Niyazaxunova Nargizaxon Boymirzaevnaning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish texnologiyasi”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8866.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabova Zulfiya Narbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xamidova Muborak Ubaydullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirishning pedagogik imkoniyatlari bolaning jamiyatdagi faol ishtirokini mustaqilligi, emotsional irodaviy holatini hisobga oluvchi inklyuziv ta’lim muhitga moslashtirish, ijtimoiy muhitga moslanish darajasini pedagogik ko‘rsatkichlarning integrativ yaxlitligi, barqarorligi va natijadorligiga ustuvorlik berishni korrelyasion baholash asosida aniqlashtirilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish modeli maqsadli strategik vazifalarni tayyorgarlik, tashxis, operatsion, nazorat bosqichlariga singdirish, ilmiy-metodik asoslarini shaxsga yo‘naltirilgan, reabilitatsion jarayonlariga muallifning subektiv generalizatsiyasini tadbiq etish, o‘qitish-tarbiyalashda tashxis va korreksiya birligi, bolani rivojlantirish me’yori, psixologik qulaylik indikatorlarni pedagogik tamoyillarga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish texnologiyasi ta’lim jarayonidagi interfaol usullarni bolaning individual ehtiyojlarga xos modifikatsiyalash, bolaning mustaqilligi, faolligi va hayotga moslashuvini rolli, ishbop va didaktik o‘yin metodlarini inklyuziv muhitga adaptatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish samaradorligi hayotiy kompetensiyalarni diagnostik-maslahat, korreksion-pedagogik, davolash-profilaktik yo‘nalishlari integratsiyasi asosida shakllantirish va shaxsiy fazilatlarini variatsiyalash mezonlariga loyihaviy tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirishning pedagogik imkoniyatlari bolaning jamiyatdagi faol ishtirokini mustaqilligi, emotsional irodaviy holatini hisobga oluvchi inklyuziv ta’lim muhitga moslashtirish, ijtimoiy muhitga moslanish darajasini pedagogik ko‘rsatkichlarning integrativ yaxlitligi, barqarorligi va natijadorligiga ustuvorlik berishni korrelyasion baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Tarbiyaviy ishlar maxsus metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 04.06.dagi 11/3.1-son qaroriga asosan berilgan 2024/254U-353 son nashr ruxsatnomasi). Natijada eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirishning pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish modeli maqsadli strategik vazifalarni tayyorgarlik, tashxis, operatsion, nazorat bosqichlariga singdirish, ilmiy-metodik asoslarini shaxsga yo‘naltirilgan, reabilitatsion jarayonlariga muallifning subektiv generalizatsiyasini tadbiq etish, o‘qitish-tarbiyalashda tashxis va korreksiya birligi, bolani rivojlantirish me’yori, psixologik qulaylik indikatorlarni pedagogik tamoyillarga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar maxsus metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 04.06.dagi 11/3.1-son qaroriga asosan berilgan 2024/254U-353 son nashr ruxsatnomasi). Natijada eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish bilan bog‘liq kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash jarayonini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish texnologiyasi ta’lim jarayonidagi interfaol usullarni bolaning individual ehtiyojlarga xos modifikatsiyalash, bolaning mustaqilligi, faolligi va hayotga moslashuvini rolli, ishbop va didaktik o‘yin metodlarini inklyuziv muhitga adaptatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar maxsus metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 04.06.dagi 11/3.1-son qaroriga asosan berilgan 2024/254U-353 son nashr ruxsatnomasi). Natijada eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirishga sharoit yaratilgan.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish samaradorligi hayotiy kompetensiyalarni diagnostik-maslahat, korreksion-pedagogik, davolash-profilaktik yo‘nalishlari integratsiyasi asosida shakllantirish va shaxsiy fazilatlarini variatsiyalash mezonlariga loyihaviy tizimlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar maxsus metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 04.06.dagi 11/3.1-son qaroriga asosan berilgan 2024/254U-353 son nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish samaradorligi oshgan.