Togaeva Gulnora Siddikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eksperimental gipertireoz sharoitida ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlar oshqozon osti bezining morfofunksional xususiyatlari”, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD /Tib5780.
Ilmiy rahbar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.05.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi eksperimental gipertireoz bilan kasallangan kalamushlar avlodlari oshqozon osti bezidagi morfofunksional reaktiv o‘zgarishlarni, hamda qalqonsimon bez disfunksiyasi bilan korrelyasion bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor eksperimental gipertireoz bilan og‘rigan kalamushlar avlodlari oshqozon osti bezi hujayralarining strukturaviy tuzilmalari ko‘rsatkichlari postnatal ontogenezning keyingi davriga o‘tgan sari o‘sishi, yadro-sitoplazmatik ko‘rsatkich esa kichrayib borishi va bu eksperimental ta’sir natijasida pankreatotsitlardagi distrofik va apoptotik o‘zgarishlarga javoban proliferatsiyaning oshishi aniqlangan;
eksperimental gipertireoz holatidagi kalamushlar oshqozon osti bezida kuzatiladigan morfofunksional o‘zgarishlarning qalqonsimon bez funksional holati bilan bog‘liqlik darajasi, ya’ni erkin T4, T3 shakllari va TG ishonarli darajada oshgan, TTG esa 3,5 barobar kamayganligi aniqlangan;
ilk bor eksperimental gipertireoz holatida proliferatsiya jarayoni faolligi oshishi, bez to‘qimaviy arxitektonikasi disbalansi kabi o‘zgarishlar oshqozon osti bezi rivojlanishiga va funksional faoliyatining patologik kuchayishiga olib kelishi, nojo‘ya ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan patogenetik mexanizmlari aniqlangan;
ilk bor eksperimental gipertireoz holatida yuzaga kelgan morfofunksional o‘zgarishlarni korreksiyalash maqsadida antioksidant modda sifatida qo‘llanilgan rastoropsha moyining (Oleum Silybi Mariani) oksidlanish stressini kamaytirish va antioksidant ta’siri samaradorligi oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Tajribaviy gipertireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar oshqozon osti bezining morfologik o‘zgarishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental gipertireoz bilan og‘rigan kalamushlar avlodlari oshqozon osti bezi hujayralarining strukturaviy tuzilmalari ko‘rsatkichlari postnatal ontogenezning keyingi davriga o‘tgan sari o‘sishi, yadro-sitoplazmatik ko‘rsatkich esa kichrayib borishi va bu eksperimental ta’sir natijasida pankreatotsitlardagi distrofik va apoptotik o‘zgarishlarga javoban proliferatsiyaning oshishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 25 iyundagi 11-soni bilan tasdiqlangan «Eksperimental gipertireoz natijasida oshqozon osti bezi parenximasining morfofunksional reaktiv o‘zgarishlari va ularning solishtirma morfometrik ko‘rsatkichlari» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIEIATM) Samarqand viloyat filialiga 2025 yil 21 iyuldagi №31-U-son buyruq va Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIEIATM) Jizzax viloyat filiali klinikasida 2025 yil 23 iyuldagi №48-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘likni saqlash vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gipertireoz natijasida oshqozon osti bezidagi morfofunksional reaktiv o‘zgarishlari va ularning solishtirma morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash, morfofunksional o‘zgarishlarni erta tashhislash va letallik darajasi yuqori bo‘lgan og‘ir kasalliklar (onkologik kasalliklar, qandli diabet) rivojlanishini oldini olishda profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqishni takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: giperterioz oqibatlarida yuzaga kelgan patologik holatlarni erta tashhislash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish orqali davolanish samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari ma’lum miqdorda iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: eksperimental gipertireoz holatidagi kalamushlar oshqozon osti bezida kuzatiladigan morfofunksional o‘zgarishlarning qalqonsimon bez funksional holati bilan bog‘liqlik darajasi, ya’ni erkin T4, T3 shakllari va TG ishonarli darajada oshgan, TTG esa 3,5 barobar kamayganligi darajasi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 25 iyundagi 11-soni bilan tasdiqlangan «Eksprimental gipertireoz natijasida oshqozon osti bezi parenximasining morfofunksional reaktiv o‘zgarishlari va ularning solishtirma morfometrik ko‘rsatkichlari» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIEIATM Samarqand viloyat filiali 21.07.2025 yildagi №31-U- son va RIEIATM Jizzax viloyat filiali klinikasida 23.07.2025 yildagi №48-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘likni saqlash vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bez giperfunksiyasi natijasida murojaat qilgan bemorlarda kuzatiladigan oshqozon osti bezi parenximasidagi morfofunksional o‘zgarishlarni va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarini erta tashhislash va davolashni o‘z vaqtida boshlash imkoni yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: onalarning qalqonsimon bez patologiyalari natijasida bolalarda kuzatiladigan oshqozon osti bezi kasalliklarini, oshqozon osti bezi to‘qimasida kuzatiladigan morfofunksional o‘zgarishlar natijasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan patologik holatlarni erta tashhislash natijasida davolanish samaradorligi oshadi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari ma’lum miqdorda iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental gipertireoz holatida proliferatsiya jarayoni faolligi oshishi, bez to‘qimaviy arxitektonikasi disbalansi kabi o‘zgarishlar oshqozon osti bezi rivojlanishiga va funksional faoliyatining patologik kuchayishiga olib kelishi, nojo‘ya ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan patogenetik mexanizmlari aniqlandi. Ushbu takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 25 iyundagi 11-soni bilan tasdiqlangan «Eksprimental gipertireoz natijasida oshqozon osti bezi parenximasining morfofunksional reaktiv o‘zgarishlari va ularning solishtirma morfometrik ko‘rsatkichlari» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIEIATM Samarqand viloyat filialiga 21.07.2025 yildagi №31-U- son buyruq va RIEIATM Jizzax viloyat filiali klinikasida 23.07.2025 yildagi №48-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘likni saqlash vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gipertireoz natijasida oshqozon osti bezida kuzatiladigan morfofunksional o‘zgarishlar, uning asoratlari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar, o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan og‘ir kasalliklar (onkologik kasalliklar, qandli diabet) rivojlanishini morfologik, laborator tekshiruvlari yordamida erta tashxislash imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: gipertireoz natijasida oshqozon osti bezida kuzatiladigan morfofunksional o‘zgarishlar, uning asoratlari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar, o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan og‘ir kasalliklar (onkologik kasalliklar, qandli diabet) rivojlanishini morfologik, laborator tekshiruvlari yordamida erta tashxislash natijasida bemorlarning shifoxonada davolash kuning kamayishi, boshqa sarf-xarajatlarining qisqarish hisobidan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini tejab qolish hamda ijtimoyi- iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental gipertireoz holatida yuzaga kelgan morfofunksional o‘zgarishlarni korreksiyalash maqsadida antioksidant modda sifatida qo‘llanilgan rastoropsha moyining (Oleum Silybi Mariani) oksidlanish stressini kamaytirish va antioksidant ta’siri samaradorligi oshishi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 25 iyundagi 11-soni bilan tasdiqlangan «Eksprimental gipertireoz natijasida oshqozon osti bezi parenximasining morfofunksional reaktiv o‘zgarishlari va ularning solishtirma morfometrik ko‘rsatkichlari» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIEIATM Samarqand viloyat filiali 21.07.2025 yildagi №31-U- son va RIEIATM Jizzax viloyat filiali klinikasida 23.07.2025 yildagi №48-son buyruqlari amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘likni saqlash vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gipertireoz modeli chaqirilgan tajriba hayvonlar avlodlari oshqozon osti bezi morfo-funksional o‘zgarishlarini oldini olish va korreksiyalashda profilaktik omil sifatida rastoropsha moyining qo‘llanilishi rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi va samaradorlikka erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: oshqozon osti bezi parenxemasidagi morfofunksional o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatning erta inobatga olinishi va korreksiyalashda profilaktik omil sifatida rastoropsha moyining qo‘llanilishi natijasida davolanish samaradorligi oshadi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari ma’lum miqdorda iqtisod qilinadi.