Boltaev Murodbek Allayorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Takroriy ekish muddatlarida brokkoli karamini etishtirish texnologiyasining asosiy elementlari», 06.01.06–Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx.280.
Ilmiy rahbar: Asatov Shuhrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Aramov Muzaffar Xashimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xodjimuratov Furkat Abdukarimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: takroriy ekish uchun yaroqli, yuqori mahsuldor brokkoli duragaylarini tanlash va takroriy ekishda ko‘chat ekishning eng maqbul muddatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikada takroriy ekin sifatida etishtirish uchun yaroqli 9 ta brokkoli duragayi gulkaram duragayi bilan qiyosiy baholangan;
brokkoli karami duragayining gulkaramga nisbatan barglar soni va massasi, tezpisharligi, markaziy boshchaning shakllanishi bo‘yicha ustunligi aniqlangan;
brokkoli duragaylari yon novdalari va barglarining soni va og‘irligi, markaziy va yon boshchalarning o‘rtacha vazni, ularning maydon birligidagi hosildorligi ertapisharligi va meva berish davomiyligi, umumiy hosildagi markaziy va yon boshchalar ulushi bo‘yicha baholangan;
takroriy ekishda brokkolining eng yirik markaziy boshchalari 15-25 iyulda ekilganida shakllanishi, vegetatsiya davrining davomiyligi 125-135 kun bo‘lishi aniqlangan;
maksimal hosilni ta’minlovchi qulay ekish muddatlari hamda qishloq xo‘jaligi amaliyotini qoniqtiradigan hosilni ta’minlovchi yozdagi so‘nggi ekish muddati ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Takroriy ekinda brokkoli duragaylarini tanlash va ko‘chat ekishning qulay muddatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
sabzavotchilik fermer xo‘jaliklari uchun «Takroriy ekin sifatida brokkoli etishtirish texnologiyasi» tavsiyanomasi tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/029-250-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida tayanch qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
takroriy ekinda etishtirish uchun brokkoli nav namunalaridan Fiesta F1, Agassi F1, Hallmark F1 duragaylari Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi «NSA Agro Development» MChJda 1,8 gektar, Zangiota tumanidagi «Davron» fermer xo‘jaligida 0,8 gektar, Qibray tumanidagi «Nodirov Muzafar» fermer xo‘jaligida 1,0 gektar «Shalola Yusupov agro» fermer xo‘jaligida 0,5 gektar, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Uz agro lider» MChJda 15 gektar, Namangan viloyati Chust tumanidagi «Rustamali Karimov» fermer xo‘jaligida 1,0 gektar hamda «Damobod uzumlari» fermer xo‘jaligida 1,0 gektar jami 21,1 gektar maydonga etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/029-250-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘rtacha gektaridan 31,0 tonna hosil olishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik 2–3 marta oshgan holda gektaridan o‘rtacha 77 mln. 674 ming so‘m foyda olishga erishilgan;
brokkoli karamini takroriy ekin sifatida 15 va 25 iyuldagi ekish muddatlari Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi «NSA Agro Development» MChJda 1,0 gektar, Zangiota tumanidagi «Davron» fermer xo‘jaligida 0,7 gektar, Qibray tumanidagi «Nodirov Muzafar» fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Uz agro lider» MChJda 20 gektar, Namangan viloyati Chust tumanidagi «Rustamali Karimov» fermer xo‘jaligida 1,0 gektar hamda «Damobod uzumlari» fermer xo‘jaligida 1,0 gektar jami 24,7 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/029-250-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha gektaridan 25,4 tonna hosil olishga erishilgan va gektaridan o‘rtacha foyda 75 mln. 650 ming so‘mni tashkil etgan.