Inogamova Dilfuza Raxmatullaevna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim muassasalarida “Gospital pedagogika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1067.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ismanova Arofat Xudoyberdievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim muassasalarida “Gospital pedagogika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida “Gospital pedagogika” fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari, xorijiy va respublikada to‘plangan ish tajribalarini tahlil qilish, fanni o‘quv jarayoniga samarali integratsiya qilish va tibbiyot muassasalarida gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarning hayotga ijtimoiy moslashuvini, ularning maktabgacha ta’lim hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’limni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash va davolanayotganlarning yakuniy davlat attestatsiya vaqtiga to‘g‘ri kelganda qolib ketmasligini ta’minlash, me’yoriy asoslarini shakllantirish, uslubiy-didaktik shart-sharoitlarni fan mazmuniga moslashtirish asosida aniqlangan;
innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim muassasalarida “Gospital pedagogika” fanini o‘qitishda innovatsion muhitni tashkil etish texnologiyalarini qo‘llash orqali talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantiruvchi konsert va kompetensiyalar tizimi, o‘qitish metodlari va vositalarining uyg‘unligini ta’minlash, kompitensiyaviy yondashuvga asoslangan maqsadni aniqlash, hamda tayanch va fanga oid tibbiy kompetensiyalarni tarkib toptirish, Blum va refleksiya texnologiyalarni, virtual dasturlar va simulyasiyalarni ta’minlash asosida aniqlangan;
innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim muassasalarida “Gospital pedagogika” fanini o‘qitish texnologiyasini modeli talabalarning refleksiv fikrlash tezligi, qobiliyati va harakatini hamkorlikda analitik tafakkur uslubiga ko‘ra mantiqiy ifodalash va talabalarning qiziqishi va rivojlanish suratiga muvofiq ravishda moslashgan, individual ta’lim traektoriyasini loyihalash asosida takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “Gospital pedagogika” o‘quv fanini o‘qitish metodikasi ta’limni tashkil etish shakl, metod va vositalarini ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlariga uyg‘unlashtirish, unda muammoli ta’lim, interfaol o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishning o‘quv metodik ta’minotini yaratish, talabalarning mustaqil ishlash kompitentligini rivojlantirishning ta’minlanishi va talabalarning kognetiv faolligini individual tarzda modul texnologiyasi vositasida tashkil etish, ishbilarmonlik o‘yinlari va keys usullardan jamoaviy faoliyat imkoniyatlarini ijodiy faollik doirasida kengaytirish va video (virtual) filmlar orqali jarayonlarni simulyasiya qilish, tuzilmalarni vizualizatsiyalash kabi innovatsion ta’lim metodlaridan real vaziyatda foydalanish asosida takomillashtirilgan;
“Gospital pedagogika” o‘quv fanini o‘qitish metodikasini samaradorligi talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning kognetiv, aksiologik va operatsion-aksiologik mezonlarni ilmiy, mantiqiy va analitik darajalarga moslashtirish, hamda fanni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining dinamikasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan pedagogik tajribada talabalarning bilim ko‘rsatkichlarining gistogrammasi, matematik-statistik usullar yordamida aniqlangan va sinab ko‘rilgan hamda olingan natijalar asosida professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy-metodik tavsiyalar (dars ishlanmalari, didaktik materiallar, mavzularga tegishli test topshiriqlari, prezentatsiyalar) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim muassasalarida “Gospital pedagogika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida
oliy ta’lim muassasalarida “Gospital pedagogika” fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari, xorijiy va respublikada to‘plangan ish tajribalarini tahlil qilish, fanni o‘quv jarayoniga samarali integratsiya qilish va tibbiyot muassasalarida gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarning hayotga ijtimoiy moslashuvini, ularning maktabgacha ta’lim hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’limni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash va davolanayotganlarning yakuniy davlat attestatsiya vaqtiga to‘g‘ri kelganda qolib ketmasligini ta’minlash, me’yoriy asoslarini shakllantirish, uslubiy-didaktik shart-sharoitlarni fan mazmuniga moslashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar . Natijada fanni o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashga oid takliflar “Gospital pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025-yil 28-apreldagi 9/3.1-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-301U-656 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning mazkur fanga oid bilimlarini tizimlashtirish va darajalash imkoni yaratilgan.
innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim muassasalarida “Gospital pedagogika” fanini o‘qitishda innovatsion muhitni tashkil etish texnologiyalarini qo‘llash orqali talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantiruvchi konsert va kompetensiyalar tizimi, o‘qitish metodlari va vositalarining uyg‘unligini ta’minlash, kompitensiyaviy yondashuvga asoslangan maqsadni aniqlash, hamda tayanch va fanga oid tibbiy kompetensiyalarni tarkib toptirish, Blum va refleksiya texnologiyalarni, virtual dasturlar va simulyasiyalarni ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Gospital pedagogika (rus tilida)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025-yil 28-apreldagi 9/3.1-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-301U-657 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Gospital pedagogika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish intensivligini ta’minlashga erishilgan.
innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim muassasalarida “Gospital pedagogika” fanini o‘qitish texnologiyasini modeli talabalarning refleksiv fikrlash tezligi, qobiliyati va harakatini hamkorlikda analitik tafakkur uslubiga ko‘ra mantiqiy ifodalash va talabalarning qiziqishi va rivojlanish suratiga muvofiq ravishda moslashgan, individual ta’lim traektoriyasini loyihalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Gospital pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025-yil 28-apreldagi 9/3.1-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-301U-656 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Gospital pedagogika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish mazmuni kengaytirilgan
    innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “Gospital pedagogika” o‘quv fanini o‘qitish metodikasi ta’limni tashkil etish shakl, metod va vositalarini ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlariga uyg‘unlashtirish, unda muammoli ta’lim, interfaol o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishning o‘quv metodik ta’minotini yaratish, talabalarning mustaqil ishlash kompitentligini rivojlantirishning ta’minlanishi va talabalarning kognetiv faolligini individual tarzda modul texnologiyasi vositasida tashkil etish, ishbilarmonlik o‘yinlari va keys usullardan jamoaviy faoliyat imkoniyatlarini ijodiy faollik doirasida kengaytirish va video (virtual) filmlar orqali jarayonlarni simulyasiya qilish, tuzilmalarni vizualizatsiyalash kabi innovatsion ta’lim metodlaridan real vaziyatda foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar . Natijada ular ta’lim jarayonida samarali qo‘llanildi va talabalarni fanga bo‘lgan qiziqishi, ijodiy faollik doirasi kengaydi, ta’lim olish kompitentligini takomillashtirishga oid takliflar “Gospital pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025-yil 28-apreldagi 9/3.1-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-301U-656 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Gospital pedagogika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning didaktik ta’minoti oshirilgan.
    “Gospital pedagogika” o‘quv fanini o‘qitish metodikasi talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning kognetiv, aksiologik va operatsion-aksiologik mezonlarini ilmiy, mantiqiy va analitik darajalarda moslashtirish, hamda fanni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining dinamikasini ta’minlash asosida takomillashtirildi va pedagogik tajribada talabalarning bilim ko‘rsatkichlarining gistogrammasi, matematik-statistik usullar yordamida aniqlandi, sinab ko‘rildi hamda olingan natijalar asosida professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy-metodik tavsiyalar (dars ishlanmalari, didaktik materiallar, mavzularga tegishli test topshiriqlari, prezentatsiyalar) ishlab chiqishga oid takliflar “Gospital pedagogika (rus tilida)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025-yil 28-apreldagi 9/3.1-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-301U-657 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Gospital pedagogika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish