Norimova Guljaxon Komiljon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Samarqand shahri dendroflorasi mikromisetlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1163.
Ilmiy rahbar: Umurzakova Zebiniso Iskandarovna, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.09.10.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor; Mustafaev Ilyor Murodullaevich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand shahri dendroflorasida tarqalgan mikromisetlarini identifikatsiyalash, ularni tarqalishi va rivojlanishini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand shahri sharoitida o‘suvchi daraxt va butalarda mikromisetlarning 3 bo‘lim, 6 sinf, 18 tartib, 32 oila, 62 turkumga mansub 133 tur, 4 forma va 1 variatsiyadan iborat tarkibi aniqlanib, ularning konspekti tuzilgan. Aniqlangan mikromisetlarning 15 turkumga mansub 31 turi O‘zbekiston mikobiotasi uchun aniqlangan;
ilk bor Samarqand shahri sharoitida mikromiset zamburug‘larning daraxt va butalarda tarqalishi xo‘jayin o‘simliklarining morfo-ekologik xususiyatlari hamda mikromisetlarning fasllararo rivojlanish xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslangan;
Samarqand shahri dendroflorasida uchraydigan patogen mikromisetlarning boshqa hududlar (Namangan viloyati, Qashqadaryo vohasi va Toshkent Botanika bog‘i) mikobiotasi bilan qiyosiy tahlili o‘tkazilib, ularning o‘xshashlik darajalari (Jakkard, Kulchinskiy va Simpson koeffisientlari asosida) ilk bor baholandi hamda mikromisetlarning hududiy tarqalishida iqlimiy va floristik omillarning hal qiluvchi roli ilmiy asoslab berilgan;
Samarqand shahri sharoitida daraxt va butalarda mikromiset zamburug‘lar tomonidan qo‘zg‘atiladigan un-shudring (14 tur), zang (10 tur) va turli xil dog‘lanish kasalliklarining (88 tur) keng tarqalganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand shahri dendroflorasi mikromisetlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Samarqand shahri dendroflorasining mikologik tahlil qilinishi natijasida patogenlar guruhiga mansub 133 tur, 4 forma va 1 variatsiya uchrashi aniqlangan. 133 tur, 4 forma va 1 variatsiyaning 143 ta fungariy namunalari Toshkent Mikologiya fungariysi (TASM) ilmiy noyob ob’ekti fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 29 yanvardagi 4/1255-257-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Oʻzbekiston Respublikasi fungasida tarqalgan muhim xo‘jalik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan turlarning yangi fungariy namunalari TASM fondini boyitgan hamda O‘zbekiston fungasi haqidagi axborot-tahlil tizimini kengaytirish imkonini bergan;
Samarqand shahari daraxt va butalarida aniqlangan 133 tur, 4 forma va 1 variatsiyaga mansub mikromisetlarning 143 ta gerbariy namunalari ma’lumotlari elektron bazasi Global bioxilma-xillik axborot tizimi (GBIF.uz)ga joriy etilgan (GBIF.uz tomonidan 2024 yil 25 dekabrdagi berilgan 023-sonli sertifikat). Natijada, Mikologik gerbariy va Global bioxilma-xillik axborot tizimi fondini boyitish, urbanlashgan hududlardagi daraxt va butalar mikromisetlarini tadqiq qilishni osonlashtirish, mikromisetlarning filogeniyasi va geografiyasiga oid ma’lumotlarni global miqyosda tahlil qilish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish