: Masharipova Umida Abduvoxidovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlar doktori (DSc), professor; Taylokova Dilnoza Norbekovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida shakllantirishga tayyorgarlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida tayyorgarlikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari XXI asr ko‘nikmalarini  4K indikatorlariga mos kompleks yondashuvga asoslangan muhitda shakllantirish, model elementlarini mavjud shart-sharoitlarga tizimli va bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlashni konseptual tahlilini diagnostik baholash  asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida shakllantirishga tayyorgarligini rivojlantirish modeli maqsad-natija komponentlarini maqsadga muvofiq strategiyalar, yondashuvlar va tamoyillarni aniqlashtirish, mazmun jarayonlarini tabaqalashtirilgan resurslarga transformatsiyalash va noan’anaviy metodlarga modafikatsiyalash va konstruksiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida shakllantirishga tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi 4K ko‘nikmalarining nutqiy kompetensiyaga mos mazmuni va metodlarni maqsadli qo‘llash, o‘quvchilar faolligini oshiruvchi interaktiv o‘quv muhitida  mulʼtimodal ta’lim keyslarini differensiatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida shakllantirishga tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi ko‘nikmalar  (kommunikatsiya, kreativlik, kollaboratsiya, kritik fikrlash)ni lingvistik kompetensiyalarga mos to‘g‘ri qo‘llay olish darajalariga kooperativligini ta’minlash, differensiatsiyalashgan keyslarni baholashlarning natijaviyligi va  ishonchliligini empirik asoslash orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida shakllantirishga tayyorgarlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
    bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida tayyorgarlikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari XXI asr ko‘nikmalarini  4K indikatorlariga mos kompleks yondashuvga asoslangan muhitda shakllantirish, model elementlarini mavjud shart-sharoitlarga tizimli va bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlashni konseptual tahlilini diagnostik baholash  asosida aniqlashga oid takliflar “ Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09- iyuldagi 258- sonli buyrug‘iga asosan berilgan 193-281 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 4K modeli asosida tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlangan.
    Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida shakllantirishga tayyorgarligini rivojlantirish modeli maqsad-natija komponentlarini maqsadga muvofiq strategiyalar, yondashuvlar va tamoyillarni aniqlashtirish, mazmun jarayonlarini tabaqalashtirilgan resurslarga transformatsiyalash va noan’anaviy metodlarga modifikatsiyalash va konstruksiyalash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09- iyuldagi 258- sonli buyrug‘iga asosan berilgan 193-281 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida shakllantirishga tayyorgarlikni rivojlantirilgan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida shakllantirishga tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi 4K ko‘nikmalarining nutqiy kompetensiyaga mos mazmuni va metodlarni maqsadli qo‘llash, o‘quvchilar faolligini oshiruvchi interaktiv o‘quv muhitida  mulʼtimodal ta’lim keyslarini differensiatsiyalash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09- iyuldagi 258- sonli buyrug‘iga asosan berilgan 193-281 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida shakllantirishga tayyorgarlikni rivojlantirishni metodikasini takomillashtirilgan.
    Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida shakllantirishga tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi ko‘nikmalar  (kommunikatsiya, kreativlik, kollaboratsiya, kritik fikrlash)ni lingvistik kompetensiyalarga mos to‘g‘ri qo‘llay olish darajalariga kooperativligini ta’minlash, differensiatsiyalashgan keyslarni baholashlarning natijaviyligi va  ishonchliligini empirik asoslash orqali oshirishga oid metodik tavsiyalar  “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09- iyuldagi 258- sonli buyrug‘iga asosan berilgan 193-281 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqiy kompetensiyalarini 4K modeli asosida shakllantirishga tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi  mazmuni boyitilgan..
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish