Mamatqulov Akbar Raim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnika yo‘nalishi talabalari kasbiy moslashuvining ijtimoiy-psixologik determinantlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P1013. 
Ilmiy rahbar: Axatov Yo‘ldoshjon Hamzaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Fayziev Zohiddin Hasanboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnika yo‘nalishi talabalari kasbiy moslashuvining ijtimoiy-psixologik determinantlarini tadqiq etish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishi talabalarining ta’lim jarayoniga moslashuvi o‘quv guruhidagi vertikal va gorizontal shaxslararo munosabatlar interaksiyasi orqali kurslar kesimida differensial farqlanishiga asoslanib, ijtimoiy-kommunikativ va kasbiy-intellektual adaptatsiya ta’sirida bosqichma-bosqich namoyon bo‘lishi aniqlangan;
texnika yo‘nalishidagi ta’lim jarayonining o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra, professional motivlar va intellektual adaptatsiya kognitiv xususiyatlarni, ijtimoiy-kommunikativ adaptatsiya esa muvaffaqiyatga intilish hamda introspeksiyani kuchaytirganligi tufayli talabalarning moslashuvi ijtimoiy va psixologik determinantlar integratsiyasi orqali akademik motivatsiya bilan determinatsiyalashganligi dalillangan;
texnika yo‘nalishi talabalarining ta’limga moslashuvida kursdoshlar jamoasining fasilitativ ta’siri kasbiy-motivatsion, ijtimoiy-kommunikativ jihatlarni, ta’limiy topshiriqlarni o‘zlashtirish jarayoni esa emotsional barqarorlik va intellektual adaptiv xususiyatlarni shakllantirganligi tufayli o‘quv guruhi va o‘quv faoliyatiga moslashuvning o‘zaro bog‘liq refleksiv komponentlari birligi orqali o‘zaro integral namoyon bo‘lishi muhim psixologik determinant ekanligi asoslangan;
talabalarning irodaviy sifatlari professional bilimlarni o‘zlashtirishdagi adaptiv xususiyatlar maqsadga intilish, matonatlilik, ijtimoiy-kommunikativ jihatlar jasorat, tashabbuskorlik, emotsional barqarorlik esa stressga chidamlilik bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib ta’lim jarayoniga moslashuvni kuchaytiruvchi psixologik prediktor ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinganligi. «Texnika yo‘nalishi talabalari kasbiy moslashuvining ijtimoiy-psixologik determinantlari»ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
texnika yo‘nalishi talabalarining ta’lim jarayoniga moslashuvi o‘quv guruhidagi vertikal va gorizontal shaxslararo munosabatlar interaksiyasi orqali kurslar kesimida differensial farqlanishiga asoslanib ijtimoiy-kommunikativ va kasbiy-intellektual adaptatsiya ta’sirida bosqichma-bosqich namoyon bo‘lishi aniqlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-401 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-401a-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika yo‘nalishi talabalari kasbiy moslashuvni rivojlantirishning asosiy ijtimoiy-psixologik komponentlari aniqlashtirilgan;
texnika yo‘nalishidagi ta’lim jarayonining o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra, professional motivlar va intellektual adaptatsiya kognitiv xususiyatlarni, ijtimoiy-kommunikativ adaptatsiya esa muvaffaqiyatga intilish hamda introspeksiyani kuchaytirganligi tufayli talabalarning moslashuvi ijtimoiy va psixologik determinantlar integratsiyasi orqali akademik motivatsiya bilan determinatsiyalashganligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-401 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya”  moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-401a-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika yo‘nalishi talabalari kasbiy moslashuvni rivojlantirishning psixologik imkoniyatlari aniqlangan;
texnika yo‘nalishi talabalarining ta’limga moslashuvida kursdoshlar jamoasining fasilitativ ta’siri kasbiy-motivatsion, ijtimoiy-kommunikativ jihatlarni, ta’limiy topshiriqlarni o‘zlashtirish jarayoni esa emotsional barqarorlik va intellektual adaptiv xususiyatlarni shakllantirganligi tufayli o‘quv guruhi va o‘quv faoliyatiga moslashuvning o‘zaro bog‘liq refleksiv komponentlari birligi orqali o‘zaro integral namoyon bo‘lishi muhim psixologik determinant ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-401 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya”  moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-401a-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika yo‘nalishi talabalari kasbiy moslashuvni rivojlantirishning mezonlari va darajalari aniqlashtirilgan;
talabalarning irodaviy sifatlari professional bilimlarni o‘zlashtirishdagi adaptiv xususiyatlar maqsadga intilish, matonatlilik, ijtimoiy-kommunikativ jihatlar jasorat, tashabbuskorlik, emotsional barqarorlik esa stressga chidamlilik bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib ta’lim jarayoniga moslashuvni kuchaytiruvchi psixologik prediktor ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-401 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya”  moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-401a-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika yo‘nalishi talabalari kasbiy moslashuvni rivojlantirishning ahamiyati tadqiq qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish