Avezova Guloyim Sattarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda gemorragik vaskulitning klinik va immunogenetik jihatlari”, 14.00.09 – Pediatriya, 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.3.DSc/Tib612.
Ilmiy maslahatchilar: Bobomuratov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Matkarimova Dilfuza Saburovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimova Sapura Zaxidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Belix Natal`ya Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda gemorragik vaskulit kechishining klinik kechishi, gemostaziologik, immunogenetik rivojlanish mexanizmlarini o‘rganish, kasallikning faolligini baholash asosida erta diagnostika va oqibatlarini bashoratlash mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda gemorragik vaskulitning uchrash darajasi kasallikning qaytalanuvchi kechishi hisobiga oshishi, kasallikning klinik kechishi, og‘irlik darajasi, mavsumiylik va surunkali infeksiya o‘choqlari mavjudligi bilan o‘zaro bog‘liqligi, 60,5% holatda surunkali infeksiya o‘choqlari residivlanishning klinik prediktori sifatida aniqlanib, yoz faslida kasallik kuz va bahor fasllariga nisbatan 1,6 barobar og‘ir va asoratli kechishi hamda qaytalanuvchi shakllaridan keyin nefropatiya rivojlanish xavfining ishonchli ortishi isbotlangan;
gemorragik vaskulit bilan kasallangan bolalarda gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari (aktivlashtirilgan qisman tromboplastin vaqti (AChTV), fibrinogen, D-dimer, eruvchan fibrin-monomer komplekslari EFMK)dagi o‘zgarishlar kasallikning klinik shakllari, og‘irlik darajasi va faolligi bilan o‘zaro bog‘liqligi, vaskulit progressiyasida fazaviy rivojlanuvchi endotelial-koagulyasion disfunksiya asosiy patogenetik mexanizmlardan biri ekanligi, shuningdek, D-dimer, EFMKning birgalikda oshishi hamda AChTV va fibrinogen ko‘rsatkichlaridagi disbalans kasallikning yuqori faolligi va aralash klinik shakllari rivojlanishi bilan bog‘liq noqulay prognostik gemostaziologik fenotip shakllanishini belgilab berishi isbotlangan;
gemorragik vaskulit bilan kasallangan bolalarda qon zardobidagi immunoglobulinlar (IgA, IgE, IgM, IgG) va Th17 immun javobiga tegishli interleykinlar (IL-17A, IL-17F, IL-23R) darajasining kasallik faolligi, klinik shakllari hamda qaytalanuvchi kechishi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, IgAning 1,5–2 (r<0,05), IL-17A va IL-23Rning 2 (r<0,05) barobardan oshishi og‘ir va residivlanuvchi kechish xavfining 2–2,3 (r<0,05) barobar ortishi bilan ishonchli bog‘liq ekani, ushbu immunologik ko‘rsatkichlarning kasallik kechishini erta bashorat qilishda muhim mezon ekani isbotlangan;
bolalarda gemorragik vaskulitning og‘ir aralash shakllari va qaytalanib kechishi shakllanishida IL17A (G-197A), IL17F (His161ArHys), IL23R (G257A) genlarining noxush allel va genotiplari rivojlanish xavfini oshirishda ahamiyatli ekani, jumladan IL17A genining mutant A alleli va AA genotipi tashuvchilarida kasallikning og‘ir hamda qaytalanib kechishi 2,1 barobar ko‘p uchrashi, IL17F (His161Arg) genining Arg alleli abdominal sindrom va aralash shakllari rivojlanish xavfini 1,9 barobar oshishi, IL23R genining A alleli va GA/AA genotiplari esa nefrit rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu bemorlarda buyrak zararlanishi 2,3 barobar yuqoriligi (p<0,05) isbotlangan;
klinik, gemostaziologik, immunologik va molekulyar-genetik tekshiruvlar natijalarini kompleks integratsiyalash asosida gemorragik vaskulit bilan kasallangan bolalarda kasallik faolligini baholash va residiv xavfini erta aniqlashga qaratilgan prognostik algoritmni klinik amaliyotga joriy etish natijasida kasallik faolligini baholash aniqligi 1,6 barobarga oshishi, og‘ir kechish holatlari 1,7 barobarga hamda kasallik residivlari chastotasi 1,5 barobarga kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Gemorragik vaskulit bilan kasallangan bemor bolalarda klinik, gemostaziologik, immunologik va molekulyar genetik tekshiruvlar orqali kasallikning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish hamda kompleks diagnostika usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda gemorragik vaskulitning uchrash darajasi kasallikning qaytalanuvchi kechishi hisobiga oshishi, kasallikning klinik kechishi, og‘irlik darajasi, mavsumiylik va surunkali infeksiya o‘choqlari mavjudligi bilan o‘zaro bog‘liqligi, 60,5% holatda surunkali infeksiya o‘choqlari residivlanishning klinik prediktori sifatida aniqlanib, yoz faslida kasallik kuz va bahor fasllariga nisbatan 1,6 barobar og‘ir va asoratli kechishi hamda qaytalanuvchi shakllaridan keyin nefropatiya rivojlanish xavfining ishonchli isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-mayda 05-25/584-t bilan tasdiqlangan “Bolalarda gemorragik vaskulitning og‘ir va qaytalanuvchi kechishi rivojlanishini erta aniqlashda molekulyar-genetik prognozlash usuli”, 2025-yil 26-mayda 05-25/584-t bilan tasdiqlangan “Bolalarda og‘ir va qaytalanuvchi gemorragik vaskulitni klinik va immunologik ko‘rsatkichlar asosida ertk diagnostikasini takomillashtirish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalarida aks ettirilgan va Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasi 2025 yil 12 iyun 121-sonli buyruq, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot tarmoqli bolalar tibbiyot markazining 2025 yil 21 iyun 56 –sonli buyrug‘i hamda Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 iyun 87/t-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi №27- son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar bolalarda kasallikning qaytalanuvchi shakllarini erta aniqlash va oqibatini bashorat qilish sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikga olib keluvchi xavf omillarini diagnostik prognozlash mezonlariga kiritilishi gemorragik vaskulit klinik ko‘rinishini bashorat qilishga yordam berib, diagnostikasini takomillashtirishga olib keladi, diagnostikasini takomillashtirishga olib keladi, natijada kasallik qaytalanishlar soni kamaygan hamda shifoxonaga yotqizishlar soni kamaygan va har bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 4000000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 126 bemor uchun 12726000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: Gemorragik vaskulit bilan kasallangan bemorlarda erta diagnostika qilish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 4000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: gemorragik vaskulit bilan kasallangan bolalarda gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari (aktivlashtirilgan qisman tromboplastin vaqti (AChTV), fibrinogen, D-dimer, eruvchan fibrin-monomer komplekslari EFMK)dagi o‘zgarishlar kasallikning klinik shakllari, og‘irlik darajasi va faolligi bilan o‘zaro bog‘liqligi, vaskulit progressiyasida fazaviy rivojlanuvchi endotelial-koagulyasion disfunksiya asosiy patogenetik mexanizmlardan biri ekanligi, shuningdek, D-dimer, EFMKning birgalikda oshishi hamda AChTV va fibrinogen ko‘rsatkichlaridagi disbalans kasallikning yuqori faolligi va aralash klinik shakllari rivojlanishi bilan bog‘liq noqulay prognostik gemostaziologik fenotip shakllanishini belgilab berishi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-mayda 05-25/584-t bilan tasdiqlangan “Bolalarda gemorragik vaskulitning og‘ir va qaytalanuvchi kechishi rivojlanishini erta aniqlashda molekulyar-genetik prognozlash usuli”, 2025-yil 26-mayda 05-25/584-t bilan tasdiqlangan “Bolalarda og‘ir va qaytalanuvchi gemorragik vaskulitni klinik va immunologik ko‘rsatkichlar asosida ertk diagnostikasini takomillashtirish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalarida aks ettirilgan va Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasi 2025 yil 12 iyun 121-sonli buyruq, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot tarmoqli bolalar tibbiyot markazining 2025 yil 21 iyun 56–sonli buyrug‘i hamda Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 iyun 87/t-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi №27- son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar gemostaziologik ko‘rsatkichlarga qarab kasallikning faollik darajasini baholash qaytalanuvchi shakllarini erta aniqlash va oqibatini bashorat qilish sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: gemostaziologik ko‘rsatkichlarni diagnostik prognozlash mezonlariga kiritilishi bolalarda gemorragik vaskulit faolligini erta bashorat qilishga yordam berib, diagnostikasini takomillashtirishga olib keladi, natijada residivlar hamda shifoxonaga yotqizishlar soni kamaygan va hamda bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 4000000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 82 bemor uchun 32800000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: bolalarda gemorragik vaskulit faolligik darajasini erta diagnostika qilish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 4000000 so‘mni iqtisob qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: gemorragik vaskulit bilan kasallangan bolalarda qon zardobidagi immunoglobulinlar (IgA, IgE, IgM, IgG) va Th17 immun javobiga tegishli interleykinlar (IL-17A, IL-17F, IL-23R) darajasining kasallik faolligi, klinik shakllari hamda qaytalanuvchi kechishi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, IgAning 1,5–2 (r<0,05), IL-17A va IL-23Rning 2 (r<0,05) barobardan oshishi og‘ir va residivlanuvchi kechish xavfining 2–2,3 (r<0,05) barobar ortishi bilan ishonchli bog‘liq ekani, ushbu immunologik ko‘rsatkichlarning kasallik kechishini erta bashorat qilishda muhim mezon ekani Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-mayda 05-25/584-t bilan tasdiqlangan “Bolalarda gemorragik vaskulitning og‘ir va qaytalanuvchi kechishi rivojlanishini erta aniqlashda molekulyar-genetik prognozlash usuli”, 2025-yil 26-mayda 05-25/584-t bilan tasdiqlangan “Bolalarda og‘ir va qaytalanuvchi gemorragik vaskulitni klinik va immunologik ko‘rsatkichlar asosida ertk diagnostikasini takomillashtirish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalarida aks ettirilgan va Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasi 2025 yil 12 iyun 121-sonli buyruq, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot tarmoqli bolalar tibbiyot markazining 2025 yil 21 iyun 56 –sonli buyrug‘i hamda Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 iyun 87/t-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi №27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar qon zardobidagi immunoglobulinlar (IgA, IgE, IgM, IgG) va interleykinlar (IL-17A, IL-17F, IL-23R) darajasining kasallikning faollik darajasini baholash og‘ir va qaytalanuvchi shakllarini erta aniqlash va oqibatini bashorat qilish sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: qon zardobidagi immunoglobulinlar (IgA, IgE, IgM, IgG) va interleykinlar (IL-17A, IL-17F, IL-23R) konsentratsiyasini diagnostik prognozlash mezonlariga kiritilishi bolalarda gemorragik vaskulit faolligini erta bashorat qilishga yordam berib, diagnostikasini takomillashtirishga olib keladi, natijada residivlar hamda shifoxonaga yotqizishlar soni kamaygan va hamda bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 4000000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 105 bemor uchun 42000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: bolalarda gemorragik vaskulit faolligik darajasini erta diagnostika qilish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 4000000 so‘mni iqtisob qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda gemorragik vaskulitning og‘ir aralash shakllari va qaytalanib kechishi shakllanishida IL17A (G-197A), IL17F (His161ArHys), IL23R (G257A) genlarining noxush allel va genotiplari rivojlanish xavfini oshirishda ahamiyatli ekani, jumladan IL17A genining mutant A alleli va AA genotipi tashuvchilarida kasallikning og‘ir hamda qaytalanib kechishi 2,1 barobar ko‘p uchrashi, IL17F (His161Arg) genining Arg alleli abdominal sindrom va aralash shakllari rivojlanish xavfini 1,9 barobar oshishi, IL23R genining A alleli va GA/AA genotiplari esa nefrit rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu bemorlarda buyrak zararlanishi 2,3 barobar yuqoriligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-mayda 05-25/584-t bilan tasdiqlangan “Bolalarda gemorragik vaskulitning og‘ir va qaytalanuvchi kechishi rivojlanishini erta aniqlashda molekulyar-genetik prognozlash usuli”, 2025-yil 26-mayda 05-25/584-t bilan tasdiqlangan “Bolalarda og‘ir va qaytalanuvchi gemorragik vaskulitni klinik va immunologik ko‘rsatkichlar asosida ertk diagnostikasini takomillashtirish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalarida aks ettirilgan va Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasi 2025 yil 12 iyun 121-sonli buyruq, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot tarmoqli bolalar tibbiyot markazining 2025 yil 21 iyun 56 –sonli buyrug‘i hamda Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 iyun 87/t-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi №27- son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar og‘ir aralash shakllari va qaytalanib kechishi shakllanishida IL17A, IL17F, IL23R genlarining noxush allel va genotiplari kasallikning faollik darajasini baholash og‘ir va qaytalanuvchi shakllarini erta aniqlash va oqibatini bashorat qilish sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘ir aralash shakllari va qaytalanib kechishi shakllanishida IL17A, IL17F, IL23R genlarining noxush allel va genotiplari diagnostik prognozlash mezonlariga kiritilishi bolalarda gemorragik vaskulit faolligini erta bashorat qilishga yordam berib, diagnostikasini takomillashtirishga olib keladi, natijada residivlar hamda shifoxonaga yotqizishlar soni kamaygan va hamda bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 4000000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 105 bemor uchun 42000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: bolalarda gemorragik vaskulit faolligik darajasini erta diagnostika qilish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 4000000 so‘mni iqtisob qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: klinik, gemostaziologik, immunologik va molekulyar-genetik tekshiruvlar natijalarini kompleks integratsiyalash asosida gemorragik vaskulit bilan kasallangan bolalarda kasallik faolligini baholash va residiv xavfini erta aniqlashga qaratilgan prognostik algoritmni klinik amaliyotga joriy etish natijasida kasallik faolligini baholash aniqligi 1,6 barobarga oshishi, og‘ir kechish holatlari 1,7 barobarga hamda kasallik residivlari chastotasi 1,5 barobarga kamayishi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-mayda 05-25/584-t bilan tasdiqlangan “Bolalarda gemorragik vaskulitning og‘ir va qaytalanuvchi kechishi rivojlanishini erta aniqlashda molekulyar-genetik prognozlash usuli”, 2025-yil 26-mayda 05-25/584-t bilan tasdiqlangan “Bolalarda og‘ir va qaytalanuvchi gemorragik vaskulitni klinik va immunologik ko‘rsatkichlar asosida ertk diagnostikasini takomillashtirish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalarida aks ettirilgan va Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasi 2025 yil 12 iyun 121-sonli buyruq, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot tarmoqli bolalar tibbiyot markazining 2025 yil 21 iyun 56 –sonli buyrug‘i hamda Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 iyun 87/t-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi №27- son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar klinik, gemostaziologik, immunologik va molekulyar-genetik tekshiruvlar natijalarini kompleks integratsiyalash asosida gemorragik vaskulit bilan kasallangan bolalarda kasallik faolligini baholash va residiv xavfini erta aniqlashga qaratilgan prognostik algoritm ishlab chiqilishi kasallikning faollik darajasini baholash, og‘ir va qaytalanuvchi shakllarini erta aniqlash va oqibatini bashorat qilish sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: klinik, gemostaziologik, immunologik va molekulyar-genetik tekshiruvlar natijalarini kompleks integratsiyalash asosida gemorragik vaskulit bilan kasallangan bolalarda kasallik faolligini baholash va residiv xavfini erta aniqlashga qaratilgan prognostik algoritm ishlab chiqilishi diagnostik prognozlash mezonlariga kiritilishi bolalarda gemorragik vaskulit faolligini erta bashorat qilishga yordam berib, diagnostikasini takomillashtirishga olib keladi, natijada residivlar hamda shifoxonaga yotqizishlar soni kamaygan va hamda bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 4000000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 105 bemor uchun 42000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: bolalarda gemorragik vaskulit faolligik darajasini erta diagnostika qilish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 4000000 so‘mni iqtisob qilish imkonini bergan.