Shodmonov Feruz Abdullojonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda Gnaphosidae (Araneae) oilasi o‘rgimchaklari faunasi va taksonomiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/V1468.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Erkin Nurullaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.09.10.
Rasmiy opponentlar: Musaev Dilshod Muxamadjonovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim; Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tarqalgan Gnaphosidae oilasi o‘rgimchaklarining tur tarkibi, taksonomik tuzilmasi, zoogeografik tavsifini ochib berish, Berlandina avlodini taksonomik reviziya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor O‘zbekistonda Gnaphosidae (Araneae) oilasi o‘rgimchaklari faunasining tur tarkibi aniqlangan va 25 avlodga mansub 59 turdan iborat sistematik ro‘yxat tuzilgan;
O‘zbekiston faunasi uchun yangi 13 ta tur va 2 ta avlod ilk marotaba qayd etilgan va ularning tarqalish areallari bo‘yich yangi ma’lumotlar olingan;
dunyo faunasi uchun 3 ta yangi tur aniqlangan, to‘liq morfologik tavsif va aniqlagich kalitlar ishlab chiqilgan hamda ularning yaqin turlardan farqlovchi belgilari aniqlanib, fan uchun yangiligi isbotlangan; 
O‘zbekiston Gnaphosidae oilasiga mansub o‘rgimchaklar faunasi qo‘shni hududlar faunalari bilan qiyosiy tahlil qilingan, ularning o‘xshashlik va farqli jihatlari ochib berilgan;
Gnaphosidae oilasi turlarning areali xaritalashtirilgan, O‘zbekiston faunasining endemik turlari aniqlanib, ularning biogeografik xususiyatlari ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning turli hududlaridan to‘plangan Gnaphosidae oilasi o‘rgimchaklari faunasi va taksonomiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
dunyo faunasi uchun aniqlangan yangi turlar ZooBank Xalqaro Zoologik Nomenklatura Komissiyasining rasmiy onlayn reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (https://zoobank.org). Natijada, Berlandina izzatullaevi Shodmonov & Fomichev, 2025 turi uchun - urn: lsid: zoobank. org: act: 12690F63-C5D8-4F9A-B1DA-E6AFE6C16CDB, Berlandina jabborovi Shodmonov & Fomichev, 2025 turi uchun - urn:lsid:zoobank.org:act: 947F43E0-2FB0-446F-A78D-F331E9A48BA7, Berlandina khalimovi Shodmonov & Fomichev, 2025 turi uchun - urn:lsid:zoobank.org:act: C35FAD58-8650-4089-B77A-AEB648F8DFAE qayd raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda ZooBank ma’lumotlar bazasini kengaytirish imkonini bergan;
O‘zbekiston o‘rgimchaklarining xilma-xilligi va taksonomik tarkibi haqidagi ma’lumotlar Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi Hayvonlar sistematikasi va ekologiyasi instituti Zoologiya muzeyi faoliyatiga joriy qilingan (RFA SB HSvEI ning 2025 yil 3 oktyabrdagi 15341-01-08/254-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muzey fondiga taqdim etilgan kolleksiya, shu jumladan, fan uchun yangi turlar golotiplari regional fauna xilma-xilligi va o‘ziga xosligini baholash, dunyo miqyosida Berlandina avlodi reviziyasini o‘tkazish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish