Turaev Shaxriyor Shodiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Advokatlik xizmatlari samaradorligini oshirish va buxgalteriya hisobini takomillashtirish yo‘llari” 08.00.05- Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti va 08.00.08- Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.3.PhD/Iqt3221
Ilmiy rahbar: iqtisod fanlari doktori, professor Pardaev Mamayunus Qarshiboevich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: professori, i.f.d. Isroilov Bakhodir Ibragimovish; professori, i.f.d. Mirzaev Qulmamat Jonuzoqovich.
Yetakchi tashkilot: Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Advokatlik xizmatlari samaradorligini oshirish va buxgalteriya hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
advokatlar tomonidan bajariladigan xizmatlarga mijoz bilan bitim-shartnomada to‘lanishi lozim bo‘lgan miqdorini o‘zaro kelishuv asosida ish haqining Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)dan kam bo‘lmagan darajada, advokatlik xizmatlari turiga qarab eng kam miqdorini belgilash lozimligi asoslandi.
advokatlik xizmatlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan pul miqdorini samarali yo‘lga qo‘yish, mijozning himoyasiga tezda va yuqori sifatda kirishishligi uchun to‘lov jarayonini “yuridik yordam axborot tizimi platformasi” orqali to‘lov miqdorining shaffofligini ta’minlashga yo‘naltirilgan raqamlashtirish mexanizmi takomillashtirildi.
advokatlik tuzilmalarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish va uni optimallashtirish maqsadida buxgalteriya hisobidagi 8800 – “Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar” tarkibiga 8850 – “Advokatlik xizmat haqi to‘lovini hisobga oluvchi schyot” va 8860 – “Advokatlik tuzilmasi fond to‘lovini hisobga oluvchi schyot”lar, ishchi schyotlarini kiritib buxgalteriya hisobidagi daromadlar va xarajatlar hisobini aniqlashtirish orqali takomillashtirildi.
advokat tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmining noaniqligi va murakkabligi, asossiz narxlashtirish va iqtisodiy xatoliklarni kamaytirish nuqtai nazaridan, advokatlik xizmatiga to‘lanadigan xizmat haqi-gonorarga rahbar va bosh hisobchining dahli yo‘qligini inobatga olib, advokatlik xizmatlari uchun to‘lanadigan summani schyot-faktura orqali yopilishining o‘rniga shartnoma-bitimning ajralmas qismi hisoblab, dalolatnoma orqali yopish lozimligi asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Advokatlik tuzilmalaridagi advokatlik xizmat faoliyatini samaradorligini oshirish, takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
“advokatning xizmat haqi”, “uning turlari”, “advokatlik xizmat haqidan ushlanmalar”, “advokatlik to‘lovlari” “advokatlik xizmatlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish”, “buxgalteriya boshlang‘ich hujjatlarini optimallashtirish” va “advokatlik xizmat haqidan to‘lovlarning o‘ziga xosligi” advokatlik tuzilmalariga tadbiq etilib (O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining 2025-yil 10-sentyabr kungi va Adaokatlar palatasi Samarqand viloyat xududiy boshqarmasining 2025 yil 14 may kungi №5-05/156-sonli ma’lumotnomalari) advokatlik xizmat ko‘rsatish haqi tushumini takomillashtirish imkoniyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy faollik va advokatlik xizmat haqidan to‘lovlar uni taqsimlanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
advokatlik xizmati bo‘lgan “fuqarolik ishga haq to‘lash”, “iqtisodiy ishga haq to‘lash”, “ma’muriy ishga haq to‘lash” va “jinoyat ishga haq to‘lash” dek (O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining 2025-yil 10-sentyabr kungi va Adaokatlar palatasi Samarqand viloyat xududiy boshqarmasining 2025 yil 14 may kungi №5-05/156-sonli ma’lumotnomalari) tahlilga asoslangan advokatlik xizmat turlari bo‘yicha to‘lanishligi lozim mablag‘larni to‘liq va iqtisodiy yashirin holatlarsiz to‘lanishligi bilan advokatlik tuzilmalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlarga erishilgan;
“Yuridik yordam” axborot tizimi raqamli platformasiga qo‘shimcha shartnoma va to‘lov miqdorlarini joriy qilish orqali (O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining 2025-yil 10-sentyabr kungi va Adaokatlar palatasi Samarqand viloyat xududiy boshqarmasining 2025 yil 14 may kungi №5-05/156-sonli ma’lumotnomalari) sohani nazorat qilish, tartibga solish, moliyaviy holatini yaxshilash hamda raqamli iqtisodiyot komponentlaridan foydalangan holda advokatlik xizmatiga haq to‘lash samaradorligi ko‘rsatkichlari ko‘tarilishiga erishishlik tizimi ishlab chiqilgan;
advokatlik xizmat haqidan tushgan mablag‘larning asosli va to‘g‘ri sarflanishi uni buxgalteriya hujjatlarida aks ettirilishida (O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining 2025-yil 10-sentyabr kungi va Adaokatlar palatasi Samarqand viloyat xududiy boshqarmasining 2025 yil 14 may kungi №5-05/156-sonli ma’lumotnomalari) schyotlar rejasidan oqilona foydalanish bilan buxgalteriya hisobini optimal ravishda takomillashtirishga erishilgan;
advokat o‘zi bajargan xizmatiga manfaatli va tezda haq olishda moliyaviy hisobotlarni (O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining 2025-yil 10-sentyabr kungi va Adaokatlar palatasi Samarqand viloyat xududiy boshqarmasining 2025 yil 14 may kungi №5-05/156-sonli ma’lumotnomalari) takomillashtirishga, advokatlik tuzilmalarining fond mablag‘larini oshishi uning evaziga, moliyaviy va iqtisodiy samaradorlikka erishishligi aniq jadvallar va xarajatlar smetasi orqali ishlab chiqilgan.