Temirov Oybek Mamatxo‘ja o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot bilan ishlash malakalarini takomillashtirish texnologiyalari” (Pedagogik mahorat fani misolida) 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9449
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna Andijon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc); Toshtemirov Doniyor Eshbaevich Guliston davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pedagogik mahorat fanini o‘qitish jarayonida refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot bilan ishlash malakalarini takomillashtirish texnologiyasini ishlab chiqish va uning samaradorligini aniqlash.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot bilan ishlash malakalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinatlari shaxsiy faoliyat prizmasi asosida egallangan axborotlarni ijtimoiy-madaniy tajribaga aylantirish imkonini beruvchi axborotni ongli tahlil qilish va sintezlash jarayonlarini talabaning perseptiv qobiliyatining rivojlanganlik darajasiga optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot bilan ishlash malakalarini takomillashtirish mexanizmi o‘qituvchining konsultativ, motivatsion, axborot berish, moslashtirish, korreksiyalash funksiyalarini talabaning tahlil qilish, o‘zini-o‘zi qayta baholash, o‘zini-o‘zi namoyon qilish, produktiv va interfaollik funksiyalariga integratsiyalash orqali axborot bilan ongli ishlash jarayonlarini ichki ehtiyoj darajasiga olib chiqish asosida takomillashtirilgan;
refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot bilan ishlash malakalarini takomillashtirishning tarkibiy-funksional modelini o‘zaro aloqa tizimlari, motivatsion, intellektual, refleksiv, irodaviy sifatlar, ijtimoiy kontekstlar hamda motivatsion-intellektual va amaliy faoliyatli vaziyatlarni kasbiy transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
refleksiv yondashuvga asoslangan istiqbolli o‘qituvchilarning axborot kompetensiyalarini oshirish texnologiyasi axborot vazifalarini kelajakdagi o‘qituvchilar uchun ichki motivatsiyaga aylantirish orqali takomillashtiriladi. Bunga ta’lim ma’lumotlariga kirishni osonlashtiradigan vazifalar tizimlarini o‘zgartirish orqali erishiladi, shu bilan oliy ta’lim doirasida pedagogik amaliyotda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishni kengaytiradi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot bilan ishlash malakalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinatlari shaxsiy faoliyat prizmasi asosida egallangan axborotlarni ijtimoiy-madaniy tajribaga aylantirish imkonini beruvchi axborotni ongli tahlil qilish va sintezlash jarayonlarini talabaning perseptiv qobiliyatining rivojlanganlik darajasiga optimallashtirish asosida aniqlashtirishga oid amaliy-metodik tavsiyalaridan 2023-2024-yillarda bajarilgan “ERASMUS+ Capacity Building Project 101129076 EMPOWER: Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self-confidence” loyihasini bajarishda foydalanilgan. (Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 17-iyundagi №1383-03-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot bilan ishlash mahoratini puxta o‘zlashtirish, refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot bilan ishlash funksiyalari, komponentlariga oid bilimlarni egallash, mavjud bilimlardan amaliyotda maqsadli foydalanish borasida kutilgan natijalarni qayd etish ko‘nikmalari rivojlangan;
refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot bilan ishlash malakalarini takomillashtirish mexanizmi o‘qituvchining konsultativ, motivatsion, axborot berish, moslashtirish, korreksiyalash funksiyalarini talabaning tahlil qilish, o‘zini-o‘zi qayta baholash, o‘zini-o‘zi namoyon qilish, produktiv va interfaollik funksiyalariga integratsiyalash orqali axborot bilan ongli ishlash jarayonlarini ichki ehtiyoj darajasiga olib chiqish asosida takomillashtirishga doir takliflardan “Pedagogik mahorat” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 869898-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot bilan ishlash malakalarini takomillashtirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot bilan ishlash malakalarini takomillashtirishning tarkibiy-funksional modelini o‘zaro aloqa tizimlari, motivatsion, intellektual, refleksiv, irodaviy sifatlar, ijtimoiy kontekstlar hamda motivatsion-intellektual va amaliy faoliyatli vaziyatlarni kasbiy transformatsiyalash asosida takomillashtirishga doir taklif va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 07-iyuldagi 05-09-1074-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodik yondashuvlarning keng miqyosida ommalashtirishga erishilgan;
refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot bilan ishlash malakalarini takomillashtirish texnologiyasi oliy ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan raqamli ta’lim instrumentlarini pedagogik faoliyatda qo‘llash imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiluvchi o‘quv axborotiga ega bo‘lishni ta’minlovchi topshiriqlar tizimiga modifikatsiyalash asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot bilan ishlashni ichki motivatsiyaga aylantirish orqali optimallashtirishga oid tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2025-yil 9-oktyabrdagi 22-01-755/22 ma’lumotnomasi). Natijada refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot bilan ishlash malakalarini takomillashtirishga doir adaptiv metodlarni qo‘llash samaradorligiga erishilgan.