Ochilov Abdurahmon Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim klasteri sharoitida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining innovatsion ta’lim mazmunini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11269.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xonimqulov Anvar Rahimqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. ta’lim klasteri sharoitida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining innovatsion ta’lim mazmunini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida innovatsion ta’lim mazmunini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini amaliy kompetensiyalarga muvofiqligini shakllantirish, ta’lim sifatini klasterli muhitning didaktik ta’minotiga kompleks moslashtirishni refleksiv baholash asosida aniqlashtirilgan;
ta’lim klasteri sharoitida innovatsion ta’lim mazmunini tashkil etishning tashkiliy-funksional modeli “buyurtmachi-ta’lim-iste’molchi” zanjirini uzviylik, kasb va real ishlab chiqarish muammolariga yo‘naltirish, o‘quv traektoriyasini  klasterli ta’limga implementatsiyalashni maqsad-jarayonli-natijaviy komponentlarga funksional akslantirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim klasteri sharoitida innovatsion ta’lim mazmuni maktab-ishlab chiqarish o‘zaro hamkorligini amaliy, raqamli va integrativ jarayonlarga muvofiqlashtirish,  innovatsion jarayonlarni individual ta’lim traektoriyasiga mos mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxs sifatida tayyorlash asosida  takomillashtirilgan;
ta’lim klasteri sharoitida umumiy o‘rta ta’lim maktablarda innovatsion ta’lim mazmunini baholash mezonlari klasterli hamkorlikni uzlyuksiz rivojlantirishning sifat, jarayon, resurs va muhit talablariga mos kompleks baholash, indikatorlar ko‘rsatkichlarining natijaviyligini empirik asoslash orqali optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim klasteri sharoitida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining innovatsion ta’lim mazmunini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida innovatsion ta’lim mazmunini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini amaliy kompetensiyalarga muvofiqligini shakllantirish, ta’lim sifatini klasterli muhitning didaktik ta’minotiga kompleks moslashtirishni refleksiv baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Pedagogik texnologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘iga asosan berilgan 438189 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim klasteri sharoitida pedagogik imkoniyatlarni o‘rganish samaradorligi oshgan.
ta’lim klasteri sharoitida innovatsion ta’lim mazmunini tashkil etishning tashkiliy-funksional modeli “buyurtmachi-ta’lim-iste’molchi” zanjirini uzviylik, kasb va real ishlab chiqarish muammolariga yo‘naltirish, o‘quv traektoriyasini  klasterli ta’limga implementatsiyalashni maqsad-jarayonli-natijaviy komponentlarga funksional akslantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik texnologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘iga asosan berilgan 438189 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’lim klasteri sharoitida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida innovatsion ta’lim mazmunini joriy etish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim klasteri sharoitida innovatsion ta’lim mazmuni maktab-ishlab chiqarish o‘zaro hamkorligini amaliy, raqamli va integrativ jarayonlarga muvofiqlashtirish,  innovatsion jarayonlarni individual ta’lim traektoriyasiga mos mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxs sifatida tayyorlash asosida  takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik texnologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘iga asosan berilgan 438189 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim klasteri sharoitida innovatsion ta’lim mazmunini tashkil etishga sharoit yaratilgan.
ta’lim klasteri sharoitida umumiy o‘rta ta’lim maktablarda innovatsion ta’lim mazmunini baholash mezonlari klasterli hamkorlikni uzlyuksiz rivojlantirishning sifat, jarayon, resurs va muhit talablariga mos kompleks baholash, indikatorlar ko‘rsatkichlarining natijaviyligini empirik asoslash orqali optimallashtirishga oid takliflar “Pedagogik texnologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘iga asosan berilgan 438189 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’lim klasteri sharoitida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida innovatsion ta’lim mazmunini baholash mezon va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirishga erishilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2026-yil 15-yanvardagi 11-05-197/04–son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim klasteri sharoitida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining innovatsion ta’lim mazmunini takomillashtirishning didaktik ta’minoti mustahkamlangan

Yangiliklarga obuna bo‘lish