Xolikulov Sardor Sheralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi avlod bioso‘riluvchan karkas - Magmarisning o‘tkir miokard infarktida qo‘llanilish samaradorligi va asoratlarning oldini olish”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3247.
Ilmiy rahbar: Yuldoshev Nabijon Pirimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Barno Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori; Alyavi Baxrom Anisxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: I.K.Axunbaev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi o‘tkir yurak ishemik kasalligining (NSTEMI va STEMI) bilan og‘rigan bemorlarda bioso‘riluvchi Magmaris koronar karkasini teri orqali koronar aralashuvda qo‘llashning angiografik, klinik, o‘rta va uzoq muddatli natijalarini baholash, shuningdek, medikamentoz terapiyaga rioya qilish darajasi va klinik asoratlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir yurak ishemik kasalligi (NSTEMI va STEMI) bilan og‘rigan bemorlarda koronar arteriyalarning angiografik xususiyatlari klinik shaklga bog‘liq holda kompleks tahlil asosida baholangan, STEMI bilan kasallangan bemorlarda gemodinamik ahamiyatli stenozlar va proksimal segment shikastlanishlarining ko‘proq uchraganligi, NSTEMI holatlarida esa o‘rta segment shikastlanishlarining nisbatan ustunligi aniqlangan va klinik shaklga qarab koronar arteriyalar shikastlanish xususiyatlarida ishonchli farqlar mavjudligi asoslangan;
o‘tkir yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda Magmaris bioso‘riluvchi koronar karkasini qo‘llashning bevosita angiografik natijalari kompleks baholangan, intervension aralashuvdan keyin bemorlarda koronar qon oqimining TIMI II va III darajasiga to‘liq tiklanganligi, qoldiq stenozning minimal darajada bo‘lganligi va periprotsedural asoratlar kuzatilmaganligi qayd etilgan, olingan natijalar Magmaris bioso‘riluvchi koronar karkasini qo‘llash yuqori angiografik va texnik samaradorlik bilan kechgani aniqlangan;
Magmaris bioso‘riluvchi koronar karkasi implantatsiya qilingan bemorlarda kuzatuv davomida klinik natijalarning medikamentoz terapiyaga, xususan dual antiagregant terapiyaga rioya qilish darajasi bilan bog‘liqligi baholangan, medikamentoz terapiyaga rioya qilish darajasi past bo‘lgan bemorlarda noxush kardiovaskulyar hodisalarning ko‘proq rivojlanganligi kuzatilgan va medikamentoz terapiyaga rioya qilish darajasi klinik natijalar shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
o‘tkir yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda Magmaris bioso‘riluvchi koronar karkasini qo‘llashda klinik asoratlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik algoritm klinik va angiografik natijalar tahlili asosida ishlab chiqilgan, mazkur algoritm intervension texnika, «4P» tamoyiliga rioya qilish hamda medikamentoz terapiyaga rioya qilish darajasini hisobga olgan holda shakllantirilgan va uning qo‘llanilishi klinik asoratlar xavfini ishonchli kamaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ushbu tadqiqot natijalari o‘tkir miokard infarktida koronar arteriyalarda qon oqimini qayta tiklash jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan.
birinchi ilmiy yangilik: Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkir koronar sindrom sharoitida yangi avlod bioso‘riluvchi Magmaris koronar karkasini endovaskulyar usulda qo‘llash ilk bor kompleks o‘rganildi. Ushbu yo‘nalishda «Yangi avlod bioso‘riluvchi Magmaris karkasi bilan o‘tkir koronar sindromli bemorlarni endovaskulyar usulda davolash» mavzusida metodik qo‘llanma tayyorlanib tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 28 apreldagi № 7n-r/23 xulosasi). Qo‘llanma Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi, Namangan va Surxandaryo filiallarida klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Miokard revaskulyarizatsiyasi o‘tkazilgan keksa yoshli yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda klopidogrel samaradorligini farmakogenetik, metabolik va endotelial ko‘rsatkichlar asosida kompleks baholash trombotik asoratlar xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash imkonini berdi. Natijada MACE/MESS holatlari soni 4 tadan 2 taga kamayib, bemorlarning uzoq muddatli prognozini yaxshilashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: Qayta statsionar davolanish holatlarining kamayishi hisobiga bir nafar bemor uchun o‘rtacha 5000000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaraga erishildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: O‘tkir yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik xususiyatlari va miokardning qisqaruv qobiliyatini inobatga olgan holda yangi avlod bioso‘riluvchi Magmaris koronar karkasini implantatsiya qilishni optimallashtirish ilk bor ilmiy jihatdan asoslandi. Ushbu yo‘nalishda «Yangi avlod bioso‘riluvchi Magmaris karkasi bilan o‘tkir koronar sindromli bemorlarni endovaskulyar usulda davolash» mavzusida metodik qo‘llanma tayyorlanib tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 28 apreldagi № 7n-r/23 xulosasi). Mazkur yondashuv Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi, Namangan va Surxandaryo filiallarida klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘tkir yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik xususiyatlari va miokardning qisqaruv qobiliyatini inobatga olgan holda Magmaris bioso‘riluvchi koronar karkasini implantatsiya qilishni optimallashtirish bemorlarni individual tanlash imkonini yaratdi. Bu endovaskulyar davolash samaradorligini oshirish, reperfuziyani to‘liq ta’minlash va erta hamda kech klinik asoratlar xavfini kamaytirishga xizmat qildi. Natijada bemorlarning hayot sifati yaxshilandi, qayta gospitalizatsiyalar soni qisqardi va uzoq muddatli klinik prognoz ijobiy tomonga o‘zgardi. Iqtisodiy samaradorligi: Magmaris bioso‘riluvchi karkasini implantatsiya qilishni optimallashtirish orqali endovaskulyar davolashdan keyingi asoratlar va qayta intervensiyalar sonining kamayishiga erishildi. Qayta statsionar davolash va qo‘shimcha diagnostik hamda davolash choralarining oldi olinishi hisobiga bir nafar bemor uchun o‘rtacha 3000000–4000000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlik ta’minlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: O‘tkir yurak ishemik kasalligi (NSTEMI va STEMI) bilan og‘rigan bemorlarda ilk bor kliniko-angiografik prognostik belgilarni aniqlash va ular asosida endovaskulyar davolash usullarini optimallashtirish ilmiy jihatdan asoslandi. Ushbu yondashuv doirasida koronar arteriya shikastlanishining lokalizatsiyasi, torayish darajasi va reperfuziya ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda davolash taktikasini individual tanlash imkoni yaratildi. Mazkur yondashuv Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi, Namangan va Surxandaryo filiallarida klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘tkir yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda kliniko-angiografik prognostik belgilarni erta aniqlash va ular asosida endovaskulyar davolash usullarini optimallashtirish xavf guruhidagi bemorlarni o‘z vaqtida ajratish imkonini berdi. Bu og‘ir klinik asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish, qayta gospitalizatsiyalar sonini qisqartirish hamda bemorlarning hayot sifati va uzoq muddatli klinik prognozini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Kliniko-angiografik prognostik yondashuv asosida davolash taktikasini tanlash qayta endovaskulyar aralashuvlar, rejadan tashqari diagnostik tekshiruvlar va qo‘shimcha statsionar davolash ehtiyojini kamaytirdi. Qayta gospitalizatsiya va qo‘shimcha davolash xarajatlarining oldi olinishi hisobiga bir nafar bemor uchun o‘rtacha 4000000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlik ta’minlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. O‘zbekiston Respublikasida o‘tkir yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda Magmaris bioso‘riluvchi koronar karkasini qo‘llashda klinik, angiografik va kuzatuv natijalarining kompleks tahlili asosida asoratlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik algoritm ilk bor ishlab chiqildi va ilmiy jihatdan asoslandi. Ushbu algoritm intervension texnika, «4P» qoidasiga rioya qilish hamda dual antiagregant terapiyaga moyillikni hisobga olgan holda shakllantirildi. Mazkur profilaktik algoritm Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi, Namangan va Surxandaryo filiallarida klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan profilaktik algoritmni qo‘llash orqali endovaskulyar davolashdan keyingi erta va kech klinik asoratlar, jumladan karkas trombozi va yirik noxush yurak-qon tomir hodisalari rivojlanish xavfi kamaydi. Bu bemorlarning davolanishga moyilligini oshirish, qayta murojaatlar sonini qisqartirish hamda uzoq muddatli klinik prognoz va hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Profilaktik algoritmni joriy etish qayta gospitalizatsiyalar, rejadan tashqari diagnostik tekshiruvlar va qo‘shimcha statsionar davolash holatlarini kamaytirish imkonini berdi. Qo‘shimcha davolash xarajatlarining oldi olinishi hisobiga bir nafar bemor uchun o‘rtacha 4000000–5000000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlik ta’minlandi.