Ibodov Kamoliddin Mamatqulovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Restoran xizmatlari ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish” 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt831
Ilmiy maslahatchi: Muxammedov Murod Muxamadievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Navruz-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Mahbuba To‘ychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi restoran xizmatlari ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasini takomollashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
restoranlarda samaradorlikni baholash uslubiyati mijozlarning qoniqqanligini ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va darajasi, iqtisodiy hamda ijtimoiy integral ko‘rsatkichlarining Sm.≥Sx.d≥Siqt≥Sijt nisbuy qatorini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
mijozlarning qoniqqanligini ovqatlanish korxonalari shakliga ko‘ra fast-fudlar (2,33≤ CSI ≥ 3,38), milliy oshxonalar (2,36≤ CSI ≥3,08), nufuzli restoranlar bo‘yicha (2,58≤ CSI ≥3,01) hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning naflilik darajasiga ko‘ra fast-fudlar (5,75≤ CSI ≥7,0), milliy oshxonalar (6,85≤ CSI ≥7,65), nufuzli restoranlar bo‘yicha (6,87≤ CSI ≥7,51) intervalda baholash taklifi asoslangan.
SEM-modeli asosida restoranlarda narx, joylashuv, siljitish va servis xizmatining mijozlar qoniqqanlik darajasiga ta’sir darajasini (0,21) qiymatdan, restoran taomlari va mijozlar bilan hamkorlikning servis sifatiga ta’sir darajasini (0,26) qiymatdan yuqoriligini ta’minlash zarurligi asoslangan;
restoran xizmatlari  “xizmat sifati” tushunchasi ta’rifi tarkibiy jihatdan servis darajasi (xodimlarning kasbiy mahorati, malakaviy qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari, mijozning taom va xizmatlar haqidagi kutishining amaldagi kognitiv-psixologik, vaqt va moliyaviy sarf darajasiga muvofiqligi) hamda faoliyat natijasi (taom tayyorlash jarayoni, faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan natijadorligi, taom tayyorlash va iste’molning mijoz xohish-istaklari negizida tashkil qilishganligi) dan iborat ekanligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan.
restoran xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini davlat-xususiy sheriklik tamoyiliga ko‘ra boshqaruv darajalarida “maqsadlar-daraxti” ni ishlab chiqish asosida tashkiliy-funksional jihatdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Restoran xizmatlari ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasini takomollashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Restoran xizmatlari samaradorligini mijozlarning qoniqqanligi, xizmat ko‘rsatish darajasi, iqtisodiy va ijtimoiy integral ko‘rsatkichlarining Sm.≥Sx.d≥Siqt≥Sijt nisbatini qo‘llash asosida takomillashtirilgan uslubiyati O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan  va Samarqand viloyatidagi “OK “EXPRESS MARKET” va “ZELYoNAYa POLYaNA” restoranlari faoliyatiga joriy qilingan (Savdo-sanoat palatasining 19 iyun 2025 yildagi 04-07-27-6418-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif restoran xizmatlari samaradorligini mijozlarning qoniqqanligi, xizmat ko‘rsatish darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning muvozanatlashgan tizimida integral baholashga, samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘sish sur’atining mijozlar soni va qoniqqanlik darajasining oshishiga, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikning muvozanatlashgan chegaraviy qiymatlarini aniqlash imkonini bergan.
Mijozlarning qoniqqanligini ovqatlanish korxonalari shakliga ko‘ra fast-fudlar (2,33≤ CSI ≥ 3,38), milliy oshxonalar (2,36≤ CSI ≥3,08), nufuzli restoranlar bo‘yicha (2,58≤ CSI ≥3,01) hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning naflilik darajasiga ko‘ra fast-fudlar (5,75≤ CSI ≥7,0), milliy oshxonalar (6,85≤ CSI ≥7,65), nufuzli restoranlar bo‘yicha (6,87≤ CSI ≥7,51) intervalda baholash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan va Samarqand viloyatidagi “OK “EXPRESS MARKET” va “ZELYoNAYa POLYaNA” restoranlari faoliyatiga joriy qilingan (Savdo-sanoat palatasining 19 iyun 2025 yildagi 04-07-27-6418-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan mazkur ilmiy yangilik bir tomondan restoran mijozlarining tashrif motivi va iste’mol afzalligini aniq (ochlikni qondirish, namoyish samarasi, rekreatsion, sog‘lom turmush tarzi, taom va xizmatlarga moyillik) va latent (ijtimoiy mavqe va mansublilik, salbiy taassurot va kechinmalar, iste’mol qimmatdorligi, oilaviy-turmush) omillar ta’sirida asosiy va qo‘shimcha xizmat turlari bo‘yicha baholashni Latent-SEM - omillarning strukturaviy tahlili asosida takomillashtirishga imkoni bergan. Ikkinchi tomondan latent omillar ta’sirida qo‘shimcha moliyaviy, vaqt va kognitiv sarflarini kamaytirishga, mijozning restoran xizmatlariga sodiqligini moddiy, funksional va hissiy qimmatlik yaratish yo‘nalishida oshirishga erishish imkoniyati asoslab berilgan.
SEM-modeli asosida restoranlarda narx, joylashuv, siljitish va servis xizmatining mijozlar qoniqqanlik darajasiga ta’sir darajasini (0,21) qiymatdan, restoran taomlari va mijozlar bilan hamkorlikning servis sifatiga ta’sir darajasini (0,26) qiymatdan yuqoriligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan va Samarqand viloyatidagi “OK “EXPRESS MARKET” va “ZELYoNAYa POLYaNA” restoranlari faoliyatiga joriy qilingan (Savdo-sanoat palatasining 19 iyun 2025 yildagi 04-07-27-6418-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik bir tomondan mijozlarning restoran xizmatlaridan qoniqqanlik darajasi (6.4) va servis sifati(4.2) umumiy ta’sirining 1,0 standart og‘ish birligidagi mustahkamlanishi bilan restoran xizmatlari samaradorligini 9% ga oshirishi asoslantirilgan hamda latent omillarning miqdoriy qiymatlarida restoran xizmatlarining bozor mavqeini yanda mustahkamlashga, mijozlar oqimini ko‘paytirishga imkonini bergan.
Restoran xizmatlari  “xizmat sifati” tushunchasining tarkibiy jihatdan servis darajasi (xodimlarning kasbiy mahorati, malakaviy qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari, mijozning taom va xizmatlar haqidagi kutishining amaldagi kognitiv-psixologik, vaqt va moliyaviy sarf darajasiga muvofiqligi) hamda faoliyat natijasi (taom tayyorlash jarayoni, faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan natijadorligi, taom tayyorlash va iste’molning mijoz xohish-istaklari negizida tashkil qilishganligidan iborat ekanligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan ta’rifi “Real sektorda sifatni boshqarish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan va Samarqand viloyatidagi “OK “EXPRESS MARKET” va “ZELYoNAYa POLYaNA” restoranlari faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2023-yil 19-iyundagi 11-sonli qarori bilan berilgan №077-19/06- raqamli nashr ruxsatnomasi, Savdo-sanoat palatasining 19 iyun 2025 yildagi 04-07-27-6418-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotda qo‘llash bir tomondan fanning uslubiy apparatini real sektorda sifatni yaxshilash bo‘yicha strategik yondashuvlarni  xizmat sifati, mijoz ehtiyojlari va xohish istagi tushunchalari bilan mustahkamlagan, ikkinchi tomondan restoranlarda xizmat sifatini baholash tartibini soddalashtirishga, sifat ko‘rsatkichlari tizimini individuallashtirishga, mavjud tashkiliy-texnologik darajasida samarali tashkil etilishiga hamda xizmatlar sifatining yuqori darajada his etilishini ta’minlash imkonini bergan.
Restoran xizmatlari ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini davlat-xususiy sheriklik tamoyiliga ko‘ra boshqaruv darajalarida “maqsadlar-daraxti” ni ishlab chiqish asosida tashkiliy-funksional jihatdan takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan va Samarqand viloyatidagi “OK “EXPRESS MARKET” va “ZELYoNAYa POLYaNA” restoranlari faoliyatiga joriy qilingan (Savdo-sanoat palatasining 19 iyun 2025 yildagi 04-07-27-6418-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash hududlarda restoran xizmatlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, taom iste’molini tashkil qilish va xordiq chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish asosida ovqatlanish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatishning gastronomik va tarixiy-madaniy jihatlarini chuqurroq o‘rganishga imkon beruvchi markazlarini tashkil qilish, hududlarda ovqatlanish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarga investisiyalarni keng jalb qilish hamda gastronomiya yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini qo‘shimcha rag‘batlantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish