Ramazonova Gavharshod Saydulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Topografik chizmachilik fanini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanishning dasturiy-didaktik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11668.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Nodira Mamalatipovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Normurodov Sharofiddin Muxiddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. OTM larda “Topografik chizmachilik” fanini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanishning dasturiy-didaktik taʼminotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Topografik chizmachilik” fanini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim oluvchining tasavvur va g‘oyalarini intellektual rivojlantirish, ijodiy-mantiqiy fikrlash qobiliyatlariga integrativligini ta’minlash, o‘quv tasvirlarni vizual 3D modellashtirish va pedagogik modernizatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
“Topografik chizmachilik” fanini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanishning dasturiy didaktik ta’minoti vizual tasvirlarga asoslangan apparel maydonchani qurish kontekstidagi 3D formatli elektron video lavhalar bilan to‘yintirish,  dizayn, ergonomik va maxsus talablarni  fazoviy 3D obrazli resurslar yaratuvchi 3DMax, AutoCad dasturlariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
dasturiy didaktik ta’minot vositasida “Topografik chizmachilik”  fanini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanish modeli talabalarning shaxsiy sifatlarni dizaynli 3D tasvirlar yaratishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarga uyg‘unlashtirish, metodik tizimni apparel maydoncha qurishga vizual kompleks integratsiyalash orqali komponentlarning funksional bog‘liqligini sinxron moslashtirish asosida takomillashtirilgan$
dasturiy didaktik ta’minot vositasida “Topografik chizmachilik” fanini o‘qitish samaradorligi  o‘qituvchi-talaba interaktivligini https://grafik.e-darslar.uz ta’lim resurslari orqali ta’minlaganligi va  grafik kompetensiyalarini rivojlanishiga olib kelganligi tufayli maqsadli muvofiqlashtirish va dinamik resurslarni kiritish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Topografik chizmachilik” fanini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanishning dasturiy-didaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
“Topografik chizmachilik” fanini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim oluvchining tasavvur va g‘oyalarini intellektual rivojlantirish, ijodiy-mantiqiy fikrlash qobiliyatlariga integrativligini ta’minlash, o‘quv tasvirlarni vizual 3D modellashtirish va pedagogik modernizatsiyalash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi (Topografik chizmachilik)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-noyabrdagi 11-05-6357/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirilgan.
“Topografik chizmachilik” fanini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanishning dasturiy didaktik ta’minoti vizual tasvirlarga asoslangan apparel maydonchani qurish kontekstidagi 3D formatli elektron video lavhalar bilan to‘yintirish,  dizayn, ergonomik va maxsus talablarni  fazoviy 3D obrazli resurslar yaratuvchi 3DMax, AutoCad dasturlariga integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi (Topografik chizmachilik)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-noyabrdagi 11-05-6357/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirilgan.
dasturiy didaktik ta’minot vositasida “Topografik chizmachilik”  fanini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanish modeli talabalarning shaxsiy sifatlarni dizaynli 3D tasvirlar yaratishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarga uyg‘unlashtirish, metodik tizimni apparel maydoncha qurishga vizual kompleks integratsiyalash orqali komponentlarning funksional bog‘liqligini sinxron moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi (1-qism)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-noyabrdagi 11-05-6357/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirilgan.
dasturiy didaktik ta’minot vositasida “Topografik chizmachilik” fanini o‘qitish samaradorligi  o‘qituvchi-talaba interaktivligini https://grafik.e-darslar.uz ta’lim resurslari orqali ta’minlaganligi va  grafik kompetensiyalarini rivojlanishiga olib kelganligi tufayli maqsadli muvofiqlashtirish va dinamik resurslarni kiritish asosida oshirishga oid takliflar “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi (1-qism)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-noyabrdagi 11-05-6357/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish