Baboev Abduvaxob Saxibnazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuberkulyoz spondiliti diagnostikasi hamda kompleks davolash usullarini patogenetik asoslash va takomillashtirish» 14.00.26 – Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib1262.
Ilmiy rahbar: Nazirov Primkul Xujamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.22.01.
Rasmiy opponentlar: Zuban` Oleg Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Xudayberdiev Kobiljon Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Toshpulatova Fatima Kudratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immunokimyoviy va morfologik semiotikani aniqlash, monoklonal antitanachalarni qo‘llash va jarrohlik aralashuvlarining kam invaziv usullarini takomillashtirish asosida tuberkulyoz spondilitini tashxislash va kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarning maxsus yallig‘lanish o‘choqlarining oligo-batsillyarligi, hamda molekulyar-genetik usullar va sekvensiyalashni taqqoslash orqali bakteriologik usullar diagnostik samaradorligi isbotlangan;
ilk bor tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda vitamin D va IFN-γ etishmovchiligi, TNF-α, IL-6, prokal`sitonin hamda o‘tkir faza markerlarining oshishi bilan ifodalangan sitokin disbalansi mavjudligi, ushbu holat tuberkulyoz mikobakteriyalari antigenlarining persistensiyasi natijasida sitokinlarning ortiqcha ishlab chiqarilishi, shuningdek mazkur immunologik buzilishlar Th1-turdagi immun javob samaradorligini pasaytiruvchi va suyak destruksiyasini kuchaytiruvchi patogenetik omillar ekanligi isbotlangan;
ilk bor tuberkulyoz spondilitida P1NP darajasining oshishi granulyomatoz yallig‘lanish jarayonida to‘qimalar fibrozlanishi va fibroblastlar tomonidan I turdagi prokollagen sintezi bilan bog‘liq ekanligi, bu holat TNF-α va IL-6 kabi sitokinlarning uzoq vaqt davomida faol ishlab chiqarilishi bilan bog‘liqligi, β-CrossLaps ko‘rsatkichlari suyak destruksiyasining kuchayishini aks ettirishi, shuningdek β-CrossLaps/P1NP nisbiy ko‘rsatkichi suyak remodellatsiyasi jarayonini kompleks baholash imkonini beruvchi diagnostik mezonligi aniqlangan;
ilk bor tuberkulyoz spondilitida fibrinogen, D-dimer va trombotsit ko‘rsatkichlarining sitokinlar profili hamda rentgenologik belgilar bilan bog‘liqligi, bu holat yallig‘lanishni kuchaytiruvchi sitokinlar (TNF-α, IL-6) ta’sirida koagulyasiya tizimining faollashuvi va endotelial disfunksiya rivojlanishi bilan bog‘liqligi hamda ushbu ko‘rsatkichlar yallig‘lanish faolligining diagnostik markerlari ekanligi isbotlangan;
ilk bor tuberkulyoz spondilitida plazmolifting yordamida lokal gemostatik va regenerativ terapiya usuli ishlab chiqilgan, RANKL ga qarshi monoklonal antitanalar (denosumab) va bifosfonatlarning (zoledron kislotasi) suyak destruksiyasini kamaytirishdagi samaradorligi aniqlash orqali kompleks davolash takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Immunokimyoviy va morfologik semiotikani o‘rganish, monoklonal antitanachalarni qo‘llash va jarrohlik aralashuvlarining kam invaziv usullarini takomillashtirish asosida tuberkulyoz spondilitini tashxislash va kompleks davolashni takomillashtirishning klinik ahamiyatini aniqlashga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarning operatsion material namunalari sekvensiyalash natijalariga asoslanib, maxsus yallig‘lanish o‘choqlarining oligo-batsillyarligi isbotlangan hamda molekulyar-genetik usullar va sekvensiyalashni taqqoslash orqali bakteriologik usullar diagnostik samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2024 yil 8 oktyabrdagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan «Umurtqa pog‘onasi yallig‘lanish kasalliklarida kam invaziv diagnostik aralashuvlarning informativligini baholash» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2024 yil 8 noyabr, №79-son buyruq); Jizzax viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2024 yil 5 noyabr, №37-son buyruq); Surxondaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2024 yil 9 noyabr, №01-06/5-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 25/70-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda biopsiya tashxis aniqligini va mikobakteriyalarning tuberkulyoziga qarshi dori vositalariga sezgirlikni aniqlash imkoniyatini oshirib, ochiq jarrohlik aralashuvlari hamda umumiy narkoz bilan bog‘liq asoratlar xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda ochiq biopsiya bilan solishtirilganda, teri orqali olinadigan biopsiya har bir bemor uchun kamida 18000000 so‘m iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda umurtqalarni teri orqali biopsiyani klinik amaliyotga joriy qilish erta faollashtirish imkonini berib, diagnostika jarayonining klinik sifatini saqlagan holda, statsionar xarajatlar hamda yuqori texnologiyali jarrohlik aralashuvlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda sitokin disbalansi, shu jumladan vitamin D va IFN-γ etishmovchiligi hamda TNF-α, IL-6, prokalsitonin va o‘tkir faza markerlari bilan ifodalangan yuqori tizimli immun javob mavjudligi aniqlanib. Ushbu immunologik o‘zgarishlar suyak destruksiyasini kuchaytiruvchi hamda Th1-turdagi immun javob samaradorligini pasaytiruvchi patogenetik omillar ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha tavsiyalar Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 14 martdagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan «Tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda gemostatik buzilishlarni aniqlash, davolash va oldini olish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Andijon viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 28 mart, №44-son buyruq); Farg‘ona viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 29 mart, №02-12/97-son buyruq); Samarqand viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 1 aprel, №28-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 25/70-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda sitokin disbalansini korreksiya qiluvchi kompleks terapiya immun javobni normallashtirib, abssesslar rivojlanishini hamda suyak to‘qimasi destruksiyasini oldini olib, davolanish samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda sitokin disbalansini korreksiya qilish jarrohlik aralashuvlariga ko‘rsatmalarni hamda statsionarda yotish muddatini qisqartirib, har bir bemor hisobida davolash xarajatlarini o‘rtacha 20–30% ga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: taklif etilgan mezonlarni klinik amaliyotga joriy etish sog‘liqni saqlash tizimida sezilarli darajada iqtisodiy afzallikni ta’minladi.
uchinchi ilmiy yangilik: tuberkulyoz spondilitida P1NP oshishi granulyomatoz yallig‘lanish jarayonida to‘qimalarning fibrozlanishi hamda fibroblastlar tomonidan I turdagi prokollagen sintezi bilan bog‘liqligi aniqlanib, β-CrossLaps ko‘rsatkichlari suyak destruksiyasining kuchayishini aks ettirishi, shuningdek β-CrossLaps/P1NP nisbiy ko‘rsatkichi suyak remodellatsiyasi jarayonini kompleks baholash bo‘yicha tadqiqot natijalari Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 20 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan «Tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda suyak rezorbsiyasini davolashda denosumabning samaradorligi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 20 yanvar, №01-03/95-son buyruq); Andijon viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №35-son buyruq); Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 22 yanvar, №29-son buyruq) amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 25/70-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalari tuberkulyoz spondilitini nospesifik spondilitdan differensial tashxislashni yaxshilash, shuningdek suyak rezorbsiyasiga qarshi hamda tuberkulyozga qarshi terapiya samaradorligini dinamik baholash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan diagnostik yondashuvlar tashxis qo‘yish muddatini 13,5 oydan 3–6 kungacha qisqartirish imkonini berdi, bu esa har bir aniqlangan holatda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrini kamaytirib, o‘rtacha 8316000 so‘m iqtisodiy tejamkorlikni ta’minladi. Xulosa: Ishlab chiqilgan diagnostik yondashuvlar tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda nogironlik va mehnatga layoqatsizlik darajasini kamaytirib, bemorlarning hayot sifati yaxshilanishiga hamda sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy tejamkorlikka erishishga xizmat qildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tuberkulyoz spondilitida fibrinogen, D-dimer va trombotsit ko‘rsatkichlari sitokinlar profili va rentgenologik belgilar bilan bog‘liqligi va yallig‘lanish faolligi diagnostik markerlari ekanligi aniqlanishi asosidagi natijalar Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 14 martdagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan «Tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda gemostatik buzilishlarni aniqlash, davolash va oldini olish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Andijon viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 28 mart, №44-son buyruq); Farg‘ona viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 29 mart, №02-12/97-son buyruq); Samarqand viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 1 aprel, №28-son buyruq) amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 25/70-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Olingan natijalar tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda venoz tromboembolik asoratlarning oldini olishga, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga hamda davolash natijalarini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Olingan natijalar parez holatlari kuzatiladigan tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda chuqur venalar trombozining oldini olish hisobiga bemorlarning 22%ida 30 kunlik statsionar davolanish muddatini qisqartirish orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini sezilarli darajada tejash imkonini berdi. Xulosa: Olingan natijalar tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda davolash xarajatlarini qisqartirish, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish hamda umumiy davolash natijalarini yaxshilash imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: tuberkulyoz spondilitida plazmolifting yordamida lokal gemostatik va regenerativ terapiya usuli ishlab chiqilishi asosidagi natijalar Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 14 martdagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan «Tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda gemostatik buzilishlarni aniqlash, davolash va oldini olish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Andijon viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 28 mart, №44-son buyruq); Farg‘ona viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 29 mart, №02-12/97-son buyruq); Samarqand viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 1 aprel, №28-son buyruq) amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 25/70-sonli xulosasi). RANKL ga qarshi monoklonal antitanalar (denosumab) hamda bifosfonat-zoledron kislotasining suyak destruksiyasini kamaytirishdagi samaradorligi isbotlanishi asosida takliflar Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 20 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan «Tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda suyak rezorbsiyasini davolashda denosumabning samaradorligi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 20 yanvar, №01-03/95-son buyruq); Andijon viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №35-son buyruq); Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 22 yanvar, №29-son buyruq) amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 25/70-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar operatsiyadan keyingi yarani samarali bitishiga, takroriy jarrohlik aralashuvlariga bo‘lgan ehtiyojni kamayishiga, patologik sinishlarning oldini olishga, nogironlik darajasini pasaytirishga hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan strategiyani joriy etish har bir bemorga to‘g‘ri keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita davolash xarajatlarini kamida ikki barobar kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: Ishlab chiqilgan tuberkulyoz spondiliti bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolash usullarini patogenetik asoslash va takomillashtirish strategiyasi sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan iqtisodiy jihatdan samarali foydalanish imkonini yaratdi.