Saidov Ravshan Rustam o‘g‘linining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Saraton hujayralari proliferatsiyasini cheklaydigan essin asosida substansiyalar sintezi va ularni standartlash», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Far125.
Ilmiy rahbar: Sharipov Avez To‘ymurodovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK rakami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.23.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Zakirdjan Abidovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Yunusxodjaeva Nodira Abdulxamitovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy soxta kashtan xomashyosidan ajratib olingan essin asosida saraton hujayralari proliferatsiyasini cheklovchi yangi substansiyalar sintezini amalga oshirish va sifatini nazorat qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor imatinib essinat va essimatrin dori moddalarini olinish usuli hamda substansiyalarning kukunli rentgen difraktometrik, termogravimetriya-differensial skanirlovchi kalorimetrik, skanerlovchi elektron mikroskopiya-energiya dispersiv rentgen nurlanish spektroskopiyasi va yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi natijalari asosida tarkibi va xossalari aniqlangan;
birinchi marta imatinib essinat va essimatrin substansiyalarining ko‘krak bezi saratoniga qarshi faolligi MCF-7 hujayra liniyalarida in vitro usulida isbotlangan;
imatinib essinat va essimatrinning asosiy ta’sir etuvchi moddasi – imatinibning sifat va miqdoriy tahliliga uslubiy yondashuvlar ilmiy asoslanib, tavsiya etilgan hamda supramolekulyar birikmani sintez qilish uchun zarur optimal sharoitlar aniqlanib, ularni standartlash usullari ishlab chiqilgan;
imatinib essinat va essimatrin tarkibidagi imatinibni aniqlashning yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usuli ICH Topic Q2 (R1) «Validation of analitical Procedures: Text and Methodology» talablari bo‘yicha validatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Saraton hujayralari proliferatsiyasini cheklaydigan essin asosida substansiyalar sintezi va ularni standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Imatinib essinatni olish usuli» ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 7952, 13.02.2024 y). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida saraton kasalligida qo‘llaniladigan kombinirlangan dori substansiyalari assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
«Imatinib saqlagan dori vositalarini tahlil qilish uslubi» uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (17.12.2025 y., №31/16). Natijada, tarkibida imatinib saqlagan dori vositalarini sifat va miqdoriy tarkibini tahlil qilish jarayoni uchun sarflanadigan vaqt va sarf-xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida imatinib essinat substansiyasining farmakologik faolligi va ko‘krak bezi saraton hujayralariga antiproliferativ ta’siri mavjudligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli saratonga qarshi faollikka ega samarador dori vositalarini ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish