Nurullaeva Maqsuda O‘ktamboevnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vinirlar va qistirmalar bilan estetik tiklashdagi asoratlari oldini olishni optimallashtirish” 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3051.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaeva Nigora Saidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Astashina Nataliya Borisovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi). 
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vinirlar va qistirmalar bilan bilvosita restavratsiyadan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning profilaktikasi maqsadida bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasi asosida chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
vinirlar va qistirmalarning turli foydalanish muddatlaridagi funksional samaradorligi  hamda vinirlardan foydalanuvchi bemorlarda asoratlarning eng ko‘p uchraydigan sabablari sifatida «emal`–vinir» yoki «emal`–qistirma» chegarasida minerallashuvning buzilishi va sezgirlikning oshishi aniqlangan;
vinirlar va qistirmalar bilan restavratsiya o‘tkazilganidan so‘ng bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasidan foydalanishda tish karashi ishonchli kamayishi (2,5 marta), QsCan usulida  isbotlangan;
vinirlar va qistirmalar bilan restavratsiya qilingandan so‘ng bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasidan foydalanish natijasida  og‘iz suyuqligi kislotali-ishqorli muvozanati (pN 6,7) tiklashi asoslangan;
ishlab chiqilgan bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasidan foydalanish natijasida tish emalining minerallashuvi hisobiga uning zichlashishi va tashqi ta’sirotlarga sezgirligining kamayishi EOD yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining  2025 yil 10 iyundagi 19/27 sonli hulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: vinirlar va qistirmalarning turli foydalanish muddatlaridagi funksional samaradorligi  hamda vinirlardan foydalanuvchi bemorlarda asoratlarning eng ko‘p uchraydigan sabablari sifatida «emal`–vinir» yoki «emal`–qistirma» chegarasida minerallashuvning buzilishi va sezgirlikning oshishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: vinirlar va qistirmalarning turli foydalanish muddatlaridagi funksional samaradorligi  hamda vinirlardan foydalanuvchi bemorlarda asoratlarning eng ko‘p uchraydigan sabablari sifatida «emal`–vinir» yoki «emal`–qistirma» chegarasida minerallashuvning buzilishi va sezgirlikning oshishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:olingan ilmi-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 1-stomatologik poliklinikasida (01.11.2024 yildagi 3-sonli buyruq) hamda Farg‘ona viloyat stomatologiya kasalxonasida (10.11.2024 yildagi 56-sonli buyruq) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari turli foydalanish muddatlarida vinirlar va qistirmalarning funksional samaradorligini baholash imkonini berdi. Bu aholiga estetik va funksional jihatdan yuqori sifatli stomatologik yordam ko‘rsatishga, bemorlarning hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Vinir va qistirmalardan to‘g‘ri foydalanish orqali og‘iz bo‘shlig‘ida tish qatorining estetikasi tiklanadi, funksiyalari yaxshilanadi, natijada bemorlarning ijtimoiy faolligi va ruhiy qoniqishi ortadi hamda davolanishdan so‘ng yuzaga keladigan asoratlar soni kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: vinirlar va qistirmalarning turli foydalanish muddatlaridagi funksional holatini baholash natijalari ularning klinik holatini aniqlash va to‘g‘ri tanlash imkonini berdi. Bu stomatologik amaliyotda qayta-qayta protez tayyorlash zaruratini kamaytiradi, davolash xarajatlarini tejaydi hamda aholining stomatologik xizmatlarga bo‘lgan xarajatlarini pasaytiradi. Shuningdek, mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan materiallardan samarali foydalanish orqali import mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj qisqaradi, bu esa milliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq muddatli samaradorlikka erishish natijasida stomatologiya sohasida xizmat ko‘rsatishning arzon va sifatli yo‘nalishi shakllanadi
ikkinchi ilmiy yangilik: vinirlar va qistirmalar bilan restavratsiya o‘tkazilganidan so‘ng bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasidan foydalanishda tish karashi ishonchli kamayishi (2,5 marta) QsCan usuli orqali isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: vinirlar va qistirmalar bilan restavratsiya o‘tkazilganidan so‘ng bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasidan foydalanishda tish karashi ishonchli kamayishi isbotlangan. Amaliyotga joriy qilinishi:Toshkent shahar 1-stomatologik poliklinikasida (01.11.2024 yildagi 3-sonli buyruq) hamda Farg‘ona viloyat stomatologiya kasalxonasida (10.11.2024 yildagi 56-sonli buyruq) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari vinirlar va qistirmalar bilan restavratsiya o‘tkazilgan bemorlarda bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasidan foydalanish og‘iz bo‘shlig‘i gigyenasi ko‘rsatkichlarining sezilarli yaxshilanishiga olib kelganini ko‘rsatdi. Xususan, tish karashi miqdorining 2,5 marta ishonchli kamayishi aniqlanib, bu holat profilaktika samaradorligining yuqori ekanligini tasdiqlaydi. Pastaning yuqori tozalovchi xususiyatlari QsCan usulida lyuminessent nur yordamida ob’ektiv baholandi va instrumental tekshiruv natijalari bilan tasdiqlandi. Bu esa klinik kuzatuv natijalarining ilmiy asoslanganligini va ishonchliligini ta’minlaydi. Bioaktiv shisha komponentlari restavratsiya chegarasida remineralizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlab, minerallashuv buzilishlari va ikkillamchi karies rivojlanish xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasini qo‘llash restavratsiyalarning funksional barqarorligini ta’minlab, ularning xizmat muddatini uzaytiradi. Restavratsiya chegarasida patologiyaviy o‘zgarishlar va mikroinfil`tratsiya kamayishi hisobiga qayta davolash va takroriy restavratsiya ehtiyoji sezilarli qisqaradi.Bu esa bemorlar uchun stomatologik xizmatlarga sarflanadigan mablag‘larni kamaytirishga, shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalarida resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi. Profilaktik vositaning muntazam qo‘llanilishi uzoq muddatli istiqbolda davolash xarajatlarini optimallashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarilgan bioaktiv shishali mahsulotdan foydalanish import o‘rnini bosish, ichki ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va stomatologik bozorning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi. Natijada sog‘liqni saqlash tizimining iqtisodiy samaradorligi ortib, profilaktik yo‘nalishdagi xarajatlar ulushi oshadi.
uchinchi ilmiy yangilik: vinirlar va qistirmalar bilan restavratsiya qilingandan so‘ng bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasidan foydalanish natijasida  og‘iz suyuqligi kislotali-ishqorli muvozanati (pN 6,7) tiklashi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: vinirlar va qistirmalar bilan restavratsiya qilingandan so‘ng bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasidan foydalanish natijasida  og‘iz suyuqligi kislotali-ishqorli muvozanati (pN 6,7) tiklashi asoslandi. Amaliyotga joriy qilinishi: mazkur ishlanma Toshkent shahar 1-stomatologik poliklinikasida (01.11.2024 yildagi 3-sonli buyruq) hamda Farg‘ona viloyat stomatologiya kasalxonasida (10.11.2024 yildagi 56-sonli buyruq) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bioaktiv shisha saqlovchi gigienik-profilaktik tish pastasi (BShSGPTP) qo‘llanilgandan so‘ng bir oy va uch oy o‘tgach og‘iz suyuqligining pH ko‘rsatkichlari mos ravishda 6,6 va 6,7 gacha oshgani aniqlandi.Tadqiqot davomida vinirlar va qistirmalar bilan restavratsiya o‘tkazilgan bemorlarda BShSGPTP qo‘llash og‘iz suyuqligining kislotali-ishqorli muvozanatini tiklashga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslandi. pH-metriya natijalariga ko‘ra, og‘iz suyuqligi ko‘rsatkichlari fiziologik me’yor darajasiga (pH 6,7) etagani aniqlandi. Olingan ma’lumotlar bioaktiv shishali tish pastasining remineralizatsion xususiyatlari mavjudligini tasdiqlaydi hamda restavratsiya chegarasida demineralizatsiya jarayonlarini kamaytirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shu tariqa, og‘iz suyuqligi muhiti barqarorlashishi restavratsiyalarning funksional holatini saqlashda muhim ilmiy asos sifatida isbotlandi. BShSGPTP ni muntazam qo‘llash natijasida og‘iz muhiti pH ko‘rsatkichlari barqarorlashib, kislotali muhitning zararli ta’siri kamayadi. Bu esa restavratsiya chegarasida minerallashuv buzilishlari, mikroinfil`tratsiya va ikkillamchi karies rivojlanish xavfini pasaytiradi hamda vinirlar va qistirmalarning xizmat muddatini uzaytiradi. Natijada bemorlarda restavratsiyalarning uzoq muddatli klinik barqarorligi ta’minlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: BShSGPTP qo‘llanilgandan so‘ng bemorlarning stomatologik poliklinikaga murojaat qilishlari soni kamayadi. O‘rtacha hisobda har bir vinir narxi 250–300 AQSh dollarini tashkil etishini inobatga olsak, profilaktika ishlarini to‘g‘ri olib borish orqali asoratlarning oldini olish va ortiqcha xarajatlarni kamaytirishga erishiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasidan foydalanish natijasida tish emalining minerallashuvi hisobiga uning zichlashishi va tashqi ta’sirotlarga sezgirligining kamayishi EOD yordamida aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishlab chiqilgan bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasidan foydalanish natijasida tish emalining minerallashuvi hisobiga uning zichlashishi va tashqi ta’sirotlarga sezgirligining kamayishi EOD yordamida aniqlangan. Amaliyotga joriy qilinishi: mazkur ishlanma Toshkent shahar 1-stomatologik poliklinikasida (01.11.2024 yildagi 3-sonli buyruq) hamda Farg‘ona viloyat stomatologiya kasalxonasida (10.11.2024 yildagi 56-sonli buyruq) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan bioaktiv shishali mahalliy gigienik-profilaktik tish pastasini 30 kun davomida muntazam qo‘llash natijasida og‘iz suyuqligi pH ko‘rsatkichi o‘rtacha 5,8±0,2 dan 6,7±0,1 gacha tiklanishi aniqlandi (p<0,05). Emalning minerallashuvi kuchayishi hisobiga elektroodontodiagnostika (EOD) ko‘rsatkichlari 3,1±0,3 mkA gacha kamaygani qayd etildi, bu esa tish sezgirligining pasayganini ko‘rsatadi (p<0,05). Iqtisodiy samaradorligi: tish sezgirligining 2 barobar kamayishi natijasida qo‘shimcha desensibilizatsiyaviy muolajalarga ehtiyoj 35% ga qisqardi. Qayta murojaatlar soni o‘rtacha 30% ga kamayib, har bir bemor uchun stomatologik davolash xarajatlari taxminan 20–25% ga kamayishi ta’minlandi. Bu esa restavratsiyalarning uzoq muddatli barqarorligini oshirish bilan birga, sog‘liqni saqlash tizimida profilaktik yo‘nalishning iqtisodiy samaradorligini kuchaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish