Ibrohimov Bahrom Sobirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Radioaloqa tizimlarini boshqarish masalalarida geomagnit faollikni prognozlash modellari va algoritmlari», 05.01.02–Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T679.
Ilmiy rahbar: Nazarov Alisher Iskanderovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor; Kabil`djanov Aleksandr Sabitovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Vol`f sonlari, universal Kr indeksi va magnit turlanish D prognozlashning samarali modellari hamda radioaloqa ob’ektlarini operativ boshqarish uchun boshqarish qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh tizimi sayyoralari gravitatsiya kuchlarining proeksiyalari yig‘indisining korrelyasion qiymatlari asosida Vol`f sonlari, Kr indeksi va D magnit turlanishni uzoq muddatli prognozlashning statistik modellari ishlab chiqilgan;
quyosh tizimi sayyoralari gravitatsiya kuchlarining proeksiyalari yig‘indisining korrelyasion qiymatlari asosida Kr indeksini qisqa muddatli prognozlashning neyrotarmoqli modellari ishlab chiqilgan;
Vol`f sonlari, Kr indeksi va D magnit turlanishini prognozlashning algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Radioaloqa tizimlarini boshqarish masalalarida geomagnit faollikni tashxislashni ta’minlash maqsadida statistik tahlil va neyrotarmoqli modellarda asoslangan algoritmlari hamda statistik tahlil va neyrotarmoqli modellar asosidagi ishlab chiqilgan geomagnit faollikning dasturiy kompleksi asosida:
geomagnit ma’lumotlarni qayta ishlash algoritmlari magnosfer bo‘ronlar darajasini prognozlash “O‘zbektelekom” AK Telekommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish boshqarmasiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 15 fevraldagi 33-8/1164-son ma’lumotnomasi). Natijada prognoz ma’lumotlarining geomagnit faollik indekslari real o‘lchovlari bilan 2,5% diapazonda statistik xatolik bilan yaxshi moslashuvchanlik imkonini bergan;
dasturiy mahsulotda amalga oshirilgan geomagnit ma’lumotlarni qayta ishlash algoritmlari magnosfer bo‘ronlar darajasini prognozlash hamda sutkaning aniq vaqt uchun chastotani tanlash bo‘yicha qisqa to‘lqinli-aloqani tashkil qilishda, shuningdek radioto‘lqinlar o‘tish uchun eng maqbul sharoitlarni ta’minlash maqsadida “COSCOM” MChJda joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 15 fevraldagi 33-8/1164-son ma’lumotnomasi). Natijada aholiga radioaloqa xizmatlar sifatini 1,15 marta oshirish imkonini bergan.