Razikova Iroda Razikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston daryolari gidrokimyoviy rejimining zamonaviy o‘zgarishlari”, 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.1.PhD/Gr84. 
Ilmiy rahbar: Nishonov Bahriddin Erkinovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.18/2025.27.12.Gr.02.01.
Rasmiy opponentlar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor ; Raximova Matluba Naimovna, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan daryolari gidrokimyoviy rejimining o‘zgarishlarini tabiiy va antropogen omillarni hisobga olgan holda baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Norin, Qoradaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari gidrokimyoviy rejimining zamonaviy o‘zgarishlari asosiy gidrokimyoviy ko‘rsatkichlar (mineralizatsiya, asosiy ionlar, biogen va organik moddalar) bo‘yicha aniqlangan; 
turli suvlili yillarda tanlab olingan daryolar gidrokimyoviy rejimining gidrologik rejimga bog‘liqligi baholangan;
daryolar suvidagi asosiy ionlar tarkibi va mineralizatsiya miqdori orasidagi bog‘liqliklar aniqlangan, regressiya tenglamalari tuzilgan;
Qoradaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari suvining sifati yangi integral ko‘rsatkich bo‘yicha baholangan; 
zamonaviy talablar, mavjud sharoitlar va suv ob’ektlarining holatini inobatga olgan holda er usti suvlari sifati monitoringi tizimini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Norin, Qoradaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari gidrokimyoviy rejimi va suv sifati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Norin, Qoradaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari gidrokimyoviy rejimini asosiy tashkil etuvchilarining xususiyatlari bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligida mazkur daryolar gidrokimyoviy rejimini o‘zgarishlarini va ular uzunligi bo‘ylab ifloslanish darajalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 16 dekabrdagi 01-15/2043-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryolar gidrokimyoviy holati haqidagi hisobotlarga aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgan;
Norin, Qoradaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari gidrokimyoviy rejimining gidrologik rejimga bog‘liqligini statistik baholash natijalari Gidrometeorologiya xizmati agentligida daryolar suvi mineralizatsiyasining kutilayotgan o‘zgarishlarini yilning suvliliga bog‘liq ravishda aniqlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 16 dekabrdagi 01-15/2043-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryolarda kuzatilayotgan gidrologik rejimning o‘zgarishlari asosida gidrokimyoviy rejim o‘zgarishlarini baholash imkoniyati yaratilgan;
asosiy ionlar miqdorlari va mineralizatsiya orasida aniqlangan bog‘lanishlar Gidrometeorologiya xizmati agentligida daryolar suvi tiplarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025-yil 16-dekabrdagi 01-15/2043-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryolar suvi mineralizatsiyasi asosida ularning ion tarkibini prognozlash imkoniyati yaratilgan;
Qoradaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo daryo suvlarining sifatini yangi integral ko‘rsatkich bo‘yicha baholash natijalari Gidrometeorologiya xizmati agentligida daryolar suv sifati haqida hisobotlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 16 dekabrdagi 01-15/2043-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika daryolari suv sifati haqidagi hisobotlarni xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida tayyorlash imkoniyati yaratilgan;
er usti suvlari sifati monitoringi tizimini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar, hamda “O‘zbekiston daryolari suv sifatining axborot-tahlil tizimi” dasturi Gidrometeorologiya xizmati agentligida atrof-muhit monitoringi tarmog‘ini optimallashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashda hamda er usti suvlari sifati monitoringi ma’lumotlarini yig‘ish, umumlashtirish va qayta ishlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 16 dekabrdagi 01-15/2043-son ma’lumotnomasi). Natijada, er usti suvlari sifati monitoringi tarmog‘ini takomillashtirish hamda monitoring ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonini va er usti suvlari sifati bo‘yicha hisobotlar va yilnomalarni tayyorlashni yaxshilash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish