Nasirova Dildora Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Yuklangan ikkinchi turdagi buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan parabolik-giperbolik tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni tadqiq etish», 01.01.02 – Differensial teng¬lamalar va matematik fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/FM1347.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12. FM.01.02 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Islomov Bozor Islomovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Mirsaburov Miraxmat (Termiz Davlat universiteti proffesori); fizika-matematika fanlari doktori, professor Djamalov Sirojiddin Zuxriddinovich (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovsliy nomidagi Matematika instituti).
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuk bilan berilgan ikkinchi tur buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan parabolik-giperbolik tipdagi tenglama uchun chegaraviy masalalar echiminig bir qiymatli echlishini o‘rganish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan ikkinchi tur yuklangan parabolik - giperbolik tenglamaning umumiy echimini turli chegaraviy masalalarni tadqiq qilish uchun qulay shaklda tasvirlashning yangi usuli ishlab chiqilgan;
buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan ikkinchi tur yuklangan parabolik - giperbolik tenglama uchun xarakteristikada Trikomi sharti bilan berilgan yangi turdagi masala o‘rganilgan va energiya integrali va ekstremum prinsipi yordamida qo‘yilgan masalaning yagonaligi isbotlangan;
buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan ikkinchi tur yuklangan parabolik - giperbolik tipdagi tenglama uchun Gellerstedt va Frankl sharti bilan berilgan chegaraviy masalalar tadqiq etilgan;
sohaning ichki qismida yuk bilan berilgan ikkinchi tur buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan parabolik - giperbolik tipdagi tenglamalar uchun Gellerstedt va Trikomi shartlari bilan berilgan masalalarni bir qiymatli echilishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuklangan ikkinchi tur buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan parabolik - giperbolik tipdagi tenglama uchun chegaraviy masalalarni tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yuklangan ikkinchi tur buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan parabolik – giperbolik tenglama uchun chegaraviy masalalariga bog‘liq olingan natijalardan №AR09259074 “Kasr tartibli differensial tenglamalar echimlarini qurish usullari va chegara hamda boshlang‘ich-chegara masalalarini echish masalalari” 2021-2023-y mavzusidagi xorijiy loyihada yuklangan ikkinchi tur buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan parabolik – giperbolik tenglama uchun chegaraviy masalalarni echishda foydalanilgan (Xoja Axmet Yassawi nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetining 2025-yil 22-dekabrdagi 04/1338-sonli ma’lumotnomasi, Qozog‘iston). Ilmiy natijaning qo‘llanishi ikkinchi va uchinchi tartibli parabolik-giperbolik tenglamalar uchun funksional fazolarda bir qator nolokal masalalarni kuchli echishini o‘rganishga va ularni turli xil fizik va biologik jarayonlarni matematik modellashtirishda qo‘llash imkonini bergan;
ikkinchi tur buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan yuklangan parabolik-giperbolik tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni o‘rganish bilan bog‘liq natijalar bajarilishi “Aralash tipdagi tenglamalar” bo‘limida bajarilayotgan “Matematik fizikaning lokal va nolokal tenglamalari uchun chegaraviy masalalar va optimal boshqarish masalalari” mavzusidagi NIOKTR 125031904188-2 sonli loyihada foydalanilgan. (Rossiya Fanlar akademiyasining Kabardino – Balkar ilmiy markazi amaliy matematika va avtomatlashtirish instituti, 2025 yil 11-dekabrdagi № 01-13/111-sonli ma’lumotnomasi) Natijalar yangi va ilmiy qiziqish uyg‘otadi, ular dinamik tizimlarni modellashtirish va boshqaruv muammolarini hal qilishda samarali qo‘llash imkonini bergan.