Toshqulov Anvar Juraevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sudochiy egilmasi yura va paleozoy yotqiziqlarining geologik tuzilish xususiyatlari hamda neftgazga istiqbolliligini seysmorazvedka 3D ning yangi texnologiyalari asosida belgilash», 04.00.07 – Neft va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-minerologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/GM68.
Ilmiy rahbar: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.GM/FM.12.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bogdanov Aleksandr Nikolaevich, geologiya-minerologiya fanlari doktori, professor; Xayitov Norbo‘ta Shoymardonovich, geologiya-minerologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft va gaz uyumlarini bashorat qilish uchun Ustyurt hududi Sudochiy egilmasi quyi yura va paleozoy yotqiziqlarining istiqbolligini zamonaviy 3D seysmik qidiruv texnologiyalari asosida belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta Sudochiy egilmasida maxsus innovatsion texnologiyalar va dasturiy majmulardan keng foydalanib quyi yura yotqiziqlari qalinligining o‘zgarish xususiyatlari va yotish chuqurliklari aniqlangan;
Sudochiy egilmasida 3D seysmorazvedka ma’lumotlari zamonaviy dasturiy komplekslar yordamida qayta ishlash natijasida paleozoy va quyi yura yotqiziqlarida noan’anaviy tutqichlar mavjudligi aniqlangan;
birinchi marta Sudochiy egilmasining mufassal uch o‘lchamli geologik modeli ishlab chiqildi va janubdan-shimol yo‘nalishdagi yangi Qorajar grabeni aniqlangan;
seysmorazvedka va burg‘ilash ma’lumotlarini kompleks tahlil qilish asosida neft va gaz uyumlarining to‘planish zonalari ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sudochiy egilmasi yura va paleozoy yotqiziqlarining geologik tuzilish xususiyatlari hamda neftgazga istiqbolliligini seysmorazvedka 3D ning yangi texnologiyalari asosida belgilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Taxtakair vali, Sudochiy egilmasining janubiy qismi, hamda Taldiq egilmasi hududida UChN-3D batafsil-izlov seysmik qidiruv ishlari o‘tkazilishi bo‘yicha tavsiya «O‘zbekgeofizika» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 16 iyuldagi 32-2576-son maʼlumotnomasi). Natijada, Janubiy Shege va Sharqiy Shege neftgazli obektlari aniqlandi, bu esa Janubiy Shege obektida quyi yura yotqiziqlari bo‘yicha uglevodorodlarning C3 turi bo‘yicha istiqbolli resursi: Qg=7,0 mlrd. m3 quruq gaz; Sharqiy Shege strukturasida esa Qg=10,0 mlrd m3 quruq gazni tashkil etuvchi resurslar zahirasini ko‘paytirish imkonini bergan;
yura va paleozoy qatlami neftgazga istiqbolli majmualarini o‘rganish maqsadida Ustyurt mintaqasidagi Borsakelmas egilmasining sharqiy qismi va Oqtumsuq burmalanish tizimining janubi-sharqiy qismida UChN-2D seysmik tadqiqotlar olib borish zarurligi bo‘yicha tavsiya «O‘zbekgeofizika» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 16 iyuldagi 32-2576-son maʼlumotnomasi). Natijada, ilgari aniqlangan Tasqinbay, Tuley, Bo‘lak, Tumryuk, Janubiy Xaroy, G‘arbiy Xaroy va boshqa shu kabi obektlarning quyi yura va paleozoy yotqiziqlari geologik tuzilishi batafsil o‘rganilib, yangi neftgazga istiqbolli obektlarni aniqlash imkoni yaratilgan;
UChN-3D seysmik tadqiqotlar asosida Aspantay obekti mavjudligini tasdiqlash hamda chuqur burg‘ilash uchun tayyorlashga ishlab chiqilgan tavsiyalar «O‘zbekgeofizika» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 16 iyuldagi 32-2576-son maʼlumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bo‘yicha UChN-3D seysmik tadqiqotlari maʼlumotlarini qayta talqin qilish natijasida C3 toifasi bo‘yicha istiqbolli resursi Qg=22,5 mlrd m3 quruq gaz, Qkqazib olish=1178 ming tonna kondensatni tashkil etuvchi yangi tuzilmani aniqlash imkonini bergan;
UChN-3D seysmik tadqiqotlari maʼlumotlari asosida Sarijol maydonida noanʼanaviy litologik tuzoqlarni mavjudligini asoslash hamda chuqur burg‘ulashga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar «O‘zbekgeofizika» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 16 iyuldagi 32-2576-son maʼlumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bo‘yicha 04/03-06 sonli Surgil UChN-3D seysmik qidiruv partiyasi maʼlumotlarini qayta talqin qilish natijasida C3 toifasi bo‘yicha istiqbolli resursi: Qg=18,6 mlrd m3 quruq gaz Qkqazib olish=987 ming tonna kondensatni tashkil etuvchi tuzilmani aniqlash imkonini bergan;
Chuqurquduq (Kelajak) obektini UChN-3D seysmik tadqiqot maʼlumotlariga ko‘ra chuqur burg‘ulash uchun tasdiqlash va tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar «O‘zbekgeofizika» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 16 iyuldagi 32-2576-son maʼlumotnomasi). Natijada C3 toifasi bo‘yicha istiqbolli resursi: Qg=41, 2 mlrd m3 quruq gaz, Qkqazib olish=2157 ming tonna kondensatni tashkil etuvchi tuzilmani aniqlash imkonini bergan;
quyi yura va paleozoy qatlamlari neft va gazga istiqbolli komplekslarini o‘rganish maqsadida Ustyurt xududining Sudochiy egilmasi sharqiy qismida va Berdax valida UChN-3D seysmik tadqiqotlarini o‘tkazishni asoslash to‘g‘risidagi tavsiya «O‘zbekgeofizika» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 16 iyuldagi 32-2576-son maʼlumotnomasi). Natijada, Qoraqalpoq 3D seysmoqidiruv partiyasi dala maʼlumotlariga ishlov berish asosida chuqur izlov burg‘ilashga chuqurligi – 6500 metr bo‘lgan Kelajak va chuqurligi 6000 metr bo‘lgan Aspantay strukturalarini tayyorlash imkonini bergan;
mezokaynozoy va paleozoy tog‘ jinslari majmualarida neft va gazning istiqbolli tuzilmalarni izlash uchun Ustyurt hududining Oqtumsuk burmalanish tizimining g‘arbiy qismida, Sam bukilmasida va Churuk sedlovinasida UChN-2D seysmik tadqiqotlarni o‘tkazishni asoslash to‘g‘risidagi tavsiya «O‘zbekgeofizika» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 16 iyuldagi 32-2576-son maʼlumotnomasi). Natijada, “O‘zbekgeofizika” AJ tasarrufidagi “Ustyurt geofizika ekspedisiyasi” tomonidan joriy qilinib, 2024 yilda 930 pog.km dala geofizika ishlarini amalga oshirish imkonini bergan.