Jumamurodov Sobirjon Tursunboy o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 bemorlarida yuqori nafas yo‘llari ikkilamchi bakterial infeksiyasining turlari va antibiotikarezistentligi», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib5729.
Ilmiy rahbar: Nuruzova Zuhra Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.01.
Rasmiy opponentlar: Abduhalilova Gulnora Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori; Eshboev Egamberdi Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SOVID-19 bemorlarida yuqori nafas yo‘llari ikkilamchi bakterial infeksiyasining turlari va antibiotikarezistentligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning yuqori nafas yo‘llaridagi ikkillamchi bakterial infeksiyalar etiologiyasida Staphylococcus aureus (23,04%), Klebsiella pneumoniae (20,19%) va Streptococcus pneumoniae (12,16%) shtamlarining dominant qo‘zg‘atuvchilar ekani uchta tekshiruv usuli natijalari asosida isbotlangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlardan olingan nazofarengial surtmalar 16S rRNK geni asosida sekvenirlanib an’anaviy usullarda ajratilmaydigan Stenotrophomonas maltophilia (13,4 %), Agrobacterium tumefaciens (4,35 %), Chrysobacterium spp. (4,35 %) kabi bakteriyalar aniqlangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda aniqlangan Klebsiella pneumoniae, Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae shtammlarining penisillinlarga 64,6-96%, sefalosporinlarga 55-71%, ftorxinolonlarga 14,6-62%, makrolidlarga 76-90% va tetratsiklinlarga 10-82% rezistentligi asoslangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning bakterial pnevmoniya etiologiyasida 3 ta va undan ortiq antibiotiklar guruhiga rezistent (MDR) – 60,3%, keng qamrovli ta’sirga ega antibiotiklar guruhlariga (XDR) – 14,6% va barcha antibiotiklar guruhlariga chidamli shtammlar (PDR) 6% uchrashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7-iyuldagi 21-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha bo‘yicha xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning yuqori nafas yo‘llaridagi ikkillamchi bakterial infeksiyalar etiologiyasida Staphylococcus aureus (23,04%), Klebsiella pneumoniae (20,19%) va Streptococcus pneumoniae (12,16%) shtamlarining dominant qo‘zg‘atuvchilar ekani uchta tekshiruv usuli natijalari asosida isbotlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish Ekspert kengashi tamonidan 27.01.2025 yil 01-25/453t-son bilan tasdiqlangan. «COVID-19 bemorlarining nazofarengial surtmalarida bakterial mikroflora genotipini baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiga 07.02.2025 yil 160-buyruq va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya va umumiy genetika kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga 12.02.2025 yil 87-buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7-iyuldagi 21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nazofarengial surtmalarda dominant bakterial qo‘zg‘atuvchilarni 16S rRNK genining Sanger sekvenirlash usuli orqali aniqlash va ularni filogenetik tahlil qilish orqali infeksiyalarni erta bosqichda tashxislash imkoniyati yaratildi. Bu esa COVID-19 bemorlarida asoratlarning oldini olish, kasallik og‘ir kechishini kamaytirish va aholi o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: 16S rRNK Sanger sekvenirlashi va filogenetik tahlilga asoslangan genotiplash algoritmini joriy etish natijasida ikkilamchi bakterial infeksiyalarni aniqlash muddati o‘rtacha 3–5 kundan 24 soatgacha qisqartirildi. Bu antibiotiklarni noto‘g‘ri qo‘llashni 25–30% ga kamaytirib, bir bemorga to‘g‘ri keladigan antibakterial davolash xarajatlarini o‘rtacha 15–20% ga pasaytirish imkonini berdi. Shifoxonada davolanish muddatining 2–3 kunga qisqarishi hisobidan esa har bir bemor uchun umumiy davolash xarajatlari taxminan 2,0 mln so‘mga kamayishiga iqtisodiy samara yaratiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlardan olingan nazofarengial surtmalar 16S rRNK geni asosida sekvenirlanib an’anaviy usullarda ajratilmaydigan Stenotrophomonas maltophilia (13,4 %), Agrobacterium tumefaciens (4,35 %), Chrysobacterium spp. (4,35 %), kabi bakteriyalar aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish Ekspert kengashi tomonidan 27.01.2025 yil 01-25/453t-son bilan tasdiqlangan. «COVID-19 bemorlarining nazofarengial surtmalarida bakterial mikroflora genotipini baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiga 07.02.2025 yil 160-buyruq va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya va umumiy genetika kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga 12.02.2025 yil 87-buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7-iyuldagi 21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ikkilamchi bakterial infeksiya qo‘zg‘atuvchilarini an’anaviy, VITEK-2 va Sanger sekvenirlash usullari asosida yuqori aniqlikda aniqlash klinik tashxis sifatini oshirib, antibiotiklarni oqilona qo‘llashga xizmat qiladi. Bu esa COVID-19 bemorlarida asoratlar va o‘lim xavfini kamaytirish orqali aholi salomatligini muhofaza qilishga ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: ikkilamchi bakterial infeksiya qo‘zg‘atuvchilarini an’anaviy, VITEK-2 va Sanger sekvenirlash usullari asosida kompleks aniqlash natijasida tashxis qo‘yish aniqligi 20–25% ga oshdi. Bu antibiotiklarni noto‘g‘ri buyurishni 30% ga kamaytirib, har bir bemorga to‘g‘ri keladigan antibiotikoterapiya xarajatlarini o‘rtacha 1,2–1,8 mln so‘mga qisqartirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda aniqlangan Klebsiella pneumoniae, Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae shtammlarining penisillinlarga 64,6-96%,  sefalosporinlarga 55-71%, ftorxinolonlarga 14,6-62%, makrolidlarga 76-90% va tetratsiklinlarga 10-82% rezistentligi asoslanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish Ekspert kengashi tamonidan 27.01.2025 yil 01-25/453t-son bilan tasdiqlangan. «COVID-19 bemorlarining nazofarengial surtmalarida bakterial mikroflora genotipini baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiga 07.02.2025 yil 160-buyruq va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya va umumiy genetika kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga 12.02.2025 yil №87-buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7-iyuldagi 21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: og‘ir klinik holatdagi COVID-19 bemorlarida bakterial pnevmoniya va nozokomial infeksiyalarni davolash uchun laborator ma’lumotlarga asoslangan empirik antibiotiklar guruhining ishlab chiqilishi davolash samaradorligini oshiradi, asoratlar va o‘lim xavfini kamaytiradi hamda sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan ijtimoiy-iqtisodiy yuklamani pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: empirik terapiyaning optimallashtirilishi hisobiga reanimatsiya bo‘limida yotish muddati o‘rtacha 3–4 kundan 1,5–2 kungacha kamayib, bir bemor uchun statsionar davolash xarajatlari 4,0–5,5 mln so‘mga qisqaradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning bakterial pnevmoniya etiologiyasida 3 ta va undan ortiq antibiotiklar guruhiga rezistent (MDR) – 60,3%, keng qamrovli ta’sirga ega antibiotiklar guruhlariga (XDR) – 14,6% va barcha antibiotiklar guruhlariga chidamli shtammlar (PDR) 6% uchrashi asoslanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish Ekspert kengashi tamonidan 27.01.2025 yil 01-25/453t-son bilan tasdiqlangan.  «COVID-19 bemorlarining nazofarengial surtmalarida bakterial mikroflora genotipini baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiga 07.02.2025 yil 160-buyruq va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya va umumiy genetika kafedrasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga 12.02.2025 yil 87-buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7-iyuldagi 21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: antibiotiklarga chidamlilikni aniqlashda zamonaviy va an’anaviy usullarni qiyosiy baholash asosida klinik amaliyot uchun ishonchli ilmiy-metodik asos yaratildi, bu esa tashxis aniqligini oshirish, antibiotiklarni oqilona tanlash va rezistent shtammlar tarqalishining oldini olishga ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: bu har bir bemorda samarasiz antibiotikni almashtirish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni o‘rtacha 1,8–2,5 mln so‘mga qisqartirishga imkon yaratadi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish