Muradov Ilxom Isoqjanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Paxta mashinalarining ishchi organlarida qo‘llash uchun kompozision polietilen materiallar va ulardan tribotexnik maqsaddagi detallar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5917.
Ilmiy rahbar: Negmatov Jaxongir Nosirjon o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov To‘lqin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xalimjonov Toxir Salimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta mashinalarining ishchi organlarida qo‘llash uchun kompozision polietilen materiallar va ulardan tribotexnik maqsaddagi detallar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AFPE-KPM va AFIzPE-KPM turidagi kompozision polietilen materiallarning fizik-mexanik va tribotexnik xossalarini texnologik parametrlarga bog‘liqligi hamda kompozision polietilen polimer detallarni shakllantirishning optimal texnologik rejimlari (Tr=503-523 K, R=110-130 MPa) aniqlangan va ulardan tayyorlangan buyumlarni konstruksiyalash tamoyillari aniqlangan; 
yuqori fizik-mexanik va tribotexnik xossalarga ega bo‘lgan qoziqchali detallar olish imkonini beradigan optimal tarkibdagi polietilen kompozisiyalari ishlab chiqilgan;
paxta xomashyosi bilan friksion o‘zaro ta’sirlashuv sharoitida ishlaydigan, organomineral ingredientlar bilan to‘ldirilgan kompozision polietilen materiallar va ulardan tayyorlangan detallarning eyilishga chidamliligi tanlangan kompozision polietilen materiallardan tayyorlangan detallarga nisbatan 1,5-1,8 marta oshishi aniqlangan; 
paxta tozalash mashinalari va mexanizmlarining ishchi organlarida optimal texnologik rejimlarda olingan kompozision polietilen detallarni qo‘llash, ularning umrboqiyligi va ishlash qobiliyatini sezilarli darajada oshirishi, paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash, qismlarga ajratish va tashish jarayonida chigit va paxta tolalarining shikastlanishini kamaytirishi, shuningdek, uchqun hosil bo‘lishi va ularning yonib ketish ehtimolini bartaraf etish imkonini berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta mashinalarining ishchi organlarida qo‘llash uchun kompozision polietilen materiallar va ulardan tribotexnik maqsaddagi detallar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tribotexnik kompozision polietilen materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi Toshkent viloyati Piskent paxta tozalash zavodida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/04-04-464-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, organomineral ingredientlar bilan to‘ldirilgan kompozision polietilen materiallardan tayyorlangan detallarning eyilishbardoshliligini 1,5-1,8 marta oshirish imkonini bergan;
antifriksion kompozision polietilen materiallardan ishlab chiqilgan tribotexnik hususiyatlarga ega bo‘lgan qoziqli detallarni olish texnologiyasi va optimal texnologik rejimlar Toshkent viloyati Piskent paxta tozalash zavodida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/04-04-464-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxtachilik mashina va mexanizmlarining ish unumdorligini 7-14 foizga oshirish, sarflanadigan quvvat miqdorini 5-8 foizga, tolaning mexanik shikastlanishini 0,12-0,28 foizga, chigitning maydalanganligini 0,16-0,32 foizga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish