Baxriddinova Madina Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy matnlarning lingvomadaniy mazmunini asl va tarjimadagi tadqiqining antropotsentrik yondashuvi  (ingliz va rus tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4622
Ilmiy rahbar: Suleymanova Nargiza Mardonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02 
Rasmiy opponentlar: Arustamyan Yana Yurievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Umurova Guzal Xatamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moyilik.
II. Tadqiqotning maqsadi: badiiy matnning lingvokulturologik mazmunini antroposentrik paradigma nuqtayi nazaridan o‘rganish va tarjima matnida madaniy ma’nolarni etkazishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 badiiy matnning lingvomadaniy mazmunini tahlil qilishda antroposentrik yondashuvning nazariy asoslari aniqlanganligi, antroposentrik paradigmaning nazariy asoslari chuqurlashtirilganligi, badiiy matn muallifning lisoniy shaxsiyati, uning dunyoqarashi va madaniy kodlarining aksi sifatida ko‘rib chiqilganligi, til, madaniyat va idrok etishning kognitiv mexanizmlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning yangi jihatlarini aniqlanganligi, kognitiv modellar, madaniy konnotasiyalar va til tuzilmalarining o‘zaro ta’sirini tahlil qilishni o‘z ichiga olgan badiiy tarjimani o‘rganishda ko‘psonli misollar namunasida antroposentrik paradigmaning samaradorligi isbotlangan;
badiiy matnda shaxs reprezentasiyasining lingvomadaniy vositalari aniqlanganligi va tizimlashtirilganligi, antroposentrik mazmunni etkazish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi asosiy til birliklari (leksik, semantik, stilistik) aniqlanganligi, ular personajlarning milliy va madaniy xususiyatlarini, ularning dunyoqarashi va qadriyat yo‘nalishlarini qanday aks ettirish ochib berilgan, tarjimada milliy-madaniy konseptlarni aks etirishining berishning o‘ziga xos xususiyatlari, tarjima tilida so‘zlashuvchilarning mentaliteti va dunyoqarashini hisobga olgan holda matnning madaniy  elementlarini moslashtirish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
antroposentrik omilni hisobga olgan holda tarjimada badiiy matnning madaniy moslashuv mexanizmlari, badiiy matnning lingvomadaniy komponentlarini tillararo va madaniyatlararo makonda etkazish strategiyalari,  madaniy konseptlar, milliy o‘ziga xos voqeliklar va qahramonlarning shaxsiy xususiyatlarini ifodalashda tarjima jarayonida ekvivalentlik muammosi alohida ko‘rsatib berilgan, antroposentrik omilni hisobga olgan holda tarjima strategiyalari tasnifi, jumladan, tarjima davomida madaniy ma’nolarni saqlash va moslashtirish strategiyalari takomillashtirilgan;
badiiy matnni antroposentrik yondashuv nuqtayi nazaridan talqin qilish modeli ishlab chiqilgan, muallif, o‘quvchi va personajlarning lisoniy shaxsiyatining o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda badiiy matnni tahlil qilish metodologiyasi taklif etilgan, matnlarni lingvomadaniyatshunoslik va pragmatika nuqtai nazaridan chuqurroq tushunishga yordam berishi, kognitiv jarayonlarning tarjimani idrok etishga ta’siri, tarjima qilingan badiiy matnni talqin qilishda konseptual metaforalar va madaniy stereotiplarning roli misollar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Badiiy matnlarning lingvomadaniy mazmunini asl va tarjimadagi tadqiqining antropotsentrik yondashuvi mavzusidagi tadqiqot jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
 badiiy matnning antropotsentrik tabiatiga oid isbotlangan qoidalar hamda asarning lingvokulturologik mazmuni muallifning til shaxsi, madaniy kodlar va idrokning kognitiv mexanizmlari o‘zaro murakkab ta’siri orqali shakllanishi haqidagi xulosalar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2021–2022 yillarda amalga oshirilgan AL-412104512-sonli davlat ilmiy-tadqiqot loyihasi – “O‘zbekiston geografik obektlarining ko‘p tilli elektron lug‘atini yaratish” doirasida qo‘llanilgan (UzDJTU ma’lumotnomasi № 04/1-4091, 2024 yil 11 dekabr). Dissertatsion tadqiqot natijalari lug‘atshunoslik jarayonida madaniy ahamiyatga ega birliklarni tanlash, tavsiflash va talqin qilish metodologiyasini takomillashtirish, madaniy konseptlarning tillararo adaptatsiyadagi uzatilish mexanizmlarini aniqlashtirish, shuningdek, elektron lug‘atda birliklarning semantik va konnotativ xususiyatlarini yanada aniqroq aks ettirish imkonini berdi.
lisoniy shaxsning lingvokulturologik vositalar orqali ifodalanishiga oid ilmiy qoidalar, shuningdek antropotsentrik mazmundagi leksik, semantik va stilistik birliklarni tizimlashtirish natijalari 2021–2023 yillarda Qarshi davlat universitetida amalga oshirilgan xalqaro grant loyihasi SUZ-800-21GR-3181 “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” doirasida qo‘llanilgan (Qarsh Davlat Universitetining ma’lumotnoma № 335/30.02.01, 2025 yil 5 aprel). Tadqiqot natijalari talabalar bilan badiiy matnlar ustida ishlash jarayonini samarali tashkil etish, lingvokulturologik tahlilga oid o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish hamda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
badiiy matnlarning lingvomadaniy mazmunini asl va tarjimadagi tadqiqi jarayonida milliy-madaniy konnotatsiyalar, kognitiv modellarning shakllanish mexanizmlari hamda til birliklarining madaniy kontekst bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, badiiy matnning konseptual mazmunini talqin qilishda antropotsentrik yondashuvning nazariy asoslari ishlab chiqilganligiga doir natijalar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi Milliy-tadqiqot institutining “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirishning fundamental yo‘nalishlari” nomli loyihasi doirasida qo‘llanildi (A.Avloniy nomidagi Milliy-tadqiqot instituti tomonidan berilgan 2025-yil 11-dekabrdagi №03-14-09-995-son ma’lumotnomasi).
Natijada, badiiy matnlarning lingvomadaniy qatlamini tahlil qilishda konseptual strukturalarni aniqlash, madaniy ma’nolarning rekonstruksiyasi, tarjima jarayonida mazmuniy siljishlarning oldini olish va matn mazmunini to‘laqonli etkazish imkoniyatlari yanada kengaygan hamda ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar amaliyotda samarali qo‘llanishiga xizmat qilgan.
tadqiqotning kognitiv-stilistik modellashtirishga oid qoidalari, madaniy konnotatsiyalarni uzatish qonuniyatlari va ma’no strukturalarini antropotsentrik nuqtai nazardan talqin qilish mexanizmlari Navoiy viloyati tele-radio kompaniyasining “Maxsus reportaj” teleko‘rsatuvi ssenariysini yaratish jarayonida amaliy qo‘llanildi (Navoiy viloyati tele-radio kompaniyasiningma’lumotnoma № 30/05/02, 2025 yil 24 iyun). Ushbu asosda materialni taqdim etish strukturasi takomillashtirilgan, talqin salohiyati kuchaytirilgan, natijada auditoriyaning madaniyatlararo xabardorlik darajasi oshgan hamda tomoshabinlarning badiiy meros va xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishi yanada mustahkamlashgan.
Natijada rasmiy va norasmiy matnlarini ingliz va rus tillarida ifodalashda muvofiqlikka erishishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish