Otaboeva Dilnoza Davronbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Tog‘ay Murod nasrida folklorizmlarning qo‘llanilishi va badiiy xronotop talqini” mavzusida 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6070 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sariev San’atjon Matchonboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05
Rasmiy opponentlar: Keruvenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Otajonova Manzura Omanboevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi folklor unsurlarining yozma adabiyotga ijodiy ta’sirini hozirgi o‘zbek nasri, xususan, Tog‘ay Murod ijodi misolida ko‘rsatib berishdan iborat. Bunda adibning badiiy mahoratini ko‘rsatish, adib asarlaridagi folklorizmlarning manbalari, ularning asar badiiyatidagi roli va poetik vazifalarini belgilash hamda badiiy xronotop talqinini ilmiy jihatdan asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Tog‘ay Murod ijodida folklorizmlar va badiiy xronotop bir-birini to‘ldiruvchi poetik tizim ekanligi aniqlanib, folklor unsurlari orqali milliy tafakkur va zamonaviy muammolarning badiiy sintezda aks etishi dalillangan;
Tog‘ay Murod folklor unsurlarini inson ruhiyati bilan uyg‘unlashtirgani, badiiy xronotop folkloriy model asosida qurilganligi, makon va zamon ma’naviy mazmun kasb etganligi ochib berilgan;
“Yulduzlar mangu yonadi”, “Otamdan qolgan dalalar” romanida yuzaga kelgan mifologik qamrov kengligi modifikatsiyasi bilan bog‘liq hissiy depressiv kechinmalar uzviyligi muhit va jamiyat, zamon va makon birligida idrok etilganligi isbotlangan;
“Ot kishnagan oqshom”, “Momo er qo‘shig‘i” asarlaridagi folklor an’ana va  motivlarining mifopoetik qirralar ta’sirida namoyon bo‘lish manerasi hamda tasvir poetikasi xronotop shakllari bilan sintezlashgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tog‘ay Murod nasrida folklorizmlarning qo‘llanilishi va badiiy xronotop talqini masalasining tahlili doirasida muammoning evolyusion mezonlari, shakllarining  yuzaga  kelishining  tadrijiy  takomiliga  oid  nazariy  qarashlari  va ilmiy xulosalaridan  Davlat  ilmiy-texnik  dasturi  doirasida  PF-201912258-raqamli “O‘zbek  adabiyotining  ko‘p  tilli  (O‘zbek,  rus,  ingliz  tillarida  elektron 
platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 26-iyundagi 01/01-2766-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek adabiyotida folklorizmlarning ilmiy-nazariy asoslar aniqlanib, ularning xalq ma’naviy qadriyatlari va yozuvchi dunyoqarashi bilan o‘zaro uyg‘unlikdagi adabiy matn tarkibiga xos badiiy vazifalari, zamonaviy o‘zbek nasrida sintezlashuv hodisasining yuzaga kelishida, o‘zbek adabiyotining ko‘p asrlik an’analarini davom ettirish orqali adabiy matndagi poetik o‘ziga xosliklar, til xususiyatlari, yozuvchi mahorati, folklor an’analarining yozma adabiyot bilan sintezlashuv hodisasi dalillanganligiga doir xulosa va tavsiyalari loyiha doirasida yaratilgan ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformaning mukammallashuviga xizmat qilgan; 
 “Tog‘ay Murod nasrida folklorizmlarninng qo‘llanilishi va badiiy xronotop talqini” mavzusida tayyorlangan dissertatsiya natija va xulosalaridan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 9-iyundagi №01/4-3025-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijodkor nasrida folklorizmlarning qo‘llanilishi va badiiy xronotop talqini masalasi, muammoning badiiylik xususiyati, falsafiy-psixologik talqini hamda ijodkor uslubining o‘ziga xosligi, badiiy tasvir mahoratini aniqlashdagi xulosalaridan loyiha ishini bajarishda foydalanildi;
dissertatsiyaning ilmiy natijalardan Xorazm viloyati teleradiokanali tomonidan tayyorlangan 2025-yil 6-iyundagi “Assalom Xorazm!” dasturida  foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 6-iyundagi 431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Tog‘ay Murod nasrida folklorizmlarning qo‘llanilishi va badiiy xronotop talqini masalasining rivojlanish omillari adabiy ta’sir negizida ekanligini aniqlash, uslubiy xususiyatlarini yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanishiga, ularning ma’naviy olamini boyitishga va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish