Lapasov Sayfiddin Sanakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kechki muddatda oqbosh karam (Brassica capitata Lizg.) nav namunalarini tanlash, ekish muddatlari va sxemasini aniqlash», 06.01.06–Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx281.
Ilmiy rahbar: Shokirov Alisher Jo‘raboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Aramov Muzaffar Xashimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Yakubov Mirdjamil Mirziyatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatini o‘tloqi bo‘z tuproqli sharoitda takroriy ekinda oqbosh karam etishtirish uchun hosildor navlarini tanlash, qulay ekish muddatlari va ekish sxemalarini o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligiga samarali ta’sir etuvchi me’yorlarini aniqlash iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kuzgi boshoqli donlardan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekinda kechki muddatda etishtirish uchun oqbosh karamning istiqbolli nav namunalari tanlangan;
kechki muddatda takroriy ekinda oqbosh karam etishtirish uchun samarali ekish sxemasi aniqlangan;
kechki muddatda takroriy ekinda oqbosh karam etishtirishda istiqbolli navlar uchun morfo-biologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha variatsiya koeffisienti aniqlangan (V, %);
kechki muddatda takroriy ekinda oqbosh karam etishtirishda nav namunalar, ekish sxemalari va muddatlarining biometrik, morfologik hamda xo‘jalik ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi o‘rtasidagi korrelyasiya koeffisienti (r) aniqlangan;
ekish sxemalari va ekish muddatlarining nazariy asoslari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyati sharoitlarida takroriy ekinda kechki muddatda oqbosh karam nav namunalarini tanlash, ular uchun maqbul ekish muddatlari va ekish sxemalarini tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “Yozgi muddatda oqbosh karam etishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar” va “Takroriy muddatda oqbosh karam etishtirishda nav namunalari, ekish muddatlari va ekish sxemalari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar” tavsiyanomalari tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/029-249-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar dehqon, fermer xo‘jaliklari ekin maydonlarida takroriy ekinda oqbosh karamdan yuqori va sifatli hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
takroriy muddatda etishtirish uchun oqbosh karamning “Sharqiya-2”, “Saratoni” va “Geant” F1 nav namunalarini Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Sarkor” fermer xo‘jaligida 5,0 gektar, “Samandar Agro Zamin” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, “Olimjon Feruzbek dalasi” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Axmedovlar” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, “Shodlik Agrofirma” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, “Yo‘lchi o‘g‘li Akrom” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, Bekobod tumanidagi “Azamatjon Maxliyo” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, “Oybek Mirishkor Agro” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, “Ko‘rkam” MChJ fermer xo‘jaligida 2,5 gektar jami 21,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/029-249-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan o‘rtacha 95,7–96,9 tonna karam hosili etishtirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik gektaridan o‘rtacha 8,9–9,52 mln. so‘mni tashkil etgan;
takroriy ekinda oqbosh karam etishtirishda Sharqiya-2 navida 70x50 sm yoki 90x30 sm, Saratoni navida 90x30 sm ekish sxemasi Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Sarkor” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, “Samandar Agro Zamin” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, “Olimjon Feruzbek dalasi” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Axmedovlar” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, “Shodlik Agrofirma” fermer xo‘jaligida 1,6 gektar, “Yo‘lchi o‘g‘li Akrom” fermer xo‘jaligida 1,6 gektar, Bekobod tumanidagi “Azamatjon Maxliyo” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, “Oybek Mirishkor Agro” fermer xo‘jaligida 2,2 gektar, “Ko‘rkam” MChJ fermer xo‘jaligida 2,0 gektar jami 17,7 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/029-249-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan o‘rtacha 68,3–99,4 tonna karam hosili etishtirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik gektaridan o‘rtacha 6,5–10,3 mln. so‘mni tashkil etgan;
takroriy ekinda oqbosh karam etishtirishda 15-30 iyun` ekish muddatlari Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Sarkor” fermer xo‘jaligida 2,2 gektar, “Samandar Agro Zamin” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, “Olimjon Feruzbek dalasi” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Axmedovlar” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, “Shodlik Agrofirma” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, “Yo‘lchi o‘g‘li Akrom” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, Bekobod tumanidagi “Azamatjon Maxliyo” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, “Oybek Mirishkor Agro” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, “Ko‘rkam” MChJ fermer xo‘jaligida 2,5 gektar jami 19,3 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/029-249-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan o‘rtacha 88,3–86,0 tonna karam hosili etishtirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik gektaridan o‘rtacha 7,7–8,1 mln. so‘mni tashkil etgan.