Eshonqulov Erkin Yulchi o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumot. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dorivor ksilotrof Schizophyllum commune Fr. zamburug‘ining shtammlarini o‘rganish va ularni biotexnologiyada foydalanish istiqbollarini baholash”, 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V951.
Ilmiy rahbar: Sherqulova Jamila Payanovna, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.08.09.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Voxid Baxromich, biologiya fanlari doktori, professor; Toxirov Baxtiyor Baxshilloevich. biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqot maqsadi: Qashqadaryo viloyatida tarqalgan daraxtlardan ajratib olingan dorivor ksilotrof Schizophyllum commune zamburug‘i shtammlarining morfologik-kultural, fiziologik-biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash hamda ularning biotexnologik potensialini baholashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda S.commune zamburug‘ining JE4, JE5 va JE6 shtammlari ajratib olingan va morfologik – kultural xususiyatlari aniqlangan;
mahalliy S.commune zamburug‘i shtammlarining 18S ribosomal RNK gen fragmentlari nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan va ularning S.commune zamburug‘ining boshqa shtamm namunalari bilan tur ichidagi molekulyar-filogenetik farqlari asoslangan.
S.commune zamburug‘inining JE4 shtammi ekstrakti tarkibidan ajratib olingan trehaloza digidrat birikmasi va qimmatli ikkilamchi metabolitlari patogen mikroblarga qarshi xususiyatga ega ekanligi aniqlangan;
S.commune zamburug‘ining mahalliy shtammlari Bacillus subtilis, Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa kabi bakteriyalarga qarshi yuqori antogonist faolligi isbotlangan; 
S.communening miseliyli shtammlari Lactobacillus plantarum probiotik kulturasi bilan birga o‘stirilganda probiotikning o‘sish dinamikasi yaxshilanishini va antioksidant faolligini oshirganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dorivor ksilotrof S.commune zamburug‘ining shtammlarini o‘rganish va ularni biotexnologiyada foydalanish istiqbollarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Qashqadaryo viloyati hududlaridan ajratib olingan dorivor S.commune shtammlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining “Sanoat uchun muhim mikroorganizmlar to‘plami” kolleksiyasiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 22 avgustdagi 4/1255-1892-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, S.commune shtammlari kolleksiya genofondining boyishiga xizmat qildi hamda ularning biologik xususiyatlari bo‘yicha axborot-tahlil tizimining elektron bazasini shakllantirish imkonini bergan;
Schizophyllum commune shtammlarining molekulyar-genetik tahlili amalga oshirilgan va olingan sikvens ma’lumotlari National Center for Biotechnology Information ma’lumotlar bazasida JE4 shtammi (https://www.ncbi.nlm.nih.gov/nuccore/PP837386) hamda JE5 shtammi raqamlar bilan rasmiy tarzda ro‘yxatdan o‘tkazildi (https://www.ncbi.nlm.nih.gov /nuccore/PP837387). Natijada, ushbu molekulyar-genetik tahlillar asosida S.commune shtammlarining taksonomik o‘rni va ularning genetik xilma-xilligi aniqlanib, nukleotid ketma-ketligi asosida dunyoning turli mintaqalarida tarqalgan shtammlar bilan filogenetik taqqoslash va mahalliy shtammlarning genetik o‘ziga xosligini baholash va ularning biotexnologik qiymatini asoslash imkonini bergan;
S.commune zamburug‘ining tabiiy areali, ekologik omillarga chidamliligi hamda sun’iy ozuqa muhitlarida o‘stirish sharoitlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida uning aniq tarqalish hududlari belgilandi va bu ma’lumotlar asosidaishlab chiqilgan tavsiyanoma Qashqadaryo viloyati o‘rmon xo‘jaliklari amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 17-dekabrdagi № 03-03/1-03/3-13757-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar resurslardan oqilona foydalanish, monitoringni takomillashtirish, o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida dorivor zamburug‘larni ko‘paytirish laboratoriyalari uchun ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan, o‘rmon xo‘jaliklarida bioxilmaxilligini saqlab qolishda va dorivor zamburg‘lardan samarali foydalanish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish