Najmiddinova Muhammadjon G‘ayratjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tezauruslar yaratishning lingvistik asoslari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Fil845
Ilmiy maslaxatchi: Rustamov Dilshodbek Abduvohidovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamova Shaxnoza Kaxramonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Asranova Moxigul musaboevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xamraeva Shahlo Mirdjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron tezauruslarni ishlab chiqishning lingvistik, xususan, nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elektron tezauruslarning ahamiyati, tuzilishi va tarkibi tizimli ravishda yoritilib, unda tezaurusning an’anaviy lug‘atlardan farqlovchi belgilari, xususan, katta sig‘im, gipermatnli shakl, interaktiv ishlash, multimediya unsurlarini jamlash imkoniyati, termin, sinset, ierarxik va assosiativ bog‘lanishlardan tashkil topgan ichki tuzilishi alohida ko‘rsatib berilgan; tezaurusga oid mavjud ilmiy ishlar guruhlarga ajratilib, ularning yo‘nalishlari (pedagogik, ekologik, axborot-qidiruv, ontologik va boshqalar), ma’lumot bilan ishlash usullari va natijalari o‘zaro qiyosiy tahlil qilingan; elektron tezaurusda ma’lumotlarni tashkil etishning (1) ierarxik daraxt ko‘rinishida; (2) tarmoqli tasvir ko‘rinishida; (3) matrisa ko‘rinishida amalga oshirilishi, ma’lumotni taqdim etishning esa (1) gipermatnli sahifalar; (2) qidiruv oynasi va filtrlash vositalari; (3) sinsetlararo o‘zaro havolalar orqali berilish kabi ko‘rinishlari asoslab berilgan;
elektron tezaurus birliklarini tanlash va dasturiy vosita ishlab chiqishning bosqichma bosqich metodikasi ishlab chiqilib, bunda domenni tahlil qilish, korpus va lug‘atlardan olingan birliklarni chastotasi, semantik bog‘lanishi hamda ekspert bahosi asosida saralash mezonlari belgilangan; sinsetlarni ishlab chiqishda transformerlardan foydalanish imkoniyatlari aniqlanib, BERT tipidagi modellar yordamida so‘zlarning kontekstga bog‘liq vektorli ifodasidan kelib chiqib sinonimik guruhlarni avtomatik shakllantirish va ularni qo‘lda tekshirish tartibi ochib berilgan;
elektron tezauruslarning qidiruv tizimlari bilan bog‘lanishi hamda elektron tezaurus birliklarini tanlash metodikasi aniqlanib, tezaurus ma’lumotlar bazasini qidiruvga ulanadigan, so‘rovni sinonim, giperonim, giponim va assotsiativ birliklar hisobga olingan holda kengaytiradigan, natijalarni dolzarbligiga ko‘ra tartiblaydigan sxema taklif qilingan; o‘zbek tilida ko‘p ma’nolilik, sinonimiya, omonimiya va ularning elektron tezaurusda aks etish tamoyillari yoritilib, polisemiya uchun har bir ma’no alohida sinset sifatida ajratilishi, omonimlar uchun mustaqil sinsetlar va o‘zaro havolalar berilishi, sinonimik qatorlar esa korpusda “o‘xshash so‘zlar” tahlili va mavjud ilmiy manbalar asosida tuzilishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
ontologiyaning elektron tezaurus yaratishdagi vazifasi chuqur asoslangan holda ochib berilib, unda sinf, xususiyat, misol va munosabatlardan iborat ontologik tuzilma elektron tezaurusning deskriptor va “o‘zgaruvchi” birliklarini fasetli tasnif (Kasares-Karaulov tizimi) asosida tanlash va joylashtirish mezoni sifatida belgilangan; tezaurus tuzish tamoyillari sifatida jins–tur, meronimiya, antonimiya va ideografik maydon munosabatlariga tayangan holda deskriptorlar tizimi va alifbo ko‘rsatkichlari shakllantirilgan; predmet va belgi bildiruvchi so‘zlar (narsa, shaxs, o‘rin, belgi nomlari) ontologiyasi hamda ularning sinsetlari “O‘zbek tilining ta’limiy korpusi” va ARANEUM_UZBEKIUM korpusi negizida Word Embeddings, gibrid (qo‘lda + avtomatik) tahlil usullari orqali modellashtirilib, tezaurusda struktur birlik sifatida ifodalanishi dalillangan;
o‘zbek tilida harakat va holat ifodalovchi fe’l, ravish va holat ifodalovchi sifatlar sinseti tuzilishi hamda ularning elektron tezaurusda ifodalanishi masalalari izchil tadqiq etilib, fe’l sinsetlarini yaratish bosqichlari (ma’no va semalarni aniqlash, kontekstual sinonimiya va troponimiyani farqlash, gipo-giperonimik munosabatlarni belgilash) ishlab chiqilgan; WordNet tajribasi, o‘zbek tili izohli va sinonimlar lug‘atlari, korpus hamda Word Embeddings modellari asosida harakat va holat fe’llari uchun sinsetlar tizimi shakllantirilgan; o‘zbek tilida holatni ifodalovchi fe’l, ot, sifat va ravishlarning semantik yadrosi, mavzuviy guruhlari va ideografik maydonlari aniqlanib, ular uchun semantik yaxlitlik, kontekstual sinonimlik, madaniy shartlanganlik va tizimlilik tamoyillariga tayangan holda sinsetlar hamda ular o‘rtasidagi sinonimik, troponimik, giperonimik va antonimik munosabatlarni aks ettiruvchi elektron tezaurus modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
elektron tezauruslarning ahamiyati, tuzilishi va tarkibi tizimli ravishda yoritilib, unda tezaurusning an’anaviy lug‘atlardan farqlovchi belgilari, xususan, katta sig‘im, gipermatnli shakl, interaktiv ishlash, multimediya unsurlarini jamlash imkoniyati, termin, sinset, ierarxik va assosiativ bog‘lanishlardan tashkil topgan ichki tuzilishi alohida ko‘rsatib berilgan; tezaurusga oid mavjud ilmiy ishlar guruhlarga ajratilib, ularning yo‘nalishlari (pedagogik, ekologik, axborot-qidiruv, ontologik va boshqalar), ma’lumot bilan ishlash usullari va natijalari o‘zaro qiyosiy tahlil qilingan; elektron tezaurusda ma’lumotlarni tashkil etishning (1) ierarxik daraxt ko‘rinishida; (2) tarmoqli tasvir ko‘rinishida; (3) matrisa ko‘rinishida amalga oshirilishi, ma’lumotni taqdim etishning esa (1) gipermatnli sahifalar; (2) qidiruv oynasi va filtrlash vositalari; (3) sinsetlararo o‘zaro havolalar orqali berilish kabi dissertatsiyaning natijalari va materiallaridan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD- 18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan. Natijada elektron tezaurus konsepsiyasi asosida o‘quv-modul va raqamli lug‘aviy resurslarni katta sig‘imli, gipermatnli va interaktiv shaklda tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
elektron tezaurus birliklarini tanlash va dasturiy vosita ishlab chiqishning bosqichma bosqich metodikasi ishlab chiqilib, bunda domenni tahlil qilish, korpus va lug‘atlardan olingan birliklarni chastotasi, semantik bog‘lanishi hamda ekspert bahosi asosida saralash mezonlari belgilangan; sinsetlarni ishlab chiqishda transformerlardan foydalanish imkoniyatlari aniqlanib, BERT tipidagi modellar yordamida so‘zlarning kontekstga bog‘liq vektorli ifodasidan kelib chiqib sinonimik guruhlarni avtomatik shakllantirish va ularni qo‘lda tekshirish tartibi xususida olingan ilmiy natijalari va materiallaridan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258. “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan. Natijada ko‘p tilli elektron platforma uchun korpus va lug‘at ma’lumotlariga tayangan, BERT tipidagi modellar yordamida avtomatik shakllantirilib, ekspertlar tomonidan tahrirlangan sinsetlarga asoslangan tezaurik baza yaratilishiga sharoit yaratilgan hamda o‘zbek adabiy matnlarini rus va ingliz tillariga integratsiyalash jarayonining lingvistik asoslari mustahkamlangan;
elektron tezauruslarning qidiruv tizimlari bilan bog‘lanishi hamda elektron tezaurus birliklarini tanlash metodikasi aniqlanib, tezaurus ma’lumotlar bazasini qidiruvga ulanadigan, so‘rovni sinonim, giperonim, giponim va assotsiativ birliklar hisobga olingan holda kengaytiradigan, natijalarni dolzarbligiga ko‘ra tartiblaydigan sxema taklif qilingan; o‘zbek tilida ko‘p ma’nolilik, sinonimiya, omonimiya va ularning elektron tezaurusda aks etish tamoyillari yoritilib, polisemiya uchun har bir ma’no alohida sinset sifatida ajratilishi, omonimlar uchun mustaqil sinsetlar va o‘zaro havolalar berilishi, sinonimik qatorlar esa korpusda “o‘xshash so‘zlar” tahlili va mavjud ilmiy manbalar asosida tuzilishiga doir ilmiy xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan. Natijada ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha elektron o‘quv muhitida tezaurus bilan integrallashgan semantik qidiruv mexanizmlarini qo‘llash, so‘rovlarni sinonim, giperonim, giponim va assotsiativ birliklar hisobiga kengaytirishga xizmat qiladigan dolzarb qidiruv tizimini shakllantirishga erishilgan;
ontologiyaning elektron tezaurus yaratishdagi vazifasi chuqur asoslangan holda ochib berilib, unda sinf, xususiyat, misol va munosabatlardan iborat ontologik tuzilma elektron tezaurusning deskriptor va “o‘zgaruvchi” birliklarini fasetli tasnif (Kasares-Karaulov tizimi) asosida tanlash va joylashtirish mezoni sifatida belgilangan; tezaurus tuzish tamoyillari sifatida jins–tur, meronimiya, antonimiya va ideografik maydon munosabatlariga tayangan holda deskriptorlar tizimi va alifbo ko‘rsatkichlariga doir taklif va tavsiyalaridan Qo‘qon universiteti (KU) tomonidan, KU Kengashining 2024-yil 27-avgustdagi 1-sonli yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangan “Leksikologiya” hamda “Til aspektlarini o‘rgatish amaliyoti II” fanining o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada fanlarning mazmuni ontologik va tezaurik yondashuvlar bilan boyitilib, talabalar uchun leksik birliklarning tasnifi, jins-tur va meronimik munosabatlari hamda deskriptor-“o‘zgaruvchi” tizimini nazariy va amaliy jihatdan o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
predmet nomini atovchi birliklar sinsetini ishlab chiqishning qo‘lda, avtomatik va gibrid yondashuvlari, bir va ko‘p ma’noli otlar (kitob, oftob, pomidor, olma, tog‘ va b.) uchun sinset tuzilishi aniqlangan hamda belgi bildiruvchi so‘zlarning (sifat, sifatdosh, ravish, ravishdosh) leksik va ideografik maydoni, ularning monosemantik va polisemantik turlari uchun sinset, antonim va uyadoshlar qatori korpus ma’lumotlari asosida qay tarzda ajratilishi va elektron tezaurusda aks ettirish mexanizmiga oid dissertatsiyaning ilmiy natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlar senariysida (2025 yil yanvar va fevral oylari) foydalanilgan. Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar senariylarida predmet nomlari va belgi bildiruvchi birliklarning sinsetlarga asoslangan tahlilidan foydalanish yo‘lga qo‘yilib, o‘zbek tilining leksik va ideografik imkoniyatlarini tizimli yoritish hamda keng auditoriya oldida tezaurik yondashuvni ommalashtirishga erishilgan.