Gadaev Sodik Kucharovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ochiq o‘zanli suv oqimlaridagi mikrogidroelektr stansiyaning energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3699.
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Muradulla Muxammadievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika unIVersiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika unIVersiteti, DSc.03/2025.28.11.T.02.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Isroil Abrievich “Muqobil energiya manbalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor;
Elistratov Viktor Vasilevich texnika fanlari doktori, professor; (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot unIVersiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ochiq o‘zanlar suv oqimida ishlaydigan erkin oqimli mikrogidroelektr stansiya energiya samaradorligini gidroturbina maqbul parametrlari asosida oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika sharoitiga moslashtirilgan suv sarfi va napori ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda gidroturbina ishchi g‘ildiragi o‘lchamlari va o‘zgarmas parametrli gidrogenerator asosida erkin oqimli mikroGESni loyihalashda yuqori samaradorlikni ta’minlaydigan maqbul parametrlarni hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
oqim tezliklari va kanal parametrlarini hisobga olgan holda kanal tuprog‘ining fizik-mexanik xossalari hamda qoplamasi asosida erkin oqimli mikroGES konstruksiyasini tanlash usuli ishlab chiqilgan;
gidravlik yo‘qotishlarni hisobga olgan holda gidroturbinaning maqbul o‘lchamlari va parametrlari asosida energiya samaradorlikni 10-15% ga oshirish imkoniyatini beradigan Banki turbinasining nazariy foydali ish koeffisientini aniqlashning matematik modeli takomillashtirilgan;
montaj xarajatlarini kamaytirish va suv sathining ko‘tarilishini minimallashtirishni hisobga olgan holda erkin oqimli mikroGES konstruksiyasi xususiyatlari asosida suv o‘tkazgich devorining maqbul balandligi 0,35-0,4 m bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ochiq o‘zanli suv oqimlarga moslashtirilgan erkin oqimli mikrogidroelektr stansiyani ishlab chiqish, parametrlarini asoslash hamda joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
erkin oqimli mikrogidroelektr stansiyaning takomillashtirilgan konstruksiyasi “Suvsanoatmash” AJga joriy qilingan (“O‘zbekgidroenergo” AJning 2025 yil 11 iyundagi №02-29/1705-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mikrogidroelektr stansiyadagi oqim tezligi 1,8 ÷ 2,0 m/s, 5,5 ÷ 6,3 m3/s suv sarfida mikrogidroelektr stansiyasi quvvatini 8,6 ÷ 9,84 kWga va foydali ish koeffisientini 42 ÷ 48 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
suv oqimi ochiq o‘zanlarida ishlaydigan mikrogidroelektr stansiyalarning parametrlarini aniqlashning usullari asosida yaratilgan dasturiy mahsuloti “Gidroproekt” AJga joriy qilingan (“O‘zbekgidroenergo” AJning 2025 yil 11 iyundagi №02-29/1705- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ochiq suv oqimida ishlaydigan mikrogidroelektr stansiyaning geometrik, gidravlik va energetik parametrlarini hisoblash ishlarini amalga oshirish hamda ushbu hisoblarni tezkor aniqlash imkonini berishi hisobiga yillik iqtisodiy samaradorlikni 50,0 (ellik million) so‘mga etkazish imkoniyati yaratilgan;
suv oqimi ochiq o‘zanlarida ishlaydigan mikrogidroelektr stansiyalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida yaratilgan dasturiy mahsuloti “Gidroproekt” AJga joriy qilingan “O‘zbekgidroenergo” AJning 2025 yil 11 iyundagi 02-29/1705-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kanal uzunligi bo‘ylab o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan mikrogidroelektr stansiyalarning ish rejimlari parametrlari hamda ularning turli variantlaridagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanib, yillik yoqilg‘i resurslarining tejalishi va ekologik emissiyasining qisqarishi hamda ushbu hisoblarni tezkor aniqlash imkonini berishi hisobiga yiliga 107 000 000 (bir yuz etti million) so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyati yaratilgan.