Ruzibaev Akbarali Tursunboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Katalizatorni samarali detoksikatsiyalash bilan o‘simlik moylarini gidrogenlash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T167.
Ilmiy maslahatchi: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Azimjon Normo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Sagdullaeva Dilafruz Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘larni gidrogenlash jarayonida katalizatorni detoksikatsiyalashning samarali usullarini qo‘llab o‘simlik moylarini chuqur gidrogenlash texnologiyasini takomillashtirish hamda trans kislota miqdori me’yorlashtirilgan yog‘lar olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simlik moylarini qisman gidrogenlab salomas olinganda tarkibidagi trans yog‘ kislota miqdori belgilangan me’yordan katalizator aktivligiga qarab 10-22 barabar ko‘p bo‘lishi aniqlanib, katalizator aktivligi jarayon tezligiga to‘g‘ri va trans kislota miqdoriga teskari proporsionalligi asoslangan;
N-210, N-820 va Ni:Cu katalizatorlarining selektivligi, aktivligi va trans kislota hosil qilish xususiyatlari N-210 < Ni:Cu < N-820 tartibda o‘zgarishi, trans kislotalar miqdori selektivlikka teskari proporsionalligi isbotlangan;
oziqa salomasi olish jarayonining texnologik rejimlarini takomillashtirish orqali chuqur gidrogenlangan salomas olinganda vodorod bosimi 5 barobar, harorat 1,2 barobar va katalizator miqdori 3 barobarga ortishi aniqlangan;
past sifatli paxta moylarini chuqur gidrogenlash tezligi yuqori sifatli moyga nisbatan 2 barobargacha kam bo‘lishi asoslangan;
oqlovchi tuproq va aktivlangan ko‘mirning 40:60 nisbatdagi aralashmalarini detoksikant sifatida qo‘llab, past sifatli moylarni chuqur gidrogenlash jarayonini 1,1-1,2 barobarga kamayishi isbotlangan;
moylarni 75-80% konsentratsiyali missellada gidrogenlash jarayon davomiyligini 20% gacha, haroratni 10% gacha, vodorod bosimini 50% gacha kamaytirishi aniqlangan;
chuqur gidrogenlangan salomasni metalsizlantirishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilib, ishqoriy rafinatsiyalashda salomasdagi qoldiq nikel miqdorini 1,4, distillyasiyali rafinatsiyalashda 2 barobargacha kamayishi isbotlangan;
past sifatli o‘simlik moylaridan trans kislota miqdori me’yorlashtirilgan yuqori sifatli yog‘lar olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yog‘larni gidrogenlash jarayonida katalizatorni detoksikatsiyalashning samarali usullarini qo‘llab o‘simlik moylarini chuqur gidrogenlash texnologiyasini takomillashtirish, trans kislota miqdori me’yorlashtirilgan yog‘lar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta moyini chuqur gidrogenlashning katalizatorni detoksiyalash bilan takomillashtirilgan texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining «2025-2027-yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining 2025 yil 8 avgustdagi KS/3-257-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidrogenlash jarayonining davomiyligini moy sifatiga qarab 3,15-5,00 soatdan 2,95-4,06 soatgacha kamaytirish, ya’ni 1,07-1,23 barobarga qisqartirish, yod soni 7,3-26,1% I2 bo‘lgan chuqur gidrogenlangan salomas olish imkonini beradi;
chuqur gidrogenlangan paxta salomasi va paxta moyini pereeterifikatsiyalash texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining «2025-2027-yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining 2025-yil 8-avgustdagi KS/3-257-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta salomasi va paxta moyi 10:90, 20:80, 25:75 nisbatlarida pereeterifikatsiyalab trans kislotalar miqdori 2 % dan kam mahsus yog‘lar olish imkonini beradi;
trans kislota miqdori kamaytirilgan yog‘larni margarin sanoatida qo‘llash texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining «2025-2027-yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining 2025-yil 8-avgustdagi KS/3-257-son ma’lumotnomasi). Natijada, margarin tarkibidagi trans kislota miqdorining 2% dan oshmasligi ta’minlangan va margarinning organoleptik ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash imkonini beradi.