Dustov Aziz Yusufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aylanma suv tizimlarida tuz cho‘kindisi va korroziyani oldini olish (sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish korxonasi misolida)”.
05.09.04 – “Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini amalga oshiradigan qurilish tizimlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6320
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Latipov Shahboz Alisher o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.17.02. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdualim Boymuradovich – Texnika fanlari nomzodi, dotsent. Shomurodov Anvar Irkinovich – Texnika fanlari falsafa doktori, (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Sanoat korxonalarining aylanma suv ta’minoti tizimlarida korroziya va tuz cho‘kindilari larni bir vaqtning o‘zida oldini olish uchun yuqori samaradorlikka ega past molekulyar og‘irlikdagi turli amin birikmalar asosidagi kompozision ingibitorlarni ishlab chiqish va ularning samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarining aylanma sovitish suv tizimlarida bir vaqtning o‘zida korroziya va tuz cho‘kindilarini oldini olishga mo‘ljallangan, turli aminlar asosida kompleks ingibitor ishlab chiqilgan va uning tarkibiy xususiyatlari hamda ta’sir mexanizmi asoslangan;
suvning ion tarkibi, pH, harorat va oqim tezligi kabi omillarni inobatga olgan holda, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish korxonasi sharoitida ingibitorlarning 1% gacha bo‘lgan ulushi optimal doza ekanligi aniqlangan;
olingan korroziya ingibitorlarni turli eritmalar: xususan, graderniya suvi, natriy sulfat, natriy sulfid, natriy gidrokarbonat, natriy gipoxlorid, natriy karbonat, kaliy xlorid, K2SO4·MgSO4·6H2O, MgSO4·KCl·H2O, CaCO3, CaCL2, MgCl2, MgЅO4, SaЅO4 larga qoʻllash natijasida korroziya tezligi 0,004 m/s2 gacha, himoya darajasi 97,6 foizgacha samaradorligi aniqlangan;
import o‘rnini bosuvchi va ekologik jihatdan xavfsizligini inobatga olgan holda, mahalliy xomashyolar asosida ingibitor ishlab chiqilgan va iqtisodiy samaradorligi 19 % ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining aylanma suv tizimlarida tuz cho‘kmasi hosil bo‘lishi va korroziya jarayonlarini kamaytirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan past molekulyar og‘irlikdagi amin asosidagi kompleks ingibitor va uni qo‘llash texnologiyasi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi aylanma sovitish suv tizimlarida sinovdan o‘tkazilib, amaliyotga joriy etilgan. (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 21-noyabr 2025-yil F06/EM-4131-son ma’lumotnomasi), (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 24-noyabr 2025-yil 06-11-2-16-250 son ma’lumotnomasi) Natijada korroziya tezligi kamayib, tuz cho‘kindilari hosil bo‘lishi cheklanishi hisobiga texnologik uskunalar ish samaradorligi 8-12 % gacha oshirish imkoni yaratilgan;
korxona sharoitida aniqlangan optimal dozalar asosida ingibitorni qo‘llash reglamenti ishlab chiqilib, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 21-noyabr 2025-yil F06/EM-4131son ma’lumotnomasi), (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 24-noyabr 2025-yil 06-11-2-16-250 son ma’lumotnomasi) Natijada uskunalarning xizmat muddati 8–12 % ga uzayib, avariyaviy holatlar kamaydi hamda ekspluatatsion xarajatlar qisqarishi ta’minlangan;
tadqiqotda ishlab chiqilgan korroziya, cho‘kindi jarayonlari o‘rtasidagi empirik model Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi suv kimyosi laboratoriyasida monitoring va prognozlashni avtomatlashtirish joriy etilgan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 21-noyabr 2025-yil F06/EM-4131son ma’lumotnomasi), (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 24-noyabr 2025-yil 06-11-2-16-250 son ma’lumotnomasi). Natijada model ingibitor samaradorligini oldindan baholash va sarfini optimallashtirish imkoniyati yaratilgan;
mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqilgan ingibitorning import o‘rnini bosuvchi texnologiyasi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi da xarid xarajatlarini kamaytirish va ekologik xavfsiz kimyoviy vositalardan foydalanish joriy etilgan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 21-noyabr 2025-yil F06/EM-4131son ma’lumotnomasi), (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 24-noyabr 2025 yil 06-11-2-16-250 son ma’lumotnomasi). Natijada ingibitorning import o‘rnini bosuvchi texnologiya joriy etilishi jarayonida xarid xarajatlari kamaydi va ekologik xavfsiz kimyoviy vositalardan foydalanish 7–10 % ga oshishi imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish