Kurbonova Guzal Salaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion ta’lim texnologiyalari vositasida o‘quvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (biologiya fani misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8223.
Ilmiy rahbar: Jumanov Muratbay Arepbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.B.04.09.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Salimova Sarvinoz Farxodovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: biologiya ta’limida innovatsion ta’lim texnologiyalari vositasida o‘quvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biologiya ta’limida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik (qiziqish, motivatsiya, qobiliyat, ehtiyoj), intellektual-ijodiy (o‘quv- materiallarni idrok etish, ijodiy fikrlash), hamda pedagogik (yuqori bilish samaradorligiga erishish, g‘oyalar yaratish, yangilikka intilish) omillari aniqlashtirilgan;
muammoli ta’lim texnologiyalarining didaktik maqsadlari va vazifalari asosida biologiya fani bo‘yicha pedagogik muammoli topshiriqlar (Muammo, Muammoli vaziyatlar) hamda kreativ faoliyatni amalga oshirishda foydalaniladigan didaktik topshiriqlar ishlab chiqilgan;
biologiya fanidan tashkil etilgan kreativ faoliyatga yo‘naltirilgan laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish jarayoni interfaol ta’lim metodlari (Keys-stadi, “Zinama-zina” metodi, “O‘z o‘rningni top” metodi, “Qarama-qarshi munosabat” metodi,  “Skarabey” texnologiyasi)dan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida biologiya fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari (muammoli ta’lim, interfaol ta’lim, loyiha ta’lim texnologiyalari, hamkorlik ta’lim texnologiyalari) asosida tashkil etish mazmuni o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasi hamda metodik-tashkiliy, kommunikativ kabi omillarning o‘zaro bog‘liqligi asosida biologiya fanidan kreativ sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida biologiya ta’limini tashkil etish va o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini riaojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
biologiya ta’limida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik, intellektual-ijodiy hamda pedagogik omillarini aniqlashtirishga doir takliflardan “Ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fanini o‘qitish mazmunini takomillashtirish” mavzusiga oid loyihadagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 19 noyabrdagi 04-23-10068-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning qiziquvchanlik, o‘qish motivatsiyasi, intellektual qobiliyat, o‘z-o‘zini namoyon etish, ijodiy idrok etish kabi kreativ sifatlarini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
muammoli ta’lim texnologiyalarining didaktik maqsadlari va vazifalari asosida biologiya fani bo‘yicha pedagogik muammoli topshiriqlar (Muammo, muammoli vaziyatlar) hamda kreativ faoliyatni amalga oshirishda foydalaniladigan amaliy topshiriqlar ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalari Qoraqalpog‘iston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 19 noyabrdagi 04-23-10068-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya fanidan pedagogik muammoli vaziyatlar va kreativlikka yo‘naltirilgan muammoli topshiriqlar ishlab chiqish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish, xulosa chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
biologiya fanidan tashkil etilgan samarali kreativ faoliyatga yo‘naltirilgan laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish jarayoni interfaol ta’lim metodlaridan foydalanishga oid taklif va tavsiyalardan “Ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fanini o‘qitish mazmunini takomillashtirish” mavzusiga oid loyihadagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 19 noyabrdagi 04-23-10068-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning kreativ sifatlarini samarali rivojlantirish imkoniyati sezilarli darajada oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish