Jalilov Dilshod Yunusjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parabolotsilindrik konsentratorlar uchun uglerod asosidagi nanosuyuqlikli issiqlik tashuvchilar”, 05.05.06– «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T3485. 
Ilmiy rahbar: Axatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti, DSc.05/2025.28.11.FM/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Axadov Jobir Zamirovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ibragimov Umid Xikmatullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: parabolotsilindrik konsentrator asosidagi tizimda issiqlik tashuvchi sifatida uglerod nanozarrachalari (MWCNT va Carbon Black) asosidagi nanosuyuqliklarni qo‘llash orqali tizimning issiqlik samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parabolotsilindrik konsentrator uchun issiqlik tashuvchi sifatida qora uglerod (Carbon black) asosidagi nanosuyuqliklar og‘irlik konsentratsiyalari 0.01%, 0.03% va 0.05% bo‘lgan holda tayyorlandi hamda yorug‘likning dinamik sochilishi (DLS) usuli yordamida nanozarrachalarning o‘rtacha o‘lchamlari 310 nm dan 350 nm gacha bo‘lishi aniqlangan;
issiqlik tashuvchilarga sirt faol modda (SDS) qo‘shilganda ularning barqarorligi ortishi zeta-potensial qiymatining -25,3 mV dan -43,3 mV gacha o‘zgarishi aniqlangan; 
konsentratsiyalari 0.01 %, 0.03 % va 0.05 % bo‘lgan nanosuyuqlikli issiqlik tashuvchilarning dinamik yopishqoqligini aniqlash uchun o‘rtacha kvadratik xato RMSE mos ravishda 0.00313 mPa·s, 0.00450 mPa·s va 0.00746 mPa·s ni, determinatsiya koeffisienti R² esa mos ravishda 0.9979, 0.9961 va 0.9897 ni tashkil etuvchi yuqori aniqlikdagi yangi korrelyasiyalar ishlab chiqilgan;
parabolosilindirik konsentratorining issiqlik rejimlarini tavsiflovchi matematik model ishlab chiqilgan, hisobiy tadqiqotlar natijasida nanosuyuqlikli issiqlik tashuvchining issiqlik uzatish koeffisienti suvga nisbatan 33% ga yuqori ekani aniqlangan; 
parabolosilindirik konsentratorining issiqlik-texnik ko‘rsatgichlarini tabiiy sharoitlarda aniqlash uchun uzlyuksiz o‘lchashlar, ma’lumotlarni yig‘ish, uzatish va qayta ishlash imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimga ega stend ishlab chiqilgan va yaratilgan bo‘lib, mazkur stend yordamida o‘tkazilgan sinov natijalari asosida tizimning issiqlik samaradorligini nanosuyuqliklardan foydalanish hisobiga 4% ga oshishi aniqlangan; 
nanosuyuqlikli issiqlik tashuvchiga ega tizimining texnik, iqtisodiy va ekologik ko‘rsatgichlari aniqlangan bo‘lib, mazkur konsentratordan olinadigan issiqlik energiyasining normallashgan o‘rtacha narxi (LCOH) 0.03–0.04 USD/kW·soat ni tashkil etishi bu esa an’anaviy konsentratorlar uchun (LCOH) qiymatidan 6–8 % ga pastligini ko‘rsatdi, shu bilan birga mazkur konsentratorning o‘zini oqlash muddati 0.3–0.8 yilga qisqartirishi va 60–118 t CO₂ emissiyasini kamaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parabolotsilindrik konsentratorlar uchun uglerod asosidagi nanosuyuqlikli issiqlik tashuvchilar xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Quyosh issiqlik tizimlarida nanosuyuqlikli issiqlik tashuvchilarning issiqlik-fizik xossalari va ularning issiqlik uzatish koeffisienti suvga nisbat 33% ga yuqori bo‘lishi kabi olingan tadqiqot natijalaridan Urganch davlat universiteti “Fizika” kafedrasining 60711000 - Muqobil energiya manbalari (Quyosh va Shamol energetikasi) bakalavriat yo‘nalishidagi “Issiqlik texnikasining nazariy asoslari” da joriy etilgan (Urganch davlat universitetining 2025 yil 23 iyundagi 04-01/15-11/3257-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nanosuyuqlikli issiqlik tashuvchilarning issiqlik-fizik xossalari va ularning samaradorlikka ta’siri o‘rganish imkonini bergan;
SAP 2611 “Quyoshli konsentrator”, DGU 36107 “Parabolotsilindrik konsentratorning issiqlik ko‘rsatgichlarini aniqlash” kompyuter dasturi, DGU 42371 “Parabolotsilindrik konsentratorda yuqori foydali energiya olish uchun suyuqlik oqim tezligini aniqlash” kompyuter dasturi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Andijon mashinasozlik institutida S. Aliev rahbarligida 2022–2023 yillarda bajarilgan MUK-2021-40 raqamli “Katta ma’lumotlarga asoslangan intellektual (AI) qayta tiklanadigan energiya tarmoq tizimini tadqiq qilish va qo‘llash” mavzusidagi ilmiy loyihada joriy etilgan (Andijon mashinasozlik institutining 2025 yil 23 iyundagi 38-05/96-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qayta tiklanadigan energiya tarmoq tizimida parabolotsilindrik konsentratorda yuqori foydali energiya olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish