Jabborov Ergash Yusuf o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Marjonbuloq oltin ajratish sexi texnogen chiqindilaridan qimmatbaho metallarni ajratib olish maqsadida qayta ishlash texnologiyasini tadqiq etish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6321.
Ilmiy rahbar: Almatov Ilhom Mirzabek o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: “Mineral resurslar instituti” Davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.31/2025.27.12.T.01.02.
Rasmiy opponentlar: Sharafutdinov Ulug‘bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor; Toshqodirova Rano Erkinjonovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Marjonbuloq oltin ajratish sexi texnogen chiqindisidan oltinli boyitma ajratib olishning texnologik sxemasini takomillashtirish va ushbu chiqindilarni kompleks qayta ishlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oltin ajratish sexi texnogen chiqindilarini qayta ishlash maqsadida markazdan qochma kuch konsentratoridan foydalangan holda qayta ishlash tadqiqotlari asosida markazdan qochma kuch darajasi 60G darajagacha etkazilgandan texnogen chiqindi tarkibidagi oltinni boyitmaga ajralishi 50,1% ni va kumushniki esa 12,8 % ni tashkil etadigan graviatasion boyitma olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oltin ajratish sexi texnogen chiqindilarini gravitatsion boyitish jarayoni chiqindisini flotatsiyalash jarayonida yig‘uvchi Aero 442F reagentini qo‘llash orqali oltinning 26,3% ni va kumushning 36,7% ni boyitmaga ajralishining samarali ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligi aniqlangan;
MOAS texnogen chiqindilaridan oltin va kumush ajratib olishda kombinatsiyalashgan gravitatsiya-flotatsiya usullari orqali olingan boyitmalarni umumlashtirib pirometallurgik hamda sorbsion sianlashni qo‘llagan holda kompleks qayta ishlash orqali oltinning 65,0% hamda kumushning 38,03% ajratib olish texnologiyasi ishab chiqilgan;
MOAS texnogen chiqindilarini magnitli saralash usuli orqali ajratishda boyitmaga ajralish darajasi 27% bo‘lganda magnit fraksiyadagi temir oksidi miqdori 67% bo‘lgan boyitma olishga erishishning optimal sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnogen chiqindini qayta ishlash va nodir metallarni ajratib olish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Marjonbuloq OAS chiqindixonasi texnogen chiqindilarini kombinatsion boyitish usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ga qarashli “MITL” da joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2025 yil 18 apreldagi  23/01-01-07/296-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnogen chiqindidan oltinning boyitmaga ajralish ko‘rsatkichini 65,0% ga va kumushnikini essa 38,03% ga yetkazish imkonini bergan;
ushbu texnogen chiqindilarni gravitatsiya usulida markazdan qochma kuch konsentratorini qo‘llagan holda va flotatsiya jarayoniga Aero 442F reagentini qo‘llagan holda optimal kombinatsiyalashgan boyitish usullari Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati MITLda joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2025 yil 18 apreldagi  23/01-01-07/296-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida 3,6 g/t oltin, 44,42 g/t kumush bo‘lgan boyitma olingan va bu orqali texnogen chiqindidan qo‘shimcha 76,39% oltin, 49,44% kumush metallarini ajratib olish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish