Rahmonova Sanoat Shuhrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlashda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar implementatsiyasi: ijtimoiy-falsafiy tahlil”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fal1502
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02
Ilmiy rahbar: Turdiev Bexruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori professor; Pardaeva Marhabo Davlatovna, falsafa fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti sharoitida ma’naviy-ma’rifiy islohotlar samaradorligini oshirish mexanizmlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning tarbiyaviy-axloqiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi transformatsion xarakteri, milliy yuksalishning mezoniga aylangani, ochiqlik va bag‘rikenglik tamoyillarini ro‘yobga chiqarishi, tarixiylik va zamonaviylik, universallik va milliylik xususiyatlarining o‘zaro birligi orqali barqarorlikka xizmat qiluvchi sifat o‘zgarishlarini yuzaga keltirgani asoslangan;
Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ma’naviy-ma’rifiy qarashlari asosida inson – jamiyat – qadriyatlar munosabati, ma’naviy yuksalish, madaniy vorisiylik va sivilizatsiyalararo muloqot, hamjihatlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat tamoyillari asosida birlashtirish, axloqiy meyor, ijtimoiy mas’uliyat va insonparvarlik mezonlarini shakllantiruvchi konseptual tamoyillar hamda ularning Uchinchi Renessans g‘oyasini mazmunini boyitish, uning ma’naviy-intellektual asoslarini shakllantirish va milliy taraqqiyot strategiyasining mezonlarini belgilashdagi metodologik ahamiyati ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston fenomenining regenerativ xususiyati (tarixiy-madaniy merosni zamonaviy taraqqiyot ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish orqali jamiyat ongi va ma’naviy qiyofasini bosqichma-bosqich yangilash), dialektik tendensiyalari (ijtimoiy ong transformatsiyasi, qadriyatlar tizimining mustahkamlanishi va fuqarolik mas’uliyatining kuchayishi bilan uzviy aloqadorligi) xalqaro reytinglar va indekslarda mamlakat nufuzini oshirishi hamda inson kapitali rivojini ta’minlashi isbotlangan;
ma’naviy-ma’rifiy islohotlar samaradorligini oshirishda madaniy tadbirlar, festival va forumlarni yagona ma’naviy-ma’rifiy “yo‘l xaritasi” asosida tashkil etish, huquqiy-meyoriy hujjatlar bilan institutsional jihatdan qo‘llab-quvvatlash, manzilli dasturlarni joriy etish, jismoniy tarbiya va sportni ma’naviy tarbiya bilan integratsiyalash, raqamli savodxonlikni oshirishga qaratilgan integrativ mexanizmlarni kuchaytirish hamda monitoring va baholash indikatorlarini joriy etishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning ijtimoiy-falsafiy tahlilini amalga oshirish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning tarbiyaviy-axloqiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi transformatsion xarakteri, milliy yuksalishning mezoniga aylangani, ochiqlik va bag‘rikenglik tamoyillarini ro‘yobga chiqarishi, tarixiylik va zamonaviylik, universallik va milliylik xususiyatlarining o‘zaro birligi orqali barqarorlikka xizmat qiluvchi sifat o‘zgarishlarini yuzaga keltirganiga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-2025-yillardagi faoliyati, jumladan 2025-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasi “VII. Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish”ga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 2-13-21-5385-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot sohasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aholining, ayniqsa yoshlarning bilim va tafakkur salohiyatini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularni Vatanga sadoqatli, ijtimoiy mas’uliyatli va fidoyi barkamol avlod qilib tarbiyalashga xizmat qilgan;
Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ma’naviy-ma’rifiy qarashlari asosida inson – jamiyat – qadriyatlar munosabati, ma’naviy yuksalish, madaniy vorisiylik va sivilizatsiyalararo muloqot, hamjihatlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat tamoyillari asosida birlashtirish, axloqiy meyor, ijtimoiy mas’uliyat va insonparvarlik mezonlarini shakllantiruvchi konseptual tamoyillar hamda ularning Uchinchi Renessans g‘oyasini mazmunini boyitish, uning ma’naviy-intellektual asoslarini shakllantirish va milliy taraqqiyot strategiyasining mezonlarini belgilashdagi metodologik ahamiyatiga oid xulosalar va tavsiyaviy xarakterdagi natijalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 29-oktyabrdagi 04/11-7492-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodning maʼnaviy kamoloti uchun qulay sharoit yaratib, jamiyatda maʼnaviy barkamol, bilimli, vatanparvar, tashabbuskor va masʼuliyatli avlodini tarbiyalash, ularni hayot sinovlariga tayyorlash hamda O‘zbekistonning taraqqiyoti uchun fidokor kadrlarni etishtirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston fenomenining regenerativ xususiyati (tarixiy-madaniy merosni zamonaviy taraqqiyot ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish orqali jamiyat ongi va ma’naviy qiyofasini bosqichma-bosqich yangilash), dialektik tendensiyalari (ijtimoiy ong transformatsiyasi, qadriyatlar tizimining mustahkamlanishi va fuqarolik mas’uliyatining kuchayishi bilan uzviy aloqadorligi) xalqaro reytinglar va indekslarda mamlakat nufuzini oshirishi hamda inson kapitali rivojini ta’minlashi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida, jumladan, 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik xissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 23-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 20-oktyabrdagi 10/672-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada samarali tashkil etish hamda O‘zbekistonning Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlash yo‘lida amalga oshiriladigan targ‘ibot tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga xizmat qilgan;
ma’naviy-ma’rifiy islohotlar samaradorligini oshirishda madaniy tadbirlar, festival va forumlarni yagona ma’naviy-ma’rifiy “yo‘l xaritasi” asosida tashkil etish, huquqiy-meyoriy hujjatlar bilan institutsional jihatdan qo‘llab-quvvatlash, manzilli dasturlarni joriy etish, jismoniy tarbiya va sportni ma’naviy tarbiya bilan integratsiyalash, raqamli savodxonlikni oshirishga qaratilgan integrativ mexanizmlarni kuchaytirish hamda monitoring va baholash indikatorlarini joriy etishga oid tavsiyalar va ilmiy yangiliklardan Buxoro viloyati teleradiokanalining “Maxsus reportaj”, “Konstitutsiya qomusimiz” teledasturlarida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 01-09-234 son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlami insonparvarlik va madaniy vorisiylikka tayanib zamonaviy kontekstda boyitish va milliy qadriyatlarni umuminsoniy kontekstda davom ettirish, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mohiyatini jamoatchilikka yetkazish, xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari, milliy tarbiya an’analarini mustahkamlashga qaratilgan milliy kontent materiallarini tayyorlab, ularni ommalashtirishga xizmat qilgan.