Kenjaev Temurbek Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Temirbeton ko‘priklarni qurishda utilizatsiya qilinib qayta ishlangan beton va temirbeton konstruksiyalarning resikling imkoniyatlarini va samaradorligini asoslash” (texnika fanlari). 05.09.02 – “Geotexnika” (Ko‘priklar, transport tonnellari va metropolitenlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5480
Ilmiy rahbar: Salixanov Saidxon Salixanovich – texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Djabbarov Saidburxon Tulaganovich, texnika fanlari doktori; Nishonov Ne’matilla Asatillaevich texnika, fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Mahalliy sharoitlarda resikling temirbeton mahsulotlarini ko‘priklar konstruksiyasida qo‘llash imkoniyatini va uning iqtisodiy samaradorligini asoslash. Resikling temirbetondan tayyorlangan temirbeton elementlarni ko‘prik konstruksiyasida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor eski ko‘prik oraliq qurilma bosh to‘sinlari chiqindilariga super palastifikator (319/11G) qo‘shib qayta ishlash hisobiga sementli beton tarkibida qo‘shilgan modifikatsiyalangan tuzilma hosil bo‘lishi hamda mustahkamligi 50 MPa gacha bo‘lgan beton olish imkoniyati asoslangan;
shiqindi temirbetondan ajratib olingan armaturaning fizik-mexanik xossalari betoning qayishqoqligini oshiruvchi kimyoviy qo‘shimchalar, xususan superplastifikator (319/11G) qo‘shib qayta ishlash hisobiga modifikatsiyalanib, ularnning ko‘prik konstruksiyalari elementlarida qo‘llash isbotlangan;
yangi va eski armatura hamda beton kombinatsiyasida tayyorlangan namunalarning mustahkamlik va darzbardoshlik xossalari eksperimental aniqlanib, eski beton va eski armatura asosidagi namunalar buzuvchi kuch bo‘yicha yangi kombinatsiyaga nisbatan o‘rtacha 31,5 % ga yuqori natija ko‘rsatishi isbotlangan;
qayta ishlangan beton va armaturalarning fizik-mexanik xossalaridagi o‘zgarishlarni inobatga oluvchi kamaytiruvchi koeffisientlar joriy etilishi hisobiga ko‘prik tayanchlarining burg‘ulab to‘ldiriladigan va burg‘ulab qoqib kiritiladigan qoziqlarni hisoblash metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temirbeton chqindisidan olingan ikkilamchi to‘ldiruvchilar asosidagi sementli beton va armaturaning struktura hosil qilishi qonuniyatlari va texnologiyasini tadqiqot qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi chaqiqtosh va armatura asosida ishlab chiqariladigan temirbeton tarkiblari “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri davlat muassasasi korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 23-sentyabr 4/E1313-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulotning tannarxini kamaytirish imkoniyati yaratilgan. Olinadigan iqtisodiy samara 1 m3 quyma beton uchun 50 ming so‘m, bir yilda esa 2,5 mlrd so‘mni tashkil etagan.
burg‘ilab tuldiriladigan va burg‘ilab qoqiladigan qoziqlarda eski armatura ishlatilganda va ichini to‘ldirish uchun RCA beton qo‘llanilganda hisoblash metodikasi takomillashtirildi va hisoblash metodikasi “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri davlat muassasasi korxonasida amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 23-sentyabr 4/E1313-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulotning narxi 10-12% ga iqtisodiy samaradorlikga erishilgan.